Ekskursiya lotincha ―Extsursio‖ ―sayr etish‖ degan soʼzdan olingan boʼlib


Download 12.36 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi12.36 Kb.
#1597906
Bog'liq
99833 Ekskursiya loti-WPS Office


Ekskursiya lotincha ―Extsursio‖ - ―sayr etish‖ degan soʼzdan olingan boʼlib,

vistavka, korxona ѐki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda

uyushtirilgan sayr maʼnosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya

esa sinf ѐki oʼquvchilar gruppasi bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaning bir

formasi boʼlib, ―oʼrganilaѐtgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy

holatida ѐki sunʼiy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya‖ deyiladi.

Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda dars oʼtishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar

sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarish obʼektlarida va

boshqa joylarda (Biologiya bogʼi, zoovistavka, muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari

kabilarda) oʼtkaziladigan oʼquv xarakteridagi mashgʼulotdir. Ekskursiyalar asosan

bahorda va kuzda Biologiya, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida oʼtkaziladigan

biologik ekskursiyalar dastur materialini oʼrganish va mustahkamlashga

bagʼishlanadi. Ular maktab dasturida koʼrsatilgan va oʼquvchilar uchun majburiydir.

Tirik tabiat obʼektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda

oʼrganish imkoniyatini beradi. Oʼquvchilar oʼrganilaѐtgan oʼsimlik va hayvonni

ularning yashash sharoitida koʼradilar. Organizm tuzilishi va haѐt faoliyatining yashash muhitiga moslanuvchanligini yaqqol payqab oladilar. Oʼquvchilarning

bilimini kengaytiradi va mustahkamlaydi. Oʼquvchilar oʼsimliklar va hayvonlarni

tabiiy muhitda oʼsimliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, oʼsimliklarga bogʼliq

holda koʼradilar va oʼquvchilarning tabiatni oʼrganishda boʼlgan qiziqishlarini

kuchaytiradi. Qishloq xoʼjaligi, ishlab chiqarish, tajriba stantsiyalari, mevazor,

koʼchatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar oʼquvchilarda ishlab

chiqarishning turli sohalariga nisbatan zoʼr qiziqish uygʼotadi. Biologik ekskursiya

jaraѐnida oʼquvchilar biologik bilimlarning amalda qanday qoʼllanilaѐtganligini

bilib oladilar. Bunday ekskursiyalar oʼquvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy

taʼsir koʼrsatadi.

Quyidagi ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati.

Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir:

1.Oʼquvchilarda ongli intizom;

2.Oʼrtoqlik va doʼstlik;

3.Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi.

4.Ekskursiyalar oʼqituvchini oʼkuvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga oʼz

oʼquvchilarini yaxshiroq bilib olish, (sinf sharoitida namoѐn boʼlmagan oʼkuvchi

xususiyatlarini aniqlash) imkoniyatini beradi.

5.Oʼquvchilarda tetik va sogʼlom tuygʼularni vujudga keltiradi bu esa

oʼrganilaѐtgan oʼquv materialining oson va puxta oʼzlashtirib olishini taʼminlaydi.

6. Ekskursiyalarda oʼquvchilar estetik xarakterdagi tuygʼularni xis qiladilar.

7.Tabiat goʼzalligini bevosita xis qilish shu tabiatga, Vatanga nisbatan muhabbat

tuygʼularini uygʼotadi.

Ekskursiya davomida kelgusi dars va darsdan tashqari mashgʼulotlarda foydalanish

uchun har xil tabiiy materiallar: oʼsimlik va hayvonlar, ularning ayrim qismlari

(urugʼ, ildiz, barg, ildizmeva, ildizpoya, tugunak, poya, mollyuska chigʼanoqlari, qush

patlari, hayvon suyaklari) yigʼiladi. Oʼquvchilar tirik va tabiiy obʼektlarni yigʼish

va rasmiylashtirish (gerbariylashtirish, kollektsiyalash, preparatlashtirish)

koʼnikmalarini hosil qilib boradilar.

Ekskursiyaning turlari.Biologik ekskursiyalar har xil turda boʼladi; vaqtiga

qarab, bir soatlik, bir kunlik va koʼp kunlik. Bir soatlik ekskursiya – maktab

xovlisida ѐki oʼquv tajriba uchastkasida oʼtkaziladi. Ekskursiya rejasini – metod

birlashmasining raisi tasdiqlaydi. (Gulli oʼsimlik va uning organlari degan

mavzudagi ekskursiya). Bir kunlik ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish

korxonalariga, fermer xoʼjaliklariga, xayvonot ѐki Biologiya bogʼiga, baliqchilik

xoʼjaligiga ѐki parrandachilik xoʼjaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini

maktab ilmiy boʼlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Koʼp kunlik ekskursiya – oʼquv

yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiѐt,

badan-tarbiya ѐki harbiy oʼqituvchilari bilan birgalikda oʼtkaziladi. Koʼp kunlik

ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi.

Ekskursiyaga tayѐrgarlik.Ekskursiyaning samaradorligi koʼp jihatdan uni puhta

tayѐrlanishiga bogʼliq. Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan

puxta tayѐrgarlik va aniq reja asosida oʼtkazishni talab qiladi.Tayѐrgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi:

Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda oʼquvchilar oʼzlashtirishi

moʼljallangan oʼquv materialining mazmuni aniqlanadi. Oʼqituvchi ekskursiyaga

borishdan bir necha kun oldin oʼzi oʼsha ekskursiya joyi va marshrutini koʼrib keladi,

(yaʼni taxminiy ekskursiya qilib keladi). Bunda oʼrganiladigan obʼektlar va qulay

marshrut tanlanadi, qaerda, qanday material yigʼish va qaerda tushuntirish hamda

suhbatlar oʼtkazish mumkinligi belgilanadi, ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi

aniqlanadi. Ekskursiya uchun zarur boʼlgan jihoz va materiallar oldindan tayѐrlab

qoʼyiladi (kompas, lupa, belkurak, boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun

papkalar, bankachalar).Oʼqituvchi taxminiy ekskursiya oʼtkazish va oʼrganiladigan oʼquv

materialining mazmunini aniqlash asosida haqiqiy ekskursiya rejasini tuzadi.

Reja ekskursiyaning borish izchilligi va oʼqituvchi bilan oʼquvchilarning ish

metodlari (tushuntirish, suhbat va mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obʼektni topib

olish, materialni yigʼish, kabilar). Oʼtkaziladigan ekskursiya haqida oʼquvchilar bir

necha kun oldin ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon joʼnalishi va qancha

vaqt davom etishi oʼquvchilarga aytiladi. Oʼqituvchi ekskursiyadan oldingi darsda

oʼquvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya mavzusiga oid nimalarni oʼqib

takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi. Qishloq xoʼjaligi, ishlab chiqarish,

muzey va milliy tadqiqot muassasi kabi joylarda oʼtkaziladigan ekskursiyalar

alohida tayѐrgarlikni talab qiladi. Bunda avvalo ekskursiya va uning vaqti

toʼgʼrisida xoʼjalik ѐki muassasa boshliqlari bilan kelishib olish kerak boʼladi.

Ekskursiyani oʼtkazish usuli.Biologiyadan ekskursiya oʼtkazishda quyidagilarga

eʼtibor berish kerak: Ekskursiya oʼqituvchini kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda

ekskursiya mavzusi, maqsadi va oʼtkazish tartibi tushuntiriladi. Keyin oʼquvchilar

guruhlarga boʼlinib, ularning har biriga mustaqil ish toʼgʼrisida tegishli topshiriq

beriladi. Ekskursiya jihozlari oʼquvchilarga javobgarligi tayinlangan holda

taqsimlanadi.Maktabda ekskursiya joyiga borish har xil boʼlishi mumkin. Transport

harakati koʼp boʼlgan shaharlar va qishloq koʼchalaridan oʼquvchilar tashkiliy ravishda

borishlari maʼqul. Dala koʼchalari va soʼqmoq yerlardan erkin holda yurishga ruhsat

beriladi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya joyidagi obʼektlarni

oʼrganishdir. Bunda avvalo ekskursiya joyining xarakteri (bogʼ, park, dala, oʼtloq, suv

havzasi, qir va xokazo) aniqlanadi. Oʼquvchilar eʼtibori tabiatning jumladan

oʼsimlik va xayvonlarning mavsumiy xolati va har joyning oʼziga xos goʼzalligiga

estetik tomonlarga qaratiladi.Ekskursiya joyidagi obʼektlar 2 xil usul:

Illyustratsiya va mustaqil ishlar tashkil qilish usuli bilan oʼrganiladi.

Illyustratsiya usuli – oʼqituvchining ekskursiya joyidagi obʼektlarni frontal

ravishda koʼrsatish tushuntirib berishni nazarda tutadi. Bunda oʼqituvchi oʼsimlik va

hayvonlarni, ularning ayrim qismlarini, haѐt xodisalarini izchillik bilan birma-

bir koʼrsatib, oʼquv materialini tushuntiradi, ayrim masalalar esa suhbat yoʼli

bilan hal qilinadi. Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan

oʼrganadilar oʼquvchilar moʼljallangan oʼsimlik ѐki hayvonni mustaqil

oʼrganiladilar, material yigʼadilar. Bu ishlar yuzasidan oʼquvchilar tegishlitopshiriq olgan boʼlishlari kerak. Topshiriq aniq, qisqa va oʼquvchilar uddalay

oladigan boʼlishi kerak. Bu topshiriqlar quyidagicha boʼlishi mumkin:

1.Ekskursiya davomida oʼquvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular

daftarga oʼzlari olib borgan kuzatish natijalarini oʼrganilgan va yigʼilgan oʼsimlik

ѐki xayvonning nomlari, xarakterli belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda

uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni ѐzib boradilar.

2.Ekskursiya obʼektlarini oʼrganish oxirida mashgʼulotga dastlabki yakun

yasaladi, bunda oʼrganilgan oʼquv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish

boʼyicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi toʼgʼrisida zveno (gruppa)

boshliqlarining axborotlari tinglanadi, oʼkuvchilar faoliyatidagi ijobiy va

salbiy tomonlar qayd qilinadi.

3.Ekskursiya davomida ѐki unga yakun yasalaѐtganda oʼquvchilar mavzuga bevosita

aloqador boʼlmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin. Bunday xollarda qanday

yoʼl tutish kerak? Аgar har qanday savollarga toʼliq javob beriladigan boʼlsa, asosiy

mavzudan chekinishga toʼgʼri keladi. Javob qisqa va aniq boʼlsin.

4.Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida boʼladi; ekskursiyaning

yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda boʼlmogʼi lozim. Oʼqituvchi ekskursiyaning

tamom boʼlganligi toʼgʼrisida eʼlon qiladi. Eng yaxshisi, ekskursiyani maktabga

qaytib kelgandan keyin tugallangani maʼqul.

5.Ekskursiyadan yigʼib kelingan materiallar ularni kelgusida oʼrganish uchun

tartibga solinadi.

Ekskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish.

Ekskursiya materiallarini ishlash 2 xil boʼladi:

1.Boshlangʼich ishlash: Bu ishda material topish bilan oʼz vaqtida ѐzish,

xayvonning nomi topilgan sanasi, yashash sharoiti qisqacha ѐziladi. Issiq kunlarda

efirga paxtaga xoʼllab xayvonni ogʼziga tiqiladi.

2.Keyingi ishlash: - Bu ishda material tartibga solinadi. Bu yerda kundaliklar

tartibga solinadi, etiketka ѐziladi. Sudralib yuruvchilarning qornini ѐrib

formalin ѐki spirt qoʼyiladi. Dalada nomini bilmagan materialni markazga

keltirib aniqlagich bilan aniqlab ѐziladi.

Ekskursiyadan olib kelingan materiallar:

А) Dars vaqtida mahalliy material sifatida foydalaniladi;

B) Toʼgarak ishlari uchun yaxshi material boʼladi;

V) Biologiya kabinetini boyitishda ishlatiladi;

G) Foto koʼrgazma tashkil etishda foydalaniladi;

D) oʼkuvchilar oʼrtasida maʼruza qilish uchun foydalaniladi.

Yuqoridagi qayd qilingan maʼlumotlarga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish

mumkin.


1.Ekskursiya davomida oʼquvchilar oʼsimliklar olamining turli-tumanligini, ular

oʼrtasidagi oʼzaro bogʼlanishlarni chuqurroq idrok etadilar.

2.Tabiatni ilmiy nuqtai nazardan tushunishga imkon beradi.

3.Bundan tashqari, tabiiy landshaftlar bilan tanishish jaraѐnida tabiat

goʼzalliklaridan voqif boʼlish orqali oʼquvchilar talaygina estetik tarbiya oladi,turli xil daraxt, buta, oʼt oʼsimlik urugʼlarining respublikamizda qishlovchi

qushlarga ozuqa boʼlishidan xabardor boʼladilar.

4.Ekskursiya paytida oʼquvchilar tabiat biotsenozlarining bir butunligi toʼgʼrisida

tasavvurga ega boʼladilar. Oʼsimlik bilan tuproq, suv, harorat oʼrtasidagi

bogʼlanishdan xabar topadilar, shu yoʼl bilan ozuqa zanjirlari haqida dastlabki

bilimga ega boʼladilar.

5.Oʼsimlik va hayvonlar bilan oʼkuvchilarning tabiiy sharoitda tanishi, ularning

bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari, biologiya oʼquv predmetini



oʼrganishga boʼlgan xavasini orttiradi.
Download 12.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling