1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari
Download 1,58 Mb.
|
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harorat sezgirligi
- Organik sezgirlik.
Titrash sezgirligiYuqori jadallikdagi titrash organizmga uzoq vaqt ta’sir etsa organizm faoliyatining barcha sistemalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ayrim xollarda og’ir kasalliklarga olib keladi. Uzoq davom etmaydigan past jadallikdagi titrash esa organizmga foydali bo’lishi ham mumkin: charchashni kamaytiradi, modda almashuvini kuchaytiradi, muskullar kuchini oshiradi. Titrashni sezuvchi maxsus analizatorlar fanga ma’lum emas. Titrash sezgirligi haqida bir qancha gipotezalar ma’lum. Titrashni sezish diapozoni yuqori: 1dan 10000Gts gacha, chastotasi 200-250 Gts lar orasida odam eng yuqori sezishga erishadi.Uning oshishi va kamayishi bilan titrash sezgirligi pasayadi. Kishi tanasi turli joylarining titrashga sezgirligi turlichadir. Tananing mediana tekisligidan uzoqlashgan sari a’zolarning titrashni sezish a’zolarinig ortib borishi aniqlangan.(masalan, qo’l va oyoq barmoqlari). Harorat sezgirligiHarorat sezgirligi badanining harorati doimiy bo’lgan organizmlarga xosdir. Ma’lumki odam organizmi termoregulyatsiya tufayli doimiy haroratga 36,6°S ga ega. Odatda terining harorati badanning haroratidan past bo’ladi va har xil yerida har xil bo’ladi /masalan, peshonada -34-35°S; betda 20-25°S, qorinda 34°S, oyoqda 25-27°S/. Terining kiyimdan xoli joylaridagi harorati 30-32°S ga teng. Kishi terisida ikki retseptor /sezish tolalari/ borligi aniqlangan. Biri faqat sovuq ta’siriga javob beradi,ikkinchisi esa faqat issiq ta’siriga javob beradi. Teri biror narsaning tegishini 1mm2 maydondan boshlab, nur ta’sirini esa 700mm2 dan boshlab sezaboshlaydi. Organik sezgirlik.Odam miyasi axborotni faqat tashqi muhitdan olmay, balki organizmning o’zidan ham olib turadi. Sezgir asab apparatlari barcha ichki a’zolarimizda bordir. Ichki a’zolarimizda tashqi ta’sir ostida ma’lum hissiyotlar kechadi, ular esa signal paydo qiladi. Bu signallar ichki a’zolar faoliyatini boshqarishda zarur shartlar vazifasini o’taydi. Organik sezgirlik chegaralari xali fanga etarlicha ma’lum emas. Yuqorida keltirilgan analizatorlar o’zaro murakkab munosabatda bo’ladilar. Analizatorlar munosabatini yadrosi reflektor yo’lidir, ya’ni miya bilan doimiy va o’sib, ulg’ayib borishi jarayonida analizatorlar faoliyati o’zaro munosabati ham o’saboradi va faoliyat funktsional sistemalari shakllanadi. Bu sistemalar strukturasi kishining faoliyati va hayoti shartlarini belgilaydi. Agar kishi g’ayrioddiy sharoitga tushib qolsa, yangi talablar bilan shakllangan funktsional sistemalar orasida kelishmovchilik /konflikt/ yuzaga kelishi mumkin. shu xolat yuzaga kelmasligi uchun odam yo shakllangan funktsional sistemasini qayta qurishi /odatlarini o’zgarishi/ yoki maxsus mashqlar bilan yangilarini shakllantirishi kerak. Xavfsiz sistemalarni yaratishda ushbu jihatlarni ham xisobga olish zarur. Ishlab chiqarish sharoitida odamning har qaysi analizatoriga bir vaqtning o’zida bir qancha qitiqlovchi ta’sir qiladi, bular analizatorlarning hamma sistemasiga ta’sir qiladi. shuning uchun nafaqat analizatorlarning imkoniyatlarini, balki odam ishlaydigan sharoitni xisobga olish kerak. Ma’lumki, qattiq shovqin ko’rish sezgirligini o’zgartiradi. Ayrim hidlar, harorat, titrash ta’siri ostida ko’zning sezgirligi pasayadi. Odam hayotiy faoliyati, xavfsizligini ta’minlash uchun barcha analizatorlarga ta’sir qiluvchi hamma qitiqlovchilar sistemasini hisobga olish kerak. Hozirgi paytda bu talab, amaliyotda, hamma vaqt ham to’laqonli qondirilishi mumkin emas. Lekin, bu yo’nalish muhim metodologik ahamiyatga ega. Download 1,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling