1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari
Download 1.58 Mb.
|
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfsizlikning printsip, usul va vositalari
Xavfsizlik – faoliyatning shunday holatiki, unda kishi sog’lig’iga ta’sir qiladigan yashirin xavflar ma’lum bir ehtimollik bilan mustasno bo’ladi.
Xavfsizlikni ma’lum bir aniq faoliyat turida shakllanadigan insonni va yashash zonasini turli–tuman xavflardan muhofaza qiladigan tadbirlar majmuasi deb tushunish kerak. Faoliyat turi qancha murakkab bo’lsa muhofaza tadbirlari majmuasi ham shuncha murakkablashib boradi. Tadbirlar majmuasi ishlab chiqarish sharoitida huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnik, davolash–profilaktik muhofaza tadbirlaridan tashkil topadi. Faoliyat xavfsizligi shartlarini bajarish uchun xavfsizlikni ta’minlash printsiplarini to’plab olish, xavfsizlikni ta’minlash usullarini aniqlash va xavfsizlikni ta’minlash vositalarini qo’llash talab qilinadi. Xavfsizlikning printsip, usul va vositalariPrintsip – bu g’oya, fikr, asosiy holat. Usul – bu umumiy qonuniyatlarni bilishdan kelib chiqqan maqsadga erishish yo’li. Printsip va usullar bir–biri bilan o’zaro bog’liq bo’ladi. Vositalar – bu printsip va usullarning aniq tadbiqi bo’lib, konstruktiv, tashkiliy va moddiy aspektlarni qamrab oladi. Xavfsizlikni ta’minlashning printsip, usul va vositalari xavfsizlikni ta’minlashning mantiqiy bosqichlaridir. Ularni tanlash faoliyatning aniq bir sharoitiga, xavfsizlik sathiga, narxiga va boshqa omillarga bog’liqdir. Ishlab chiqarish sharoitida xavfsizlikni ta’minlashning quyidagi printsiplari qo’llanishi mumkin: faoliyatning insonparvarligi, odamiyligi, operatorni almashtirish, tasniflash, xavfni bartaraf qilish, xavfni pasaytirish; blokirovkalash, masofa bilan himoyalash, mustahkamlik, ojiz zveno, ekranlash, vaqt bilan himoyalash; me’yorlashtirish, axborot, nazorat, boshqaruv, samaradorlik. Bu printsiplarning ayrimlari haqida to’xtalib o’tamiz. Masalan: Faoliyatning odamiyligi – bu hodimni og’ir, xavfli, monoton mexanik ishlardan imkoni boricha ozod qilish, ijodiy mehnatga sharoit yaratib berish. Tasniflash (kategoriyalashtirish) – bu xavf bilan bog’liq ob’ektlarni sinf va kategoriyalarga ajratish. Masalan: sanitariya – himoya zonalari (5 ta sinf), ishlab chiqarish xonalarini portlash va yong’in xavfi bo’yicha tasniflash (A, B, V, G, d), xonalarni elektr xavfi bo’yicha tasniflash va sh.o’. Ojiz zveno printsipi – bu sistemaga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida parametrlarning o’zgarishiga sezgir element qo’yish bilan xavfni bartaraf qilishdir (ogohlantiruvchi klapanlar, himoyalovchi membranalar, himoyalanuvchi yerga ulash, himoyalanuvchi uzib qo’yish, yashin qaytargichlar, predoxranitellar va h.k.). Axborot printsipi – bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hodimni o’qitish, yo’riqnomalar o’tkazish xavfsizlik belgilari va ranglar bilan ta’minlash, ogohlantiruvchi yozuvlar va boshqalar. Me’yorlashtirish printsipi – bu ish joyida asoslangan parametrlarni qo’llash tufayli xavfsizlikni ta’minlashdir. Masalan, havodagi changning yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi, qo’lda yuk ko’tarish me’yorlari, mehnat xaftasining davomiyligi va boshqalar. Xavfsizlikni ta’minlashda gomosfera bilan noksosfera hech maxal birga bo’lolmasligini aniq bilish talab qilinadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling