1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1,58 Mb.
bet18/47
Sana11.05.2023
Hajmi1,58 Mb.
#1451543
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Mehnat sharoiti - bu mehnat jarayonida kishi sog’lig’iga va ish qobilyatiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish va mehnat jarayoni omillari yig’indisidir.
U quyidagi to’rt sinfga bo’linadi (3-rasm):
1 -sinf - eng maqbul (komfort) mehnat sharoiti. Bunda organizmning minimal zo’riqishida maksimal ish unimdorligiga erishiladi. Bu sinf faqat mikroiqlim kattaliklari va mehnat jarayoni omillari uchun shartli ravishda aholiga nohush ta’sir qilmaydigan, yo’l qo’ysa bo’ladigan chegaradagi qiymatlari komfort sharoit deb qabul qilingan.
2-sinf - yo’l qo’ysa bo’ladigan mehnat sharoiti. Bunda muhit va ish jarayoni omillari satxi ish joylari uchun belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmaydi. Bunda ish jarayonida organizmda bo’lishi mumkin bo’lgan funktsional o’zgarishlar dam olish yoki kelasi smenaga ishga tushguncha tiklanadi va ishchining sog’lig’iga va nasliga yaqin va uzoq kelajakda nohush ta’sir qilmaydi. Komfort va yo’l qo’ysa bo’ladigan mehnat sharoitlari xavfsizdir

  1. sinf - zararli mehnat sharoiti. Bunda odam organizmi; va zurriyotiga nohush ta’sir ko’rsatadigan va gigienik me’yorlardan katta bo’lgan ishlab chiqarish omillari mavjud. Zararliligi bo’yicha ushbu sinf omillari to’rt darajaga bo’linadi.

    1. Organizmda tiklanishi mumkin bo’lgan funktsional o’zgarishlar keltirib chiqaradi;




3-rasm Mehnat sharoitlari sinflari





    1. Qat’iy funktsional o’zgarishlarga va kasallanishning ortishiga olib keladi;

    2. Engil formadagi kasbiy patologiyaning aniq belgilari paydo bo’lishi, surunkali kasalliklarning ortishiga olib keladi;

    3. Kasbiy kasalliklarning aniq belgilari paydo bo’lishi, surunkali kasalliklarning sezilarli ortishi va umumiy kasallanishning ko’payishiga olib keladi;

4 - sinf - xavfli (ekstremal) mehnat sharoiti. Bunda ishlab chiqarish omillarining ish smenasi yoki uning bir qismidagi ta’sir kishi hayotiga xavf solishi yoki o’tkir kasbiy kasalliklarning og’ir formasi paydo bo’lish xavfi yuqoridir.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling