Ekskavatorlarning elektr yuritmasining jamlovchi kuchaytirgichli sxemasi
Download 202.63 Kb.
|
18-maruzaEKSKAVATORLARNING ELEKTR YURITMASINING JAMLOVCHI KUCHAYTIRGICHLI SXEMASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
EKSKAVATORLARNING ELEKTR YURITMASINING JAMLOVCHI KUCHAYTIRGICHLI SXEMASI. Reja: Ekskavatorlarning elektr yuritmasida jamlovchi kuchaytirgichli sxemasi; Ekskavator elektr yuritmasini elektr mashina qo’zg’atgichli boshqarish sxemasi. Tayanch so’z va iboralar: jamlovchi kuchaytirgich, elektr mashina qo’zg’atgich, “Generator-Motor” (G-M) tizimi, magnit kuchaytirgich, elektr mexanik doimiyligi, teskari bog’lanish. Bir cho’michli ekskavatorlarning elektr yuritmasida jamlovchi kuchaytirgichli sxemali “Generator-Motor” (G-M) tizimidan foydalaniladi. Bunday tizimning strukturali sxemasi quyidagi 18.1-rasmda keltirilgan. Bu sxemada: MK – magnit kuchaytirgich; Kg, Tg – generatorning kuchaytirish koeffisiyenti va doimiyligi; Tm – elektr yuritmaning elektr mexanik doimiyligi; Rya,Σ va Tya – yakor zanjirining qarshiligi va elektr magnit doimiyligi; s- motorning koeffisiyenti; Uo,s va Uo,t – tezlik va tok bo’yicha teskari bog’lanishlar kuchlanishlari. Ayrim hollarda tezlik bo’yicha qisqa manfiy bog’lanishning o’rniga motorning kuchlanishi bo’yicha qisqa manfiy bog’lanish ishlatiladi. 1-rasm. Jamlovchi kuchaytirgichli G- M tizimning strukturali sxemasi. Jamlovchi kuchaytirgichli strukturaning asosiy xususiyatlaridan biri – bu kechiktirilgan teskari bog’lanishlardan (kesishdan) foydalanish. Amaliyotda tok bo’yicha kesilishli tizim eng ko’p tarqalgan. Talab etiladigan dinamik ko’rsatkichlarga erishish hamda kerakli tok va tezlikni boshqarish sifatini ta'minlash uchun mazkur strukturaga generator EYuK bo’yicha Ug,n va yakor toki bo’yicha Uya,t ixcham bog’lanishlar kiritilgan. Yuqorida ko’rib chiqilgan G-M tizimning strukturali sxemasining namunasi sifatida quyida (2-rasm) ko’rsatilgan elektr mashina qo’zg’atgichli G-M tizimini ko’rib chiqamiz. 2-rasm. Ekskavator elektr yuritmasini elektr mashina qo’zg’atgichli boshqarish sxemasi. Rasmdagi D1 va D2 motorlar yakorlari elektr ta’minotni G generator orqali olishadi. Motorlarning qo’zg’atish chulg’amlari D1QCH va D2QCH rezistor Rr bilan parallel ulangan bo’lib, rezistor Rd1 orqali o’zgarmas tok manbasidan ta'minlanadi. Generatorning qo’zg’atish chulg’ami GQCH ko’ndalang maydonli to’rtta boshqarish chulg’amga ega bo’lgan elektr mashina kuchaytirgich EMK orqali ta'minlanadi. To’rtta boshqarish chulg’amlari quyidagicha: EMKSN chulg’ami elektr mashina kuchaytirgichning kuchlanishi bo’yicha ixcham va qattiq manfiy teskari bog’lanishlarni olish uchun mo’ljallangan; VCH vazifalovchi chulg’am; TCH generatorning yakor toki bo’yicha manfiy teskari bog’lanish chulg’ami; TBCH generatorning kuchlanishi bo’yicha manfiy teskari bog’lanish chulg’ami. Ekskavator tavsiflarini shakllantirish uchun yakor toki bo’yicha manfiy bog’lanishni yaratuvchi TCH chulg’amining zanjirida tok bo’yicha kesish qismi ko’zda tutilgan. Bu qism Rn,o potentsiometridan iborat bo’lib, uning ikki elkasidan +Ukes va –Ukes kuchlanishlari olinib TCH chulg’am zanjiriga D1 va D2 diodlar orqali beriladi. Sxemaning “ko’tarish” holatiga oid 1n – 4n mexanik tavsiflar 18.3-rasmda keltirilgan. Cho’michni “tushirish” rejimida o’xshash tavsiflar bo’ladi. 0 tavsifi komandalar kontrollerini nol holatiga mos bo’lib, cho’michni mexanik tormozsiz ushlab turish uchun ishlatiladi. 3-rasm. Ekskavator elektr yuritmasining (2-rasmdagi sxema uchun) mexanik tavsiflari EMK jamlovchi kuchaytirgich sifatida ishlatish bir nechta kamchiliklarga olib keladi. Jumladan, gisterezis tufayli EMK tavsiflarining nostabilliklarini va yakor reaktsiyasining ta’sirini kamaytirish uchun yakor kuchlanishi bo’yicha kiritiladigan manfiy teskari bog’lanish EMK kuchaytirish koeffisiyentini kamaytirib, uni tebranuvchi tizimga aylantiradi. Bu esa o’z o’rnida murakkab sozlashni amalga oshirishga olib keladi. Sxemaning boshqa kamchiligi bu elektr yuritmadan talab etiladigan tavsiflarni shakillantirish uchun teskari bog’lanishlar zanjirlarida kontaktlarni ulab-uzilishini talab etilishi natijasida sxemaning ishonchliligi kamayishi. Download 202.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling