"Eksklyuziv testlar" kitobidan namuna Muallif: Davron Akbar
Download 182.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Namuna Eksklyuziv testlar kitobidan.pdf hhhhh 082305
“Eksklyuziv testlar” kitobidan namuna Muallif: Davron Akbar “Regbooks” nashriyoti Kitobni sotib olish uchun adminga murojaat qiling. Admin:abtbooks_uz 1. Qaysi javobdagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarda sifatdosh va zamon qo’shimchalari o’rtasida shakldoshlik yuzaga kelgan? A) Joni halqumiga kelgan Sattor alam qilganidan baqirib yig‘lay boshladi. Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar. B) Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo'lishdir. U o‘z xatti-harakati va fidokorona mehnati bilan xalqqa tanilgan. C) Shamol toy ekan, kuchga boy ekan, yengil ko‘charkan, ko‘kka ucharkan. Balki, ular qilgan ishidan afsuslanib ortlariga qaytar. D) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. Dard ila g‘amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig‘ sarg‘aygandi. 2. Qaysi javobda Furqat haqida xato ma’lumot berilgan? A) Ijodkor “Hammomi xayol” nomli risola yozadi. Sharqda mashhur bo‘lib kelgan “Chor darvesh” asarini fors tilidan o‘zbek tiliga o‘giradi. B) Ijodkor Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishadi. Bu tanishuvdan so‘ng Furqat shu gazetaga tarjimon bo‘lib ishga kiradi va shundan uning jurnalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi, deyish mumkin. C) «Shoir she’rda «Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st-u ustuxon aylar», «Boshimda hushim yo‘q», «Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im», «Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida» kabi misralar orqali holini sharh etadi. Maqta’da o‘z taxallusiga ham izoh berib o‘tadi». D) Ijodkor tarjimalar bilan shug‘ullanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” kabi asarlarni tarjima qiladi. 3. Qaysi javobda olmoshning to’rt ma’noviy turi ishtirok etgan? A) Har bir xalq uchun o‘z umrini baxshida etgan barcha insonlarning nomi hech qachon unutilmaydi. B) Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. C) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi. D) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor, hech qachon siz dangasalik qilmang 4. Lirik qahramon – shoir gulzorga kiradi. Anvoyi gullar ochilib yotibdi. Yo‘q-yo‘q, bu shunchaki gulzor emas, gullarning anjumani – yig‘ilishi, har bir gul o‘zini namoyish etadi, ko‘z-ko‘z qiladi. Shoir ushbu anjumanda yorning go‘zalligini ta’riflagan ekan. Gullar xijolatdan – uyatdan qizarib ketibdi. Aslida, ular qizil emas edi, ma’shuqaga qaraganda xunukroq ekanliklaridan uyalib qizardilar. Yuqorida kimning gazal tahlili berilgan? A) Bobur B) Navoiy C) Lutfiy D) Atoyi 5. Qaysi gapda holatga taqlid so’z sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelgan? A) Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko‘tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo‘chqor bor ekan, kutilmaganda ajoyib bir ish qildi. B) Shu payt gurs-gurs oyoq tovushlari eshitilib, ovlarda kabobpazlik qiladigan baqaloq bakovul ko‘rindi. C) Zum o‘tmay hovlida ship-ship ovoz eshitildi. D) Shunday bo‘lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi. 6. Jadvaldan foydalanib, to’g’ri javobni belgilang. Qo’sh undoshli so’z qatnashgan gap Qo’sh undoshli so’z qatnashmagan gap 1 Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop-qorong‘i. Qo‘liga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo‘natibdi 2 Shu chog‘ artilleriya qismlari og‘ir to‘plar bilan ota boshladi. Yarim kechada darvozaga o‘rnatilgan qo‘ng‘iroq ustma-ust qattiq- qattiq jiringladi. 3 Kasb-hunar kolleji o‘tgan yili 220 nafar malakali mutaxassislarni qaynoq hayotga kuzatdi. Qisqa vaqt ichida gimnaziyaga zamonaviy kompyuterlar keltirildi, ular internet tarmog‘iga ulandi. 4 Dunyoni yaxshi odamlar ushlab turadi, degan ko‘hna ibora bor. Ikkalasi bir tomoni kuyib, qovjirab ketgan mallarang qumtepalar orasida serrayib turib qolishdi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4 7. Qaysi javobda R.Thakurning falsafiy dramalari to’g’ri berilgan? A) “Roja va Rani”, Chitraganda, “Malini”, “Qurbonlik” B) “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” C) “Tonggi qo’shiqlar”, “Suratlar va qo’shiqlar”, “Oqshom qo’shiqlari” D) “Bibha sohili”, “”Donishmand Roja”, “Hisob-kitob” “Eksklyuziv testlar” kitobidan namuna Muallif: Davron Akbar “Regbooks” nashriyoti Kitobni sotib olish uchun adminga murojaat qiling. Admin:abtbooks_uz 8. So’zni va fikrni erk…lashtirgan jamiyat tezda taraqqiyot cho’qqisiga chiqadi. Yuqoridagi gapda nuqtalar o’rniga qo’yilishi kerak bo’lgan ko’makchi morfema qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Poliz ekinlaridan bo‘shagan yerlar shudgor qilindi. B) Maydonda ot o‘ynatayotgan ikki chavandoz ko‘rindi. C) Senga otashin qalbimni hadya etyapman, Meni yolg’izlikda qoldirmagin, yor. D) Dushmandan berkingan askar yana dushman qarshisiga chiqdi. 9. Men tarjimachilik bilan ham shug‘ullandim. Ushbu mashg‘ulotimning eng asosiysi Dantening «Ilohiy komediya»si deb bilaman. Tarjima jarayoni men uchun eng ulug‘ maktab bo‘ldi. Agar qog‘oz ustida eng ko‘p ter to‘kkan bo‘lsam, o‘sha tarjima ustida to‘kkanman. Ona tilimizning naqadar boy ekanligiga imon keltirgan bo‘lsam, o‘sha tarjima jarayonida imon keltirganman. Ishondimki, bizning tilimiz hech bir mubolag‘asiz jahondagi eng go‘zal va eng badavlat tillardan biridir... Yuqorida Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan qaysi iijodkorning tarjimayi holidan parcha keltirilgan? A) O’tkir Hoshimov B) Erkin Vohidov C) Abdulla Oripov D) Sharof Boshbekov 10. Zamona arg‘umog‘i poygada yutib chiqishga otlangan uchqur samanday shiddat bilan olg‘a chopadi. Faqat uning samandan farqi bor: samanni chavandoz boshqaradi, bu arg‘umoqning esa chavandozi, egar- yugani yo‘q, yaydoq, bir o‘zi, boshi og‘gan tomonga chopadi, oyog‘i tashlangan yerga tushadi. U birovni mindirish u yoqda tursin, yoniga ham yo‘latmaydi, har qanday saman horib-toladi, arg‘umoq esa ne-ne asrlar, yillar o‘tibdirki, charchash nimaligini bilmaydi, to‘xtamasdan yelgani yelgan... Uni «Vaqt» deb atardilar. Vaqt haqidagi ushbu badiiy tashbeh qaysi asarda keltirilgan? A) “Abulfayzxon” ( Abdurauf Fitrat ) B) “Sohibqiron o’ylari” ( Muhammad Ali ) C) “Tanho qayiq” ( Erkin A’zam ) D) “Garov” ( A.P. Chexov ) 11. Qaysi javobdagi so’zlarning barchasi imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) tushincha, bag’oyat, musicha B) varaq, zalvarli, shafqat C) tatqiqot, tasdiqlamoq, ta’qiqlamoq D) temir yo’l, shirinsuxan, ta’magirlik 12. Qaysi javobdagi gapda bilan yordamchisi yordamchi so’z sifatida ikki xil vazifani bajargan? A) Men bilan ustozimizning bir o’xshashligimiz bor: ikkimiz ham dangasalik bilan chiqisha olmaymiz. B) Saidiy bilan bahslashish qo‘lidan kelmaganini har bir so‘zi, har bir harakati bilan bildirib turar edi. C) Arslon o‘z quvvati va shijoati bilan ovqat topib, kun kechirgani kabi inson ham qayda bo‘lmasin, o‘z aqli bilan kun kechiradi. D) Mehnatda, uzoq safarda, odamlar orasida o‘ziga fe’li, muomalasi bilan yoqib qolgan kishi bilan do‘stlashadi. 13. Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni xato talqin qilingan? A) Voqealar so‘ngida Shirvon yurtiga Aynoq kal podsho, ukalar esa vazir qilib tayinlanadi. B) To‘rt aka-uka kallar mard, tanti, ziyrak va aqlli kishilar timsoli hisoblanadi. C) Aka-uka kallar kampir enaning iltimosi bilan Ravshanni qutqarishga bel bog‘lashgan edi. D) Go‘ro‘g‘li Ravshanning Gulanorga sovchi bo‘lib borish haqidagi iltimosini rad etadi. 14. Qaysi gapda nutqning aniqligiga putur yetkazilgan gap berilgan? A) Qo‘llari, oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay, o‘z-o‘zidan harakatlanar, uni qayoqqadir olg‘a eltardi. B) Sattorov yolvorgan ohangda ko‘zlarimga umidvor qaradi. C) Hazarni biladimi bu go‘rso‘xta. Hukumatni qo‘liga tushsa, otuv berardi. D) Korxonaga yangi zamonaviy texnika joriy etildi. 15. Qaysi gapda tobe qismi yasama fe’l, hokim qismi esa yasama ot bilan ifodalangan otli so’z birimasi ishtirok etgan? A) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. B) Taklif etilgan mehmonlarning ayrimlari hali kelmadi. C) Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlardi. D) Odamlarni ishlatadigan muhim va kerakli ishxonalar ro’yxatini beraman. “Eksklyuziv testlar” kitobidan namuna Muallif: Davron Akbar “Regbooks” nashriyoti Kitobni sotib olish uchun adminga murojaat qiling. Admin:abtbooks_uz 16. Alisher Navoiy bu asarida 459 ta shoir, yozuvchi, ijodkor haqidagi ma’lumotlar jamlagan. Xondamirning ta’kidlashicha, «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko‘plarining ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi». Ushbu ma’lumot Alisher Navoiyning qaysi asari haqida? A) “Nasoyim ul-muhabbat” B) “Nazm ul-javohir” C) “Majolis un-nafois” D) “Xazoyin ul-maoniy” 17. Quyidagi chizmaga mos keluvchi egasi umumlashgan gap qaysi javobda to’g’ri berilgan? -sa A) Uzoq yillik tajribamdan xulosa qilsam, butun umr savobni ko’paytirmabman. B) O’zga yurtda shox bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l. C) Sigaret umr zavoli, shuning uchun chekmang! D) Hurmat qilsang, hurmat topasan. 18. Qaysi javodagi gapda qatnashgan fe’lning barcha vazifa shakllari fonetik tovush o’zgarishi bilan qo’llangan? A) O’quv va uquv o’rtasida katta farq bor, lekin bolalarning qiynaladigan jihatlaridan biri borki, ular mavzularni yodlab darsga kelisholmaydi. B) Chiniqqan jismoniyat insonga hech qachon pand bermaydi, chunki baquvvat jism sog’liqni anglashda muhim ro’l o’ynaydi. C) Kuchuklarning vovullagan ovozi atrofni egalladi, ortga qayrilib ularni sanashga qiynaldim. D) O’ynatadigan ham o’zi, o’ylatadigan ham o’zi, siz esa na o’ynamaysiz, na o’ylamaysiz, hayotingizni tavakkal ustiga qurgansiz. 19. Ijodkor «tug'ma shoir» sifatida tanildi. Bu tanilish yosh shoirning shoirona tabiatidan tashqari, uning ijodga jon-dili bilan berilishi, ijod sirini bilishga urinishi, bu yo'lda o'rganishi va izlanishi samarasi edi. «Geynebilan o'rtoq tutindim, Lermontovdan ko'mak o'tindim» degan yosh shoir rus va jahon poeziyasining maftunkor fazilatlarini ijodiy talqin qilish bilan birga, Sharq adabiyoti va og'zaki ijodining boyliklarini ham egallashga intildi... Yuqoridagi ma'lumot qaysi ijodkor haqida? A) Sergey Yesenin B) Usmon Nosir C) Musa Jalil D) Muhammad Yusuf 20. Qaysi javobdagi gapda orttirma darajadagi sifat yasama so’z bilan ifodalangan? A) Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, oilasini juda qadrlar ekan. B) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki, ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin. C) Judayam sarg’aygan ekan, darxatlarning xazon barglari. D) Bag’oyatda go’zallikning ustidasiz, xo’jayin, buni siz va men bilamiz, xolos. 21. Quyidagi qaysi javobda ijodkorlarga tegishli asarlar to’gri tartibda va mos berilgan? Shuhrat O’.Umarbekov Mirmuhsin A) Mehrol Degrez o’g’li Me’mor B) So’lmas chechaklar Yer yonganda Usta G’iyos C) Mardlik afsonasi Tungi chaqmoqlar Ziyod va Adiba D) Jannati odamlar Qiyomat qarz Jamila 22. Qaysi gap bir necha ikkinchi darajali bo’laklari uyushgan ergashgan qo’shma gap hisoblanadi? A) Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, bola-chaqasini qadrlaydi, u mehnat qilib tinch va osuda yashaydi. B) Shuni bilki, Dildor dam chaman bo‘lib turgan atirgullarga, dam ariqchalarda shildirab oqib turgan suvlarga qarab zavqlanardi. C) Vatanga muhabbat, xalqning va millatning birligi, yurtning kelajak istiqboli, hayot farovonligi va tinchligini dildan kuyladilar. D) Kim ko’p bilimni egallasa, hayot va oxiratdagi o’rni yuksalib, ishlaridan foyda va quvonch topadi. 23. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan? A) Turobjon o’g’lim ketamiz, yur bolam, bu yerda bizning keragimiz ham, qadrimiz ham qolmadi. B) Dunyolarni kezib chiqdim, lekin o’zim bob qiz topolmadim, do’stim. C) Birovga yaxshilik qilmagan inson o’z o’zidan ranjishi kerak va o’zining dunyoqarashini o’zgartirishi lozim. D) Hozirgi kunda “Renessans’ o’quv markazida ona tili va adabiyoti fanidan o’qituvchi sifatida ishlaganman. 24. Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. Xorazmiyning ushbu baytida qaysi badiiy san’atlar qo’llangan? A) Tashbeh va tajnis B) istiora va mubolag’a C) Tajnis va talmeh D) husni ta’lil va tashbeh “Eksklyuziv testlar” kitobidan namuna Muallif: Davron Akbar “Regbooks” nashriyoti Kitobni sotib olish uchun adminga murojaat qiling. Admin:abtbooks_uz 25. Hayotimni asta ko’zdan kechirdim, Shuncha payt kechirmasdan hayot kechirdim. Qahrimni qo’zg’amang, meni qiynamang, Siz meni kechiring, men ham kechirdim. (Davron Akbar) Ushbu she’riy parchada ostiga chizilgan “kechirmoq” so’zi bilan shakldoshlik hosil qiluvchi so’zlar qaysi gaplarda qatnashgan? 1. Senda ne yaxshilik bor ediki, u seni shunchaki kechirdi? 2. Said Jalolxon boshdan kechirganlarini inqillay- inqillay hikoya qilib berdi. 3. Aytganimni qilmadi, shuning uchun uni suvdan kechirishga majbur bo’ldim, to’g’ri tushunasiz! 4. Gohida tashvishli umr kechirdim, ba’zida sinovlarga bardosh ham berdim. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 26. Qaysi javobda Mahmud Qoshg’ariy haqida xato ma’lumot berilgan? A) M. Qoshg’ariy ilk ustozlaridan biri qashqarlik Husayn xalifadir. So‘ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag‘doddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan. B) Mahmud Koshg‘ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo‘lib tanildi. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug‘atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olimdir. C) Mahmud Koshg‘ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ‘ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga ilib, o‘zib borayotgan turk tilini» ko‘klar-ga ko‘taradi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko‘rsatib beradi. D) O‘zbek adabiyotida maqta’da taxallusni qo‘llash ilk bor Mahmud Qoshg’ariy ijodida uchraydi. Bundan tashqari ilk g’azal namunasini ham Mahmud Qoshg’ariy ijodida uchrastish mumkin. 27. Hayotda shunday: kim tadbirkorlik bilan erinmay mehnat qilsa, o’sha sog‘lom, boy-badavlat yashaydi, xor-zor bo‘lmay umr kechiradi. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumotlar noto’g’ri hisoblanadi? 1. gapda ikki nutadan uyushgan bo’laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi bo’lakni ajratish maqsadida foydalanilgan. 2. gapda fe’l nisbatlarining bir turi ishtirok etgan. 3. gapda alohida ajratib ko’rsatilgan gap nisbiy so’zlar yordamida bog’langan ergashgan qo’shma gap hisoblanadi. 4. gapdagi yasama so’zlar ot, sifat, ravish va fe’l turkumiga tegishli A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 28. Qaysi javobda Shukur Xolmirazayevning faqat romanlari berilgan? A) “Yo’lovchi”, “Dinozavr”, “Olabo’ji” B) “To’lqinlar”, “O’n sakkizga kirmagan kim bor” C) “Qorasoch”, “Ziyofat” D) “”Diyonat”, “Ulug’bek xazinasi” Muallif: Davron Akbar Telegram: @Davron_Akbar Muallif kanali: @RenessansStudy Muallif o’quv markazi: “Renessans” o’quv markazi Muallif kitobi: “Eksklyuziv testlar” Nashriyot: “Regbooks” nashriyoti Nashriyot telegram: @abtbooks Ushbu test materiali “Eksklyuziv testlar” kitobidan olindi. Kitobni sotib olish uchun adminga murojaat qiling. Admin: @abtbooks_uz “Eksklyuziv testlar” kitobidan namuna Muallif: Davron Akbar “Regbooks” nashriyoti Kitobni sotib olish uchun adminga murojaat qiling. Admin:abtbooks_uz Matn asosidagi 29-30-topshiriqlarni bajaring. 1. Tushuntirish xati Men onamning qattiq betobligi tufayli o‘n kun davomida maktabdagi darslarga kela olmadim. Qoldirgan darslarimni o‘zlashtirib olishga vada beraman. Ilova: Onamning kasalligi haqidagi ma’lumotnoma. 11.06.2022 (imzo) K. Salimov _______________________________________________________________________________________________ 2. “Renessans” o’quv markazi rahbari Sotiboldiyev Abbosga ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Davron Akbardan 2. ARIZA Meni sof va halol raqobatdoshlikni yuzaga chiqarish uchun shuningdek faol harakat qilishim uchun “Renessans” o’quv markaziga ona tili va adabiyoti o’qituvchisi sifatida ishga qabul qilishingizni so’rayman. 11.06.2022 (imzo) A.Sotiboldiyev _______________________________________________________________________________________________ 3. Tavsiyanoma Adhamov Ikrom Davlatbek o’g’li 2001-yilda tug’ilgan. Hozirda kunda u men rahbarlik qilayotgan korxonada 2019- yildan beri texnik xodim bo’lib ishlagan. A.Ikrom jamoat tartibiga qat’iy rioya qiladi. U tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilmagan. Ishda faol va tirishqoq yigit. Atrofdagi ishchilar bilan yaxshi munosabatda. Uning davlat korxonalarida yetkchi mutaxassis sifatida ishlab ketishiga ishonchim komil va bu kadrni davlat lavozimiga tavsiya qilaman. 11.06.2022 (imzo) A.Turdiyev _______________________________________________________________________________________________ 29. Ushbu rasmiy hujjatlar matnining raqamlab ko’rsatilgan bandlarida ro’y bergan xatoliklar qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) 1 − imloviy xatolik; 2 – ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 3 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik B) 1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 − imloviy xatolik C) 1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − imloviy xatolik; 3 – ishoraviy (punktuatsion) xatolik D) 1 − imloviy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 – ishoraviy (punktuatsion) xatolik 30. Ushbu rasmiy hujjatlar matnining raqamlab ko’rsatilgan bandlari mazmuniga oid noto’g’ri hukmni aniqlang. A) ikkinchi rasmiy hujjat ishga qabul qilinish uchun yozilgan. B) uchinchi rasmiy hujjat xodimi boshqa ishga o’tayotgani munosabati bilan rahbar tomonidan yozilgan. C) birinchi rasmiy hujjat o’quvchi tomonidan yozilgan bo’lib, hujjatni qabul qilib oluvchi maktab direktori hisoblanadi. D) barcha rasmiy hujjatlar ishga qabul qilish yoki uni tark etish maqsadida yozilgan. Download 182.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling