1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet8/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Xavfsizlik tushunchasi


Xavf – mehnat muhofazasi fanining markaziy tushunchasidir. Bunda bevosita va bilvosita kishi sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladigan yoki ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladigan voqea, hodisa, jarayon va ob’ektlar tushuniladi. Analiz maqsadiga qarab xavfni xarakterlovchi belgilar miqdorini oshirish yoki kamaytirish mumkin.
Energiyasi mavjud kimyoviy yoki biologik aktiv moddalarda xavf har doim yashirishgandir.
Xavflar taksonomiyasi. Taksonomiya - bu murakkab xodisalarni, tushunchalarni kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni, turkumlash va sistemalash haqidagi fandir.U faoliyat xavfsizligi sohasida nazariy bilimlarni uyushtirishda, xavflarni tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega.Taksonomiya bu yangi fan bo’lib, xali to’la ishlab chiqilmagan,shuning uchun hozirgi ishlab chiqilgan qismlarni ko’rib chiqamiz.
a/ kelib chiqishi bo’yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo’ladi. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo’yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy bo’ladi. Salbiy oqibatlarni ro’y berishi bo’yicha xavflar impul’siv /ya’ni beixtiyoriy harakat/ va kumulyativ/ to’satdan bo’luvchi/ turlariga bo’linadi.
b/ xavfni tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo’ladi.
v/ xavfni kelib chiqish oqibatlari bo’yicha charchash, isib ketish, sovub qolish, kasallanish, jarohatlanish, xalokatlar, yong’inlar va o’limga olib boradigan sabablar.
g/ xavflar keltiradigan zarari bo’yicha ijtimoiy, texnik, ekologik.
d/ Xavfni namoyon bo’ladigan muhiti bo’yicha maishiy, sport bilan bog’liq, yo’l-transporti, ishlab-chiqarish va harbiy mashqlar bilan bog’liq.
e/ Xavfni tarkibi bo’yicha oddiy va hosila turlariga bo’linadi. Xosila turi oddiylarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi.
j/ Odamga ta’siri bo’yicha faol /aktiv/ va passiv, o’ta ta’sirchan va sust bo’ladi.
Passiv xolatida odamning o’zi sababchi bo’ladi. /nasha, sigareta, nasvoy/.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling