Ekskursiya xizmatlarini tayyorlash texnologiyasi


Mavzular uchun ob`ektlarni tanlash


Download 43.5 Kb.
bet2/3
Sana24.06.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1652768
1   2   3
Bog'liq
Kichik halqali hariflarni hariflar o\'rganishda ko\'rgazmali qurollardan foydalanish

2. Mavzular uchun ob`ektlarni tanlash

Ekskursiya obektlari- tabiat manzaralari- tog`, daryo, g`or, qo`riqxonalar; muzeylar; qasrlar, favvoralar, maydonlar, arxeologik yodgorliklar bo`lishi mumkin.


Obektlar quyidagi mezonlar bo`yicha baholanadi:

  • obektning talimiy ahamiyati;

  • mashhurligi;

  • takrorlanmas, ekzotik bo`lishi;

  • hozirgi ahvoli;

  • manzili.

Ekskursiya obektlari baholanib, adabiy manbalar o`rganilgandan so`ng, har bir obekt uchun kartochka tuziladi. Kartochkaga quyidagi malumotlar kiritiladi:

  • obekt nomi;

  • obekt bilan bog`liq tarixiy voqealar (yili);

  • obekt manzili;

  • obekt va voqealar haqidagi malumotlar manbai;

  • obektning saqlanganlik holati;

  • obekt kimning nazorati ostida;

  • obekt haqida qisqacha malumot(muallifi, qachon qurilgan, yozuvlar);

  • kartochka tuzilgan kun va masul shaxs.

Yuqoridagi bo`limlarga qo`shimchalar kiritish mumkin.
Ekskursiya obektlarini o`rganishni territoriya haritasini tuzish bilan yakunlash maqsadga muvofiqdir.Haritada diqqatga sazovor joylar maxsus belgilar bilan belgilanadi va shu marshrut bo`ylab ekskursiya harakatlanadi (masshtabi 1:25000; 1:10000; 1:5000).Umumiy qabul qilingan belgilar yo`q, uni ijodiy guruhning o`zi belgilaydi.
Ekskursiya obektlari o`rganilib, harita-sxema tuzilganidan so`ng, obektlarni saralash bosqichi boshlanadi. Obekt mazmunan ekskursiya maqsadiga to`g`ri kelishi kerak. Obektlar asosiy va qo`shimcha bo`ladi.
Asosiy obektlarga ularsiz ekskursiya mavzusini yoritish mumkin bo`lmagan obektlar kiradi.
Qo`shimcha obektlar alohida epizod, fakt, detallarni tushuntirib berishga yordam beradi.
Mavzu bilan bog`liq bo`lmagan obektlarni yoritmaslik kerak.Chunki u sayyohlarni chalg`itishi va ketma-ketlikni buzishi mumkin.
Ekskursiya amaliyotida 2-3 soat davomida shaharning 5-10 ta obektini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir.



Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling