1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet2/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Komfort (eng maqbul) holat. Bunda oqimlar o’zaro munosabatlarning eng maqbul sharoitiga mos keladi: faoliyat va dam olish uchun eng maqbul sharoit yaratadi; faoliyat maxsuldorligi va ish qobiliyatining ortishiga olib keladi; kishi sog’lig’ining saqlanishi va yashash muhitining buzilmasligini kafolatlaydi.

  • Yo’l qo’ysa bo’ladigan holat. Bunda oqimlar odamga va yashash muhitiga zararsiz ta’sir qiladi, lekin odamning faoliyat samaradorligini pasaytiradi va yoqimsiz (diskomfort) sharoit vujudga keltiradi. O’zaro munosabat shartlariga rioya qilinsa odamda va yashash muhitida nohush, qaytarib bo’lmas jarayonlar vujudga kelmasligi kafolatlanadi;

  • Xavfli, oqimlar yo’l qo’ysa bo’ladigan chegaradan ortib ketgan va kishi

    sog’ligiga salbiy ta’sir qiladigan, muddatli ta’sir qilganda kasallanishga va tabiiy muhitning salbiy o’zgarishiga olib keladigan holat;

    • Favqulotda xavfli, oqimlar qisqa vaqt davomida odamni jarohatga, xatto o’limga olib kelishi mumkin, tabiiy muhitning buzilishiga olib keladigan holat.

    Ushbu to’rt, diqqatga sazovor o’zaro munosabatlarning dastlabki ikkitasi (komfort va yo’l qo’ysa bo’ladigan) kundalik hayotiy faoliyatning ijobiy sharoitiga mos keladi, ikkitasi (xavfli va favqulotda xavfli) kishi hayotiy faoliyatini, tabiiy muhitni saqlab qolish va rivojlanish jarayonlari uchun yo’l qo’yib bo’lmaydigan salbiy holatlardir.

    Yashash muhiti evolyutsiyasi, texnosferaga o’tish


    Odamzot jamiyat taraqqiyotining barcha o’timlarida yashash muhitiga ta’sir qilib turadi. Bu taraqqiyotning ta’siri ko’plab asrlar davomida sezilarsiz darajada kam bo’lgan bo’lsa, XIX asrning yarmidan boshlab bu ta’sir keskin orta bordi.
    XX asrda planetamiz tabiatida antropogen ta’sirning salbiy oqibatlariga uchragan hududlar paydo bo’ldi. Bu esa shu hududdagi tabiiy sharoitning qisman, ayrim xolatlarda to’liq buzilishiga olib keldi. Bu o’zgarishlarga olib kelgan sabablar quyidagilardir:

    • Yer aholisi sonining o’sish darajasi yuqoriligi (demografik portlash) va uning urbanizatsiyasi;

    • Energetik resurslar extiyojining ortishi va zahiralanishi;

    • Sanoat va qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi;

    • Transport vositalarining juda ko’plab qo’llanishi;

    • Harbiy maqsadlar va boshqa jarayonlar uchun harajatlarning ortishi.


    Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling