1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Aqliy mehnat (intellektual faoliyat)


Download 1,58 Mb.
bet17/47
Sana11.05.2023
Hajmi1,58 Mb.
#1451543
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Aqliy mehnat (intellektual faoliyat)


Bu mehnat axborot qabul qilish, uni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lib, qattiq fikrlash va miyaning zo’riqish jarayonlari bilan kechadi (boshqaruv, ijod, o’qitish, fan, o’qish va h.k.).
Operator mehnati - katta mas’uliyat va yuqori asabiy zo’riqish talab qilishi bilan ajralib turadi.
Boshqaruv mehnati - axborot hajmini keskin ortishi, uni qayta ishlashda vaqt tangligi, qaror qabul qilishda shaxsiy mas’uliyatning yuqoriligi, vaqti-vaqti bilan konflikt vaziyatlarning paydo bo’lib turishi bilan xarakterlanadi.
Ijodiy mehnat - katta eslab qolish hajmi, diqqatning zo’riqishi, asab sistemasining zo’riqishi bilan xarakterlanadi.
O’qituvchi mehnati - odamlar bilan uzluksiz muloqotda bo’lish; javobgarlikning yuqoriligi, qaror qabul qilishda axborot va vaqtning etishmasligi - bu asab sistemasining zo’riqishiga olib keladi.
O’quvchi mehnati - fikrlash, diqqat, eslab qolish, stress hollarining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Kishi aqliy mehnat bilan shug’ullanganda asabiy-hissiy kuchlanish paytida insonning vegetativ funktsiyalarida qon bosimining ortishi, EKGdagi o’zgarishlar, o’pka ventilyatsiyasining va kislorod talabining ortishi, tana haroratining ko’tarilishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi. Aqliy mehnat tugagandan keyin charchoq jismoniy mehnatga nisbatan ancha vaqtgacha davom etadi.
Texnik sistemalarni boshqarishda rahbar texnik sistemalarning komponentlarini emas, balki odamlarni boshqaradi. Boshqaruv esa bevosita yoki bilvosita texnik vositalar va aloqa kanallari orqali olib boriladi. Bu kategoriyaga tashkilotchilar, turli idoralardagi rahbarlar, tegishli bilimga va malakaga ega bo’lgan, mas’ul qarorlar qabul qiladigan shaxslar kiradi. Ular nafaqat boshqarilayotgan texnik sistemalarning va ularning komponentlari imkoniyatlarini, balki qo’l ostilaridagi insonlarning imkoniyatlarini, kamchiliklari va xatto kayfiyatlarini ham bilishlari va hisobga olishlari kerak.

Ishning og’irligi va tangligi (zo’riqish)


Ishning og’irligi jismoniy mehnat xarakteristikasi hisoblanadi. Ishning tangligi (zo’riqish) esa aqliy mehnatni xarakterlaydi. U axborot yuklamasi kattaligi bilan xarakterlanadi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling