1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Jismoniy mehnatning mexanizatsiyalashgan formasi


Download 1.58 Mb.
bet15/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Jismoniy mehnatning mexanizatsiyalashgan formasi


Odamning hozirgi mehnat faoliyatida faqat jismoniy mehnat, kam foizni tashkil etadi. Mehnat faoliyatining mavjud fiziologik tasnifiga binoan u quyidagi turlarga ajratiladi:

    • mushaklar aktivligini jalb qiluvchi, talab qiluvchi mehnat turi.mushaklar aktivligini jalb qiluvchi talab qiluvchi mehnat turi.

Bu turdagi ish faoliyati ishlarni bajarishda mehanizatsiyalashgan vositalarning yo’qligi va katta energetik zo’riqishlar talab kiladigan ishlar.

    • mehanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu ish turinig o’ziga hos tomoni shundaki, bunda mushaklarga tushadigan zo’riqish xarakteri o’zgaradi va xarakatlar dasturi murakkablashadi. Mushaklar faoliyati hajmi kamayishi kuzatiladi, mexanizmlarni boshqarishda zarur bo’lgan, katta tezlik va harakat aniqligi talab qiladigan, tana a’zolarining (qo’l, oyoq) kichik mushaklari jalb qilinadi.

Harakatlarning bir xilligi, qabul qilinayotgan informatsiya. hajminig ozligi ishchini tez charchashiga olib keladi.

    • yarim avtomatlashgan va avtomatlashgan ishlab chiqarish bilan bog’liq mehnat turi. Bu ish turida odam homashyoga bevosita ishlov berishdan ozod bo’ladi, uni mexanizm elkasiga yuklanadi. Bunda odamning vazifasi mexanizmni boshqarish bo’yicha oddiy operatsiyalarni (homashyo uzatish, mexanizmni ishga tushirish, tayyor maxsulotni olish) bajarish bilan chegaralanadi. Bu mehnat turining o’ziga xosligi bir xillik (monotonlik) jadallik va ritmning yuqoriligi, ijodiy yondoshish zaruratining yo’qligidir.

    • guruhli mehnat turi-konveer. Mehnatning bu turi texnologik jarayonning alohida - alohida mayda qismlarga bo’linishi, operatsiyalarning qat’iy ketma-ketligi va oldindan belgilab qo’yilgan ritmi, detallarni konveer bilan ish joyiga avtomatik etkazib berilishi bilan xarakterlanadi. Operatsiyalarni bajarish vaqti qisqarishi bilan mehnat monotonligi ortadi, bu esa o’z navbatida tez charchashga va asabiy zo’riqishga olib keladi.

    • masofadan (distantsion) boshqarish bilan bog’liq mehnat turi. Mehnatning bu turida odam boshqaruv sistemasining zarur operativ zvenosi sifatida ishtirok etadi. Boshqaruv jarayoni avtomatlashtirish darajasi ortib borgan sari unga tushadigan kuchlanish kamayib boradi. Texnologik jarayonni boshqarishning har xil turlari mavjud. Masalan: ayrimlarida operatorning muntazam aktiv aralashuvi talab qilinsa, ayrimlarida bu jarayon epizodik xarakterga ega bo’lib, asosan asboblar ko’rsatkichlarini nazorat qilishdan iborat bo’ladi. Har ikkala holda ham zarurat tugilganda texnologik jarayonni boshqarishga tayyor bo’lish talab qilinadi.

Hozirgi paytda "Inson - mashina" sistemasida odam (operator) ham aqliy, ham jismoniy mehnat qiladi. Bunda borgan sari aqliy mehnat salmog’i ortib borayapti.
Operator faoliyati quyidagi jarayonlardan biri bo’yicha amalga oshadi:

    • Determinatsiyalashgan - avvaldan ma’lum qoidalar, yo’riqnomalar, algoritmlar, aniq texnologik grafiklar va sh.o’.

    • Determinatsiyalashmagan – texnologik jarayonda kutilmagan hodisalarning ro’y berishi, kutilmaganda signallar paydo bo’lishi va h.k., shu bilan birga ularni boshqarish amallari ma’lum bo’lgan hollar.

Texnik sistemalarda operator faoliyatining bir necha turlari mavjud bo’lib, uning ishida aqliy va jismoniy yuklamaning hissasi har xil.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling