Ekskursiya xizmatida vaqtni to’g’ri taqsimlash. Ekskursiya xizmatida vaqtni to’g’ri taqsimlash. Metodik ishlanmalarda har bir mavzuostilarni yoritib berishga sarflanadigan vaqt aniq ko'rsatiladi. Bu yerda barcha masalalar - ob‘ektlarni ko'rsatish, gidning hikoyasi, ob‘ekt bo'ylab harakati va keyingi marshrut bo'ylab harakati inobatga olinadi. Vaqtni taqsimlay olish ko'nikmasiga gid birdaniga erishmaydi. Buning uchun u qo'l soati bilan ob‘ektlarda mashq qilishi talab qilinadi. Mantiqiy o'tishlarda, mavzuostilarni ochish va asosiy savollarga vaqtni to'g'ri taqsimlashni o'rganish lozim. Ba‘zida ekskursiya vaqti gidga bog'liq bo'lmagan sabablar bilan qisqaradi. Bunga ekskursantlarning uzoq yig'ilishi, turistlar nonushtasining o'z vaqtida berilmasligi, ko'chalardagi tirbandlik kabi holatlar sabab bo'lishi mumkin. Vaziyatni o'nglash uchun gid mavzuni yoritishga ajratilgan vaqtni qisqartirishga majbur bo'ladi. Qisqartirganda ham asosiy ma‘lumotlar saqlanib, muhim bo'lmaganlari olib tashlanishi maqsadlidir. Bunday holatlarga ham gid oldindan tayyor turishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |