1-MA`RUZA.
MAVZU: PAXTA VA TO`QIMACHILIK SANOATIDA TEXNOSFERIK OMILLAR FANI, UNING MOHIYATI VA VAZIFALARI.
Ma’lumki inson hayoti asosan texnosferada (ishlab chiqarish zonasi) yoki atrof tabiiy muhit (yashash muhiti)da kechadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligining ilmiy nazariyasi yashash muhiti, faoliyat, xavf, tavakkal va xavfsizlik kabi tushunchalar bilan bog’liq.
Odamning hayotiy faoliyati uning yashash muhiti bilan chambarchas bog’liqdir. Hayotiy faoliyat jarayonida odam va uni o’rab turgan muhit doimo bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’lib “Odam - yashash muhiti” sistemasini tashkil qiladi.
Hayotiy faoliyat - bu odamning kunvalik faoliyati, vam olishi, turmush tarzidir.
Yashash muhiti - odamni o’rab turgan muhit, odam faoliyatiga, sog’lig’iga, zurriyotiga tezlik bilan yoki kelajakda bevosita yoki bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo’lgan (fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy) omillar yig’indisidir.
Odamning yashash muhiti bilan bo’lgan o’zaro munosabatida eng kamida quyidagi ikki masalani echish o’rtaga qo’yiladi:
o’zining ovqatga, suvga va havoga bo’lgan talablarini qondirish;
yashash muhitining nohush ta’siridan himoyalanish.
“Odam - yashash muhiti” sistemasida uzluksiz ravishda modda, energiya va informatsiya oqimi almashuvi sodir bo’ladi. Bu YU.N.Kurajovskiy ta’riflaganidek: “Hayot faqat tirik jasad orqali modda, energiya va informatsiya oqimining harakat jarayonidagina mavjud bo’lishi mumkin”.
Modda, energiya va informatsiya oqimlari tabiiy va antropogen harakterga ega bo’lib, ular aksar insonning yaratuvchanlik faoliyati masshtabi va yashash muhiti xolatiga bog’liq.
Odam bilan yashash muhiti orasidagi munosabatlarning uyg’unligi va rivojlanishi modda, energiya va informatsiya oqimlari odam bilan tabiiy muhit tomonidan ijobiy qabul qilingandagina mumkin. Ushbu oqimlarning odatdagi qiymatlaridan har qanday ortishi odamga va atrof-muhitga salbiy ta’sir qiladi.
Hoxlagan oqimni minimal qiymatidan maksimal qiymatigacha o’zgartirib "Odam - yashash muhiti" sistemasida quyidagi 4 holatni kuzatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |