Xavflar ro’yxati /nomenklaturasi/
Bu xavflarning ma’lum xususiyatlari bo’yicha tartibga solingan sistemalashtirilgan ro’yxatidir. Masalan, spirtli ichimlik, havoning nomaqbul namligi, harakat tezligi, bosimi, xarorati, ion tarkibi, nomaqbul yoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarning aylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigan gazlar, o’yuvchi moddalar, kasalliklar, zo’riqishlar, idishlardagi ortiqcha bosim, infratovush, ul’tratovush, infraqizil nurlar, uchqun, kinetik energiya, zanglash, lazer nurlari, xazonrezgilik, magnit maydonlari, dori-darmonlar, mikroorganizmlar, yashin, ishning monotonligi, havoning tarkibiy buzilishi, toshqin, etarli bo’lmagan mustaxkamlik, notekis yuzalar, ishchining noto’g’ri xarakati, yong’in jihatidan xavfli moddalar, alanga, qurol, /miltiq, xanjar va h.k./ o’tkir narsalar/ kesuvchi, sanchiluvchi/, zaharlanish, sovuq yuzalar, yiqilib tushish, bug’, mashina va mexanizmlarning zo’riqib ishlashi, pestitsidlar, yong’in, psixologik nomutanosiblik, yorug’lik oqimining pul’satsiyasi, chang, ish xolati, radiatsiya, rezonans, sirpanchiq yuzalar, qor yog’ishi, quyosh aktivligi, oftob urishi, uyquchanlik, statik zo’riqishlar, statik elektr zaryadlari, tayfunlar, yuqori chastotali tok, tuman, zarbali to’lqin, aqliy zo’riqish, tezlanish, charchash, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, elektromagnit maydoni, ruhiy zo’riqish, zaharli moddalar va boshqalar. Har bir tekshiriladigan ob’ektda o’tkaziladigan aniq tadqiqotlar uchun shu ob’ektda uchraydigan xavflar ro’yxati tuziladi. /korxona, tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb va x.k./
2-MA`RUZA. MAVZU: XAVFLAR TAKSONOMIYASI VA XAVFLAR KVANTIKFIKATSIYASI.
Xavflar kvantifikatsiyasi
Bu-murakkab sifat tushunchalarini baholashda asosiy miqdoriy xarakteristikalarni kiritishdir.
Kvantifikatsiyaning miqdoriy, ball va boshqa baholash usullari ishlatiladi. Xavfni eng keng tarqalgan baholash usullari jur’at, tavakkal, qo’rqinch hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |