Ekoturizm


Download 293.87 Kb.
bet1/4
Sana28.07.2023
Hajmi293.87 Kb.
#1663348
  1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-EKOTURIZM

EKOTURIZM


Dunyo xo‘jaligi tarkibida eng jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biri turizmdir. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra 2004 yilda turistik oqimning harakati 760 mln.kishini tashkil etgan. 2003 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 10 foizga oshgan. Zamonamizda turizm oqimi, XX asrdan farqli ravishda nafaqat rivojlangan mamlakatlardan rivojlanganlariga, balki rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon ham o‘zgarmoqda. Bu o‘rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani mintaqalari, YAqin va O‘rta sharq mamlakatlari etakchilik qilmoqda. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda.


"O‘zbekiston Respublikasi 2006-2010 yillrada xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Birinchi prizidentimizning qarori qabul qilindi. 2007 yil 25 aprelda esa Islom Karimovning Singapurga qilgan davlat tashrifidan avval uning "Today" gazetasiga bergan intervyusida "Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar respublika hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir...." deb bejiz aytmaganlar.
Zamonamizda kompyuter, informatika, huquq, qonun, davlat kabi tushunchalar qatorida eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri ekologiyadir.
Ekologiya o‘zi nima? An’anaviy izohlarga ko‘ra, Ekologiya– o‘zaro organizmlar va ularning yashash muhiti bilan bo‘ladigan munosabatlari haqidagi fandir. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib chiqqan tarzda ifoda etilgan, «oikos»-uy, yashash joyi, yashash muhiti, «logos»-ta’limot degan tushunchani anglatadi. Ekologiyani birinchi bo‘lib nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel 1866 yilda «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» degan kitobi orqali fanga olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, «Ekologiya– tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antagonistik va noantagonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berish».

Download 293.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling