Ekskursiya xizmatini tashkil qilish


Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida


Download 31.29 Kb.
bet4/7
Sana03.02.2023
Hajmi31.29 Kb.
#1148809
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida

Insonlarning kundalik faoliyatida ikki xil muloqot shaklini uchratish mumkin: bevosita muloqot va bilvosita muloqot. Bevosita muloqot shakliga - suhbat, ma’ruza, dars, diskussiya, miting, telefon, ekskursiya xizmati va shu kabilar kiradi. Bunday muloqot jarayonida insonlarda hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlarning umumiyligi shakllanadi, bir-birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi, o‘zaro aloqa mustahkamlanadi.


Bilvosita muloqot shakli- gazeta, jurnal, kitob o‘qish, radio, televizor eshitish orqali yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayonida bevosita muloqot jarayoni kabi olingan axborotga sub’ekt reaksiyasini ko‘rsatadigan teskari aloqa mavjud bo‘lmaydi.
Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid va ekskursantning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ularning o‘zaro fikr almashuvi va harakatlarini nazarda tutadi. Insonlarga katta hajmdagi axborotlarni olish imkoniyatini beradi, fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi muloqot jarayonida guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-birini tushunishiga, kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shakllanishiga erishiladi.
Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot turi, sub’ektlar va ob’ektlar o‘rtasidagi ikki xil munosabatlar shaklining uyg‘unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiqdir.
Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muloqoti ekskursiya kabi pedagogik jarayonning negizidir. Kommunikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy qismidir. Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha bilimi, uni auditoriyaga yetkazish uslubiga balki, ekskursantlar, boshqa mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir.
Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘rnata olish kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari ekskursiya xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yutuqlari bilan birga kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning faolligini oshirish maqsadida gid turli variantlarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Agarda u hikoyani kengroq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va eshitganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’lumotlarga urg‘u berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga, taqqoslashga, baholashga, xulosa qilishga undasagina jarayon samarali bo‘ladi.
Amaliyotda ekskursiya xizmatini turli nuqtai nazarda(aspekt) ko‘rib chiqish mumkin:

  • ta’lim va tarbiyaning mustaqil shakli sifatida;

  • ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli sifatida;

  • madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shakli sifatida;

  • epizodik tadbir, mavzuli siklning bir qismi, bilishning bir pog‘onasi sifatida;

  • ilmiy bilimlarni tarqatish shakli, g‘oyaviy tarbiya sifatida;

  • tarbiyaviy yo‘nalishning bir turi sifatida (vatanparvarlik, mehnatsevarlik, estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal shaxsni shakllantirish jarayonining bir qismi sifatida;

  • madaniy-tarbiyaviy ishlarning mutloq shakli va tashkillashtirilgan turizmning ajralmas qismi sifatida.

Ekskursiya xizmati bir tomondan bilim bersa, ikkinchi tomondan ekskursantlarga san’at asarlari, tabiat hodisalari, turli soha vakillari hayoti bilan tanishish, ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish mahoratini rivojlantiradi.



Download 31.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling