1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari
Download 1.58 Mb.
|
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operator - manipulyator
- Operator - nazoratchi
- Termoregulyatsiya
Operator - texnolog. Texnologik jarayonda bevosita ishtirok etadi, uni zudlik bilan bajarish rejimida ishlaydi, aksar ijro harakatlari bilan bog’liq. Vaziyat va echimlar to’liq ko’rsatilgan yo’riqnoma va reglamentlarga amal qiladi. Bu - texnologik jarayonlar, avtomatik liniyalar va boshqalarning operatorlaridir. Bunda aqliy mehnat asosiy o’rin egallaydi.
Operator - manipulyator (mashinist). Uning asosiy faoliyati ijro bilan bog’liq bo’lib, unda aqliy mehnat hissasi ko’p emas. Masalan, mashinani xom-ashyo bilan ta’minlash, tayyor mahsulotni olish, chiqindilarni yig’ib olish, yurg’azish, to’xtatish va sh.o’. ishlar. Umumiy qilib aytganda ularning vazifasi alohida uskuna va mexanizmlarni boshqarishdir. Operator - nazoratchi (masalan, texnologik tizim yoki transport sistemasi dispetcheri). Uning faoliyatida axborot va mohiyatni xarakterlovchi modellar asosiy o’rin egallaydi. Bunda operator zudlik bilan bajariladigan va vaqt bo’yicha bir muncha surilgan rejimda ishlaydi. Uning faoliyatida texnologik jarayonni yaxshi bilish va malaka asosiy o’rin egallaydi. Jismoniy mehnat bu yerda kam rol o’ynaydi. Organizmning bir me’yorda ishlashi unda kechadigan kimyoviy, biokimyoviy jarayonlar va ma’lum harorat diapazonida bo’ladi. Uning harorat intervali 36,5 - 37,00S orasida bo’ladi. Insonning atrof-muhit bilan muloqotida tana harorati sezilarli o’zgaradi. Bu muhitning haroratiga, namligiga, havo harakati tezligiga, uskuna yuzalaridan ajralib chiqayotgan issiqlik va h.k.larga bog’liq. Organizmning atrof-muhit parametrlarini o’zgarishiga moslashuvi unda kechadigan termoregulyatsiya jarayonlari bilan ifodalanadi. Termoregulyatsiya - organizmning o’z haroratini o’zi boshqara olish xususiyatidir. Bu uning ko’pdan-ko’p mo’jizalaridan biri bo’lib, tana haroratini bir xilda (36-370S) ushlab turishga qaratilgan fiziologik va kimyoviy jarayonlar majmuasidir. Haroratni boshqarish odam organizmini qizib yoki sovib ketishidan asraydi. Haroratning doimo bir xilda saqlanishi organizmning issiqlik ishlab chiqarishi - bu mushaklarning titrashi va to’qimalarida modda almashinuvi jarayonlari bilan amalga oshadi, issiqlik uzatish yoki issiqlik qabul qilish bu tananing infraqizil nurlanishi yoki yutishi, konvektsiya hisobiga issiqlik uzatish yoki yutish yoki tana yuzasi havo harakati bilan isishi yoki sovushi va teri yuzasidan yuqori nafas yo’larining shilliq pardalaridan va o’pkadan namlikni bug’lanishi hisobiga issiqlik uzatilishdir. shunday qilib termoregulyatsiya organizmda uzluksiz ishlab chiqarilayotgan issiqlik bilan undan atrof - muhitga uzluksiz berilayotgan ortiqcha issiqlikning muvozanat holati bo’lib, u organizmda issiqlik balansini saqlab turadi. Termoregulyatsiyaning buzilish hollari organizmda kuchli salbiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Ular ikki xil bo’lib, o’tkir va surunkali turlarga bo’linadi. Termoregulyatsiya buzilishining o’tkir formasi quyidagi hollarga olib keladi: issiqlik gipertrofiyasi - yuqori (70-80%) nisbiy namlikda issiqlikni berish - bu tana haroratining biroz ko’tarilishi, kuchli terlash, chanqash, tomir urishi va nafas olishning tezlashuvi. shu bilan birga badan kuchliroq qizib ketsa nafas olishning qiyinlashuvi, boshning og’rishi, bosh aylanishi, so’zlashda qiynalish va boshqalar kuzatiladi. titrab-qaqshash, tomir tortishishi kasalligi (sudorojnaya bolezn’) - organizm suv-tuz almashuv holatining buzilishi - turli titrashlar, ayniqsa oyoq mushaklarining titrashi, kuchli terlash, qonning quyulib ketishi hollari kuzatiladi, qayishqoqligi kuchayadi, uning harakati susayadi natijada to’qimalar kislorodni kerakli miqdorda ololmaydi. issiq urishi - bu titrash kasalligining davomi bo’lib hushdan ketish, haroratning 40-410S ga ko’tarilib ketishi, qon tomirining kuchsiz tez-tez urishi kuzatiladi. Issiq urishining og’ir holatlari belgisi - ter ajralib chiqishi butunlay to’xtadi. Issiq urish va titrash kasalliklari o’lim holati bilan tugashi mumkin. Termoregulyatsiya buzilishining surunkali formasi asab, yurak-tomir va ovqat hazm qilish sistemalari ishining o’zgarishlariga olib keladi. Bu esa pirovard natijada kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. Uzoq vaqt sovuq sharoitda ishlash kapillyar va mayda arteriyalar faoliyatining buzilishiga olib keladi (qo’l va oyoq barmoqlarining, quloq uchlarining uvushish hollari). Bunda butun organizmning sovushi sodir bo’ladi. Organizmning sovushi bilan bog’liq umurtqa pog’onasi bodi (radikulit), turli nevralgiya holatlari, sustav va mushaklar bodining kuchayishi, plevrit, bronxit, nafas yo’llari shilliq pardalarining shamollashi va boshqalar hammamizga ma’lum. Nam havo haroratni yaxshi o’tkazadi, uning harakati konvektsiya tufayli issiqlik uzatishni kuchaytiradi, bu esa sovuq havo, yuqori namlik va harakatdagi havo sharoitida organizmning kuchli sovqotishiga, muzlashiga (xatto o’limiga) olib keladi. Organizm sovqotishining uch bosqichi bo’lib, quyidagi ko’rsatkichlar bilan harakaterlanadi: I - II bosqichlar, tana harorati 37 dan 35,50S gacha. Bunda: teri qon tomirlarining tortishishi; pulsning pasayishi; tana haroratining pasayishi; arterial bosimning ko’tarilishi; o’pka ventilyatsiyasining ortishi; issiqlik ishlab chiqarishning ortishi kuzatiladi. shunday qilib, organizm 35°S gacha mikroiqlimning sovutishiga qarshi o’z kuchi bilan kurashishga harakat qiladi. III bosqich - tana harorati 350S dan past. Bunda: tana haroratining pasayishi; markaziy asab sistemasi faoliyatining pasayishi; arterial bosimning pasayishi; o’pka ventilyatsiyasining kamayishi; issiqlik ishlab chiqarishning kamayishi kuzatiladi. Organizmning sovqotishi quyidagi kasalliklarni keltirib chiqaradi: tana a’zolarining muzlashi, tirsak va tovonlarda shishlar paydo bo’lishi, o’tkir resperator kasalliklar va gripp. Ish zonasida me’yordagi mikroiqlim sharoitlarni yaratib berish - organizm termoregulyatsiyasini ta’minlashda hodimning ish unumdorligini oshirishda, uning ishidan mamnunlik hissini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling