Ekskursiya mashgʻulotlarida ta’lim oluvchilar
Download 182.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Ekskursiya-mashgʻulotlarida-ta’lim-oluvchilar-kompetentligini-rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
- Kommunikativ kompetentsiya elementlaridan
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi elementlari
- Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi elementlari
- Umummadaniy kompetentsiyalar elementlari
- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi elementlari
- 2.Biologik ob’ektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosalash kompetensiyasi.
- 3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
NamDU huzuridagi XTXQTMOHM, Aniq va
tabiiy fanlar
metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi.
tayyorlash milliy dasturida umumiy oʻrta ta’lim oʻquvchilarining muayyan bilimlarni egallashlari barobarida ularda bilim olishga boʻlgan ehtiyoj, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va koʻnikmalar ega boʻlishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy – axloqiy fazilatlarni, atrof – muhitga ongli munosabatni tarkib toptirish, ularni kasblar bilan tanishtirish orqali kasbga yoʻllash koʻrsatilgan. Biologik ta’lim jarayonida ekskursiyalar tashkil etish fanni oʻquvchilarga kengroq tushuntirish, ongiga singdirish hamda oʻquvchilarning hayotiy kompetensiyalarni egallashlari uchun katta yordam beradi. Biologik ekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xoʻjaligida, ishlab chiqarish ob’ektlarida va boshqa joylarda (botanika bogʻi, zoovistavka, muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari kabilarda) oʻtkaziladigan oʻquv xarakteridagi mashgʻulotdir. Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida oʻtkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini oʻrganish va mustahkamlashga bagʻishlanadi. Tirik tabiat ob’ektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda oʻrganish imkoniyatini beradi. Oʻquvchilar oʻrganilayotgan oʻsimlik va hayvonni ularning yashash sharoitida koʻradilar. Organizm tuzilishi va hayot faoliyatining yashash muhitiga moslanuvchanligini yaqqol payqab oladilar. Oʻquvchilarning bilimini kengaytiradi va mustahkamlaydi. Oʻquvchilar oʻsimliklar va hayvonlarni tabiiy muhitda oʻsimliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, oʻsimliklarga bogʻliq holda http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
koʻradilar va oʻquvchilarning tabiatni oʻrganishda boʻlgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, tajriba stantsiyalari, mevazor, koʻchatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar oʻquvchilarda ishlab chiqarishning turli sohalariga nisbatan zoʻr qiziqish uygʻotadi. Biologik ekskursiya jarayonida oʻquvchilar biologik bilimlarning amalda qanday qoʻllanilayotganligini bilib oladilar. Bunday ekskursiyalar oʻquvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Yuqoridagilardan tashqari ekskursiyalar oʻquvchilarda tayanch hamda fanga oid kompetensiyalarni shakllanishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ekskursiya davomida oʻquvchilarda tayanch kompetentsiyalarni shakallantirish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
o‘z fikrini og‘zaki va tushunarli bayon qila olish; o‘z fikrini yozma ravishda savodli (imlo va uslubiy jihatdan) bayon qilish; mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berish; muloqotda suhbatdosh fikrini xurmat qilish; qarashlarini himoya qilish: guruhlarda hamkorlikda.
ekskursiya jarayonida mavjud axborot manbalaridan foydalana olish; zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish; axborotlar ichida eng asosiylarini tanlab olish; axborotlarni tasarruf etish va tarqatish qoidalarga rioya qilish; ta’limga oid internet portallaridan foydalana olish. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi elementlari: olgan bilimlarni kundalik faoliyatida qo‘llay olish; nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay (turlar, nav va zotlarni, morfologik, anatomic, fiziologik tushunchalar va x.k)olish; mustaqil ta’lim olish(kuzatishlar olib borish); o‘z xatti-harakatini adekvat baholay olish(kamchilik va xatolarni tushunish); tizimlar, voqealar va hodisalar, vaziyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish.
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
ekskursiya jarayonida faol ishtirok etish; ekskursiyani tashkil etish va o`tkazish jarayonida faollik; tejamkor bo‘lish, tabiiy boyliklarga oqilona munosabatda bo‘lish; o‘quv qurollarini va jihozlarni tartibli saqlash; guruh mavqeini ko‘tarishga o‘z xissasini qo‘shish (mashgʻulot jarayonida muammolari mavjud bo‘lgan o‘quvchilarga yordam berish.
odob-axloq qoidalariga rioya qilish; qabul qilingan maktab formasiga rioya qilish; umummilliy madaniyat(iqtisodiy, ekologik, tibiiy va boshqa)ga rioya qilish; nutq madaniyatiga rioya qilish; muomala madaniyatiga rioya qilish. urf-odatlar, milliy-madaniy an’analarga bag‘rikeng va sabrli bo‘lish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi elementlari: ekskursiya mavzusiga oid bo‘lgan turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish; mavzuga oid taqdimot materiallarini tayyorlay olish; taqdimot materiallarini tayyorlashda animatsiyalardan foydalanish; elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalana olish; elektron axborot resurslaridan (texnik) foydalana olish. Bundan tashqari, ekskursiya jarayonida o‘quvchilarda mavzuning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan
holda, sohaga
tegishli xususiy kompetentsiyalar ham shakllantiriladi. 1.Biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi. Atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonunlarning mazmun-mohiyatini biladi va tasniflay oladi, mavzular yuzasidan vujudga kelgan o‘quv muammolarni anglay oladi, muammoni hal etish maqsadida g‘oyalarni ilgari sura oladi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qila oladi, umumlashtirib, muammoni hal etish yuzasidan xulosalar chiqara oladi. http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
Biologik axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy – ommaviy adabiyotlar, biologik lug‘atlar, entsiklopediyalar, elektron – axborot ta’lim resurslari va hakozolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.
Biologik ob’ektlarda boradigan jarayonlar, tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tajriba va kuzatishlarni aniq maqsad va reja asosida olib boradi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, olingan natijalarni tahlil qila oladi, umumlashtiradi, xulosalay oladi.
odamda uchraydigan irsiy kasalliklar va ularning oldini olish haqida ma’lumotlarni biladi; yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish maqsadida gigienik va ratsional ovqatlanish qoidalari, organizmlarda parazitlik qiladigan hayvonlarning rivojlanish siklini o‘zlashtirgan holda ularga qarshi kurash usullarini biladi, yuqtirmaslik chora–tadbirlarini qo‘llay oladi, zaharli o‘simliklar va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini ola oladi, turli omillar va hayvonlar tomonidan jarohatlanganda, shamollaganda, kuyganda, oftob va sovuq urganda, suyak va paylar shikastlanganda, suvga cho‘kkanda birinchi yordam ko‘rsatish usullarini qo‘llay oladi; kun tartibiga rioya qiladi, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirish yo‘llarini tushunadi, inson salomatligiga ekologik omillarning ijobiy va salbiy ta’siri, zararli odatlarning oqibatlarini tahlil qilib izohlay oladi; ta’lim muassasasi va mahallalarda obodonlashtirish borasida olib boriladigan ijtimoiy foydali tadbirlarda faol qatnashadi, biologiya xonasi va tirik tabiat burchagida xona o‘simliklarini, maktab tajriba yer maydonchasida madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarini parvarishlaydi va ko‘paytirishni bajara oladi; tabiat va boshqa insonlar bilan munosabatda o‘z xatti – harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi, tabiat go‘zalliklari va biologik ob’ektlarini estetik jihatdan baholay oladi. http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
Biologiya fanidan ekskursiyalarni tashkil etish va boshqarishda ushbu jarayonga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina va pedagogik faoliyat jarayonlari metodologik hamda psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinganidagina, ekskursiya mashgʻulotlarning samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi. Demak, biologik ta’lim-tarbiya jarayonida ekskursiya mashgʻulotlarini joriy etish orqali: - o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan talabi, moyilligi, istak -xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi; - o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi; - bilimlarni mustaqil egallash va ijodkorlik malakalari shakllanadi; - o‘z bilimi, ko‘nikmasi va malakasiga bo‘lgan ishonchi ortadi; - erkin fikrlash malakasi shakllanadi; - o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalar shakllanadi; - shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi. Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilar kompetentligining shakllanishi va rivojlanishida ekskursiya mashgʻulotlarini samarali tashkil etish orqali oʻquvchilarda koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllanishi hamda ta’lim- tarbiya jarayoni samamaradorligi ortadi. Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari 1.
http://lex.uz/docs/16188 “Ta’lim toʻgʻrisi”dagi qonun. 464-I-сон 29.08.1997 2. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6- apreldagi 187-sonli Qarori. 3. Niyozov Q. Biologik ta’lim jarayonida oʻquvchilar kompetentligini rivojlantirish asoslari.-Namangan. 2017 yil. 4. G‘ofurov A.T., Tolipova J.O. va boshqalar. Biologiya o‘qitish metodikasi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Toshkent, 2013 Download 182.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling