Ekskursiya lotincha ―Extsursio‖ ―sayr etish‖ degan soʼzdan olingan boʼlib
Download 12.36 Kb.
|
99833 Ekskursiya loti-WPS Office
Ekskursiya lotincha ―Extsursio‖ - ―sayr etish‖ degan soʼzdan olingan boʼlib, vistavka, korxona ѐki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr maʼnosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf ѐki oʼquvchilar gruppasi bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaning bir formasi boʼlib, ―oʼrganilaѐtgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida ѐki sunʼiy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya‖ deyiladi. Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda dars oʼtishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarish obʼektlarida va boshqa joylarda (Biologiya bogʼi, zoovistavka, muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari kabilarda) oʼtkaziladigan oʼquv xarakteridagi mashgʼulotdir. Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda Biologiya, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida oʼtkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini oʼrganish va mustahkamlashga bagʼishlanadi. Ular maktab dasturida koʼrsatilgan va oʼquvchilar uchun majburiydir. Tirik tabiat obʼektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda oʼrganish imkoniyatini beradi. Oʼquvchilar oʼrganilaѐtgan oʼsimlik va hayvonni ularning yashash sharoitida koʼradilar. Organizm tuzilishi va haѐt faoliyatining yashash muhitiga moslanuvchanligini yaqqol payqab oladilar. Oʼquvchilarning bilimini kengaytiradi va mustahkamlaydi. Oʼquvchilar oʼsimliklar va hayvonlarni tabiiy muhitda oʼsimliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, oʼsimliklarga bogʼliq holda koʼradilar va oʼquvchilarning tabiatni oʼrganishda boʼlgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Qishloq xoʼjaligi, ishlab chiqarish, tajriba stantsiyalari, mevazor, koʼchatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar oʼquvchilarda ishlab chiqarishning turli sohalariga nisbatan zoʼr qiziqish uygʼotadi. Biologik ekskursiya jaraѐnida oʼquvchilar biologik bilimlarning amalda qanday qoʼllanilaѐtganligini bilib oladilar. Bunday ekskursiyalar oʼquvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Quyidagi ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati. Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir: 1.Oʼquvchilarda ongli intizom; 2.Oʼrtoqlik va doʼstlik; 3.Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi. 4.Ekskursiyalar oʼqituvchini oʼkuvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga oʼz oʼquvchilarini yaxshiroq bilib olish, (sinf sharoitida namoѐn boʼlmagan oʼkuvchi xususiyatlarini aniqlash) imkoniyatini beradi. 5.Oʼquvchilarda tetik va sogʼlom tuygʼularni vujudga keltiradi bu esa oʼrganilaѐtgan oʼquv materialining oson va puxta oʼzlashtirib olishini taʼminlaydi. 6. Ekskursiyalarda oʼquvchilar estetik xarakterdagi tuygʼularni xis qiladilar. 7.Tabiat goʼzalligini bevosita xis qilish shu tabiatga, Vatanga nisbatan muhabbat tuygʼularini uygʼotadi. Ekskursiya davomida kelgusi dars va darsdan tashqari mashgʼulotlarda foydalanish uchun har xil tabiiy materiallar: oʼsimlik va hayvonlar, ularning ayrim qismlari (urugʼ, ildiz, barg, ildizmeva, ildizpoya, tugunak, poya, mollyuska chigʼanoqlari, qush patlari, hayvon suyaklari) yigʼiladi. Oʼquvchilar tirik va tabiiy obʼektlarni yigʼish va rasmiylashtirish (gerbariylashtirish, kollektsiyalash, preparatlashtirish) koʼnikmalarini hosil qilib boradilar. Ekskursiyaning turlari.Biologik ekskursiyalar har xil turda boʼladi; vaqtiga qarab, bir soatlik, bir kunlik va koʼp kunlik. Bir soatlik ekskursiya – maktab xovlisida ѐki oʼquv tajriba uchastkasida oʼtkaziladi. Ekskursiya rejasini – metod birlashmasining raisi tasdiqlaydi. (Gulli oʼsimlik va uning organlari degan mavzudagi ekskursiya). Bir kunlik ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xoʼjaliklariga, xayvonot ѐki Biologiya bogʼiga, baliqchilik xoʼjaligiga ѐki parrandachilik xoʼjaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy boʼlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Koʼp kunlik ekskursiya – oʼquv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiѐt, badan-tarbiya ѐki harbiy oʼqituvchilari bilan birgalikda oʼtkaziladi. Koʼp kunlik ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi. Ekskursiyaga tayѐrgarlik.Ekskursiyaning samaradorligi koʼp jihatdan uni puhta tayѐrlanishiga bogʼliq. Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta tayѐrgarlik va aniq reja asosida oʼtkazishni talab qiladi.Tayѐrgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda oʼquvchilar oʼzlashtirishi moʼljallangan oʼquv materialining mazmuni aniqlanadi. Oʼqituvchi ekskursiyaga borishdan bir necha kun oldin oʼzi oʼsha ekskursiya joyi va marshrutini koʼrib keladi, (yaʼni taxminiy ekskursiya qilib keladi). Bunda oʼrganiladigan obʼektlar va qulay marshrut tanlanadi, qaerda, qanday material yigʼish va qaerda tushuntirish hamda suhbatlar oʼtkazish mumkinligi belgilanadi, ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiya uchun zarur boʼlgan jihoz va materiallar oldindan tayѐrlab qoʼyiladi (kompas, lupa, belkurak, boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun papkalar, bankachalar).Oʼqituvchi taxminiy ekskursiya oʼtkazish va oʼrganiladigan oʼquv materialining mazmunini aniqlash asosida haqiqiy ekskursiya rejasini tuzadi. Reja ekskursiyaning borish izchilligi va oʼqituvchi bilan oʼquvchilarning ish metodlari (tushuntirish, suhbat va mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obʼektni topib olish, materialni yigʼish, kabilar). Oʼtkaziladigan ekskursiya haqida oʼquvchilar bir necha kun oldin ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon joʼnalishi va qancha vaqt davom etishi oʼquvchilarga aytiladi. Oʼqituvchi ekskursiyadan oldingi darsda oʼquvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya mavzusiga oid nimalarni oʼqib takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi. Qishloq xoʼjaligi, ishlab chiqarish, muzey va milliy tadqiqot muassasi kabi joylarda oʼtkaziladigan ekskursiyalar alohida tayѐrgarlikni talab qiladi. Bunda avvalo ekskursiya va uning vaqti toʼgʼrisida xoʼjalik ѐki muassasa boshliqlari bilan kelishib olish kerak boʼladi. Ekskursiyani oʼtkazish usuli.Biologiyadan ekskursiya oʼtkazishda quyidagilarga eʼtibor berish kerak: Ekskursiya oʼqituvchini kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda ekskursiya mavzusi, maqsadi va oʼtkazish tartibi tushuntiriladi. Keyin oʼquvchilar guruhlarga boʼlinib, ularning har biriga mustaqil ish toʼgʼrisida tegishli topshiriq beriladi. Ekskursiya jihozlari oʼquvchilarga javobgarligi tayinlangan holda taqsimlanadi.Maktabda ekskursiya joyiga borish har xil boʼlishi mumkin. Transport harakati koʼp boʼlgan shaharlar va qishloq koʼchalaridan oʼquvchilar tashkiliy ravishda borishlari maʼqul. Dala koʼchalari va soʼqmoq yerlardan erkin holda yurishga ruhsat beriladi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya joyidagi obʼektlarni oʼrganishdir. Bunda avvalo ekskursiya joyining xarakteri (bogʼ, park, dala, oʼtloq, suv havzasi, qir va xokazo) aniqlanadi. Oʼquvchilar eʼtibori tabiatning jumladan oʼsimlik va xayvonlarning mavsumiy xolati va har joyning oʼziga xos goʼzalligiga estetik tomonlarga qaratiladi.Ekskursiya joyidagi obʼektlar 2 xil usul: Illyustratsiya va mustaqil ishlar tashkil qilish usuli bilan oʼrganiladi. Illyustratsiya usuli – oʼqituvchining ekskursiya joyidagi obʼektlarni frontal ravishda koʼrsatish tushuntirib berishni nazarda tutadi. Bunda oʼqituvchi oʼsimlik va hayvonlarni, ularning ayrim qismlarini, haѐt xodisalarini izchillik bilan birma- bir koʼrsatib, oʼquv materialini tushuntiradi, ayrim masalalar esa suhbat yoʼli bilan hal qilinadi. Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan oʼrganadilar oʼquvchilar moʼljallangan oʼsimlik ѐki hayvonni mustaqil oʼrganiladilar, material yigʼadilar. Bu ishlar yuzasidan oʼquvchilar tegishlitopshiriq olgan boʼlishlari kerak. Topshiriq aniq, qisqa va oʼquvchilar uddalay oladigan boʼlishi kerak. Bu topshiriqlar quyidagicha boʼlishi mumkin: 1.Ekskursiya davomida oʼquvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular daftarga oʼzlari olib borgan kuzatish natijalarini oʼrganilgan va yigʼilgan oʼsimlik ѐki xayvonning nomlari, xarakterli belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni ѐzib boradilar. 2.Ekskursiya obʼektlarini oʼrganish oxirida mashgʼulotga dastlabki yakun yasaladi, bunda oʼrganilgan oʼquv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish boʼyicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi toʼgʼrisida zveno (gruppa) boshliqlarining axborotlari tinglanadi, oʼkuvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy tomonlar qayd qilinadi. 3.Ekskursiya davomida ѐki unga yakun yasalaѐtganda oʼquvchilar mavzuga bevosita aloqador boʼlmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin. Bunday xollarda qanday yoʼl tutish kerak? Аgar har qanday savollarga toʼliq javob beriladigan boʼlsa, asosiy mavzudan chekinishga toʼgʼri keladi. Javob qisqa va aniq boʼlsin. 4.Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida boʼladi; ekskursiyaning yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda boʼlmogʼi lozim. Oʼqituvchi ekskursiyaning tamom boʼlganligi toʼgʼrisida eʼlon qiladi. Eng yaxshisi, ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin tugallangani maʼqul. 5.Ekskursiyadan yigʼib kelingan materiallar ularni kelgusida oʼrganish uchun tartibga solinadi. Ekskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish. Ekskursiya materiallarini ishlash 2 xil boʼladi: 1.Boshlangʼich ishlash: Bu ishda material topish bilan oʼz vaqtida ѐzish, xayvonning nomi topilgan sanasi, yashash sharoiti qisqacha ѐziladi. Issiq kunlarda efirga paxtaga xoʼllab xayvonni ogʼziga tiqiladi. 2.Keyingi ishlash: - Bu ishda material tartibga solinadi. Bu yerda kundaliklar tartibga solinadi, etiketka ѐziladi. Sudralib yuruvchilarning qornini ѐrib formalin ѐki spirt qoʼyiladi. Dalada nomini bilmagan materialni markazga keltirib aniqlagich bilan aniqlab ѐziladi. Ekskursiyadan olib kelingan materiallar: А) Dars vaqtida mahalliy material sifatida foydalaniladi; B) Toʼgarak ishlari uchun yaxshi material boʼladi; V) Biologiya kabinetini boyitishda ishlatiladi; G) Foto koʼrgazma tashkil etishda foydalaniladi; D) oʼkuvchilar oʼrtasida maʼruza qilish uchun foydalaniladi. Yuqoridagi qayd qilingan maʼlumotlarga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin.
1.Ekskursiya davomida oʼquvchilar oʼsimliklar olamining turli-tumanligini, ular oʼrtasidagi oʼzaro bogʼlanishlarni chuqurroq idrok etadilar. 2.Tabiatni ilmiy nuqtai nazardan tushunishga imkon beradi. 3.Bundan tashqari, tabiiy landshaftlar bilan tanishish jaraѐnida tabiat goʼzalliklaridan voqif boʼlish orqali oʼquvchilar talaygina estetik tarbiya oladi,turli xil daraxt, buta, oʼt oʼsimlik urugʼlarining respublikamizda qishlovchi qushlarga ozuqa boʼlishidan xabardor boʼladilar. 4.Ekskursiya paytida oʼquvchilar tabiat biotsenozlarining bir butunligi toʼgʼrisida tasavvurga ega boʼladilar. Oʼsimlik bilan tuproq, suv, harorat oʼrtasidagi bogʼlanishdan xabar topadilar, shu yoʼl bilan ozuqa zanjirlari haqida dastlabki bilimga ega boʼladilar. 5.Oʼsimlik va hayvonlar bilan oʼkuvchilarning tabiiy sharoitda tanishi, ularning bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari, biologiya oʼquv predmetini oʼrganishga boʼlgan xavasini orttiradi. Download 12.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling