1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet5/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Ishlab chiqarish muhiti, uning tarkibiy elementlari bo’lgan mehnat ashyolari, mehnat vositalari, mehnat maxsulotlari va boshqalardan tashkil topadi.
Faoliyat – inson uchun foydali bo’lgan, o’zining yashash muhiti bilan faol (ongli) o’zaro munosabatidir. Faoliyatning ta’siri o’z ichiga maqsad, vosita, natija va faoliyat jarayonini qamrab oladi. Faoliyat formalari turli–tumandir.
Insoniyatning hayotiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, uning barcha faoliyat turi o’zining hayotiga foydali bo’lishi kerak, lekin shu bilan birga faoliyat nohush ta’sir, katta zarar qilishi, jarohatlanishga, kasallanishga, ayrim hollarda mehnat qobiliyatini yo’qotish yoki o’limga olib kelishi mumkin. Insonga har qanday faoliyat zarar etkazishi mumkin: ishlab chiqarishda (mehnat faoliyati), dam olishda, xattoki bilim olish bilan bog’liq faoliyat ham. shundan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday faoliyat yashirin (potentsial) xavfli.
Bu aksioma inson xavfsizligini ta’minlash muammosining ilmiy asosini tashkil qiladi.
U xavfsizlik tizimini shakllantirishda kamida ikkita muhim hulosa chiqarishga asos bo’ladi: 1) Absolyut xavfsiz faoliyat turini yaratish mumkin emasligi (masalan, butkul xavfsiz uskuna yoki texnologik jarayon yaratish mumkin emas). 2) Hech qanday faoliyat inson uchun absolyut xavfsizlikni ta’minlay olmaydi.
Xavf – bu inson hayotiga va sog’lig’iga nohush ta’sir ko’rsatuvchi jarayon, voqea, hodisa va vositalardir.
Mehnat faoliyati jarayonida insonga nohush ta’sir qiluvchi barcha xavflar quyidagi guruhlarga bo’linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik (ijtimoiy). Xavfli va zararli fizik omillar: mashina va mexanizmlarning harakatdagi qismlari, yuk ko’tarish, tashish mexanizmlari, harakatdagi yuklar, uskunalarning himoyalanmagan harakatdagi elementlari, ishlov berilayotgan materiallardan otilib chiqayotgan zarrachalari, elektr toki, uskuna va materiallarning qizib ketgan yuzalari va h.k.
Sog’liq uchun zararli fizik omillarga ish joyidagi xavfning yuqori va past haroratlari, yuqori nisbiy namlik, havo harakati tezligi, yuqori darajadagi shovqin va titrash, ul’tratovush va turli issiqlik, ionlovchi, infraqizil va h.k. nurlanishlar, ish zonasidagi havoning changlanganligi, gazlanganligi, ish joylarining, yo’l va yo’laklarning etarli bo’lmagan yoritilganligi, yuqori darajadagi yorqinlik va yorug’lik oqimining lipillashi va sh.o’. omillar kiradi.
Kimyoviy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini kishi organizmiga ta’siri bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: umumiy zaharlovchi, qitiqlovchi, allergik ta’sir qiluvchi, kontserogen (turli o’simtalar paydo qiluvchi), mutagen (kishining nasliga ta’sir qiluvchi). Bu guruhga turli bug’lar va gazlar: benzol va toluol bug’lari, uglerod oksidi, oltingugurt angidridi, azot oksidi, qo’rg’oshin aerozollari va boshqalar.
Bularga yana teriga tekkanda uni kimyoviy kuydiruvchi agressiv kislota va ishqorlar kiradi.
Biologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: insonga ta’sir qilganda jarohat yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va h.k) va makroorganizmlar (hayvonlar va o’simliklar). Psixofiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: fizik (statik va dinamik) va asabiy zo’riqishlar (miya, quloq, ko’z va boshqa a’zolarning zo’riqib ishlashi).
Inson faoliyati bilan bog’liq xavflar ikki muhim sifatga ega: 1-ular yashirin xarakterga ega (xavf bo’lishi mumkin, lekin zarar keltirmasligi mumkin) va 2-ta’sir doirasi cheklangan bo’ladi.

    1. Download 1.58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling