Eksperiment natijalari ustida ishlash


Download 37.56 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi37.56 Kb.
#1622302
1   2   3
Bog'liq
2-амалий (1)

Yuqoridagi amallar bajarilgandan soʻng oxirgi ustunda faqat bir xil ishorali sonlarning paydo boʻlishi qabul qilingan qaror eng yaxshi qaror ekanligini koʻrsatadi. Agarda oxirgi ustunda faqat manfiy ishorali sonlar hosil boʻlsa bunday qaror ham eng yaxshi optimal qaror boʻlib stansiyaning shu bugungi imkoniyati mijozlarning yuklarini joʻnatishga imkoniyati yoʻqligini bildiradi. Bunday holatda talab qilingan yuklarni joʻnatish uchun MTUdagi ortiqcha vagonlari boʻlgan stansiyalardan vagonlarni olishni taqozo etadi yoki navbatdagi kun davomida stansiyada yuklarni tushiriladigan vagonlardan foydalanishni taqozo etadi. Agarda oxirgi ustundagi sonlarning ishorasi faqat musbat ishorali boʻlsa u holda stansiyaning imkoniyatlari talab darajasidan yuqori ekanligini koʻrsatadi. Stansiyadagi ortiqcha vagonlarni esa biz zarur boʻlsa boshqa stansiyalarga joʻnatish imkoniyatiga ega boʻlamiz yoki navbatdagi kun davomida talab qilinadigan mijoz yuklarini joʻnatish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Oxirgi katakdagi sonlarning ishorasi har xil boʻlishi esa qabul qilingan qarordan koʻra yaxshiroq boʻlgan qandaydir qaror mavjud ekanligini koʻrsatadi.
2. Yangi qaror qabul qilish.
2.1. Ruxsat etilayotgan koʻpaytiruvchini topish. Buning uchun manfiy ishorali qator yoki qatorlarning toʻldirilgan kataklardagi texnik yoki ortish normasi asos qilib olinib, ushbu texnik yuk ortish normasi musbat ishorali qatorlardan tanlab olinadi va asos boʻlib xizmat qilayotgan texnik yuk ortish normasiga boʻlinadi va hosil boʻlgan sonlar ushbu ustunning eng pastki katagiga yozib qoʻyiladi va ushbu sonlarning eng kichigi turgan katak ruxsat etilayotgan koʻpaytiruvchini bildiradi. Agarda manfiy ishorali qatorda yoki qatorlarda katak yoki kataklar toʻldirilmagan boʻlsa u holda bunday ustun uchun ruxsat etilayotgan koʻpaytiruvchi topilmaydi.
2.2. Yangi jadval tuzish, navbatdagi jadvalda imkoniyat va talab darajasi avvalgi jadvaldagidek yozib qoʻyiladi lekin tanlab olingan ruxsat etilayotgan koʻpaytiruvchi yordamida manfiy ishorali qatorning texnik yuk ortish normalari ruxsat etilayotgan koʻpaytiruvchiga boʻlib chiqiladi va hosil boʻlgan natijalar ushbu qator kataklarining chap tomonidagi yuqori burchakka yozib qoʻyiladi. Agarda manfiy ishorali qator yoki qatorlarning soni musbat ishorali qatorlarning sonidan kam boʻlsa yoki musbat ishorali qatorlarning yoki qatorning soni manfiy ishorali qatorning sonidan kam boʻlsa u holda musbat ishorali qatorning yoki qatorlarning texnik yuk ortish normalaridan ruxsat etilayotgan koʻpaytiruvchiga koʻpaytirib chiqiladi va natijada ushbu kataklarning chap tomonidagi yuqorigi burchagiga yozib qoʻyiladi. Qoʻshimcha sifatida har bitta vagonga ortilgan yukga +2 t ortiqcha yuklash mumkin degan shart kiritamz.
2.3. Barcha ustun texnik yuk ortish normalari tahlil qilinib, qaysi ustunda bir xil bir qiymatga ega boʻlgan manfiy ishorali qatordagi band katakdagi yuklarning barchasi yoki bir qismi yoki barchasi (+) ishorali katakga oʻtkazib yuboriladi va avvalgi bandlar boʻyicha kerak boʻladigan vagonlarning soni va (+) yoki (-) ishorali qatorlar va xakozolar
Download 37.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling