Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


Download 0.82 Mb.
bet20/37
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1624636
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
Eksperiment natijalariga 0000000000

Matematik statistika - extimoliy-tasodifiy xususiyatga ega ommaviy voqealiklar yoki hodisalarni maxsus matematik ishlov berish orqali tahlil qilish va umumlashtirilgan xususiyatlarni aniqlash uchun kerakli ma’lumotlarni olish metodlarini o‘rganadigan fan.
Tanlama metod(usul)i haqida tushuncha. Ko‘pgina ilmiy ishlarda, ayniqsa mashinalar, ularning agregatlari va ish sharoitida ishonchli qismini tekshirish sohasida, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini statistik tekshirish bilan bog‘liq holda tanlama usulidan foydalaniladi.
Tanlama usulning moxiyati shundaki, juda katta miqdordagi muayyan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan ba’zi bir birliklarning umumiy to‘plami yoki bosh to‘plam o‘rniga, (masalan, paxta dalasidagi g‘o‘za tuplari yoki ko‘saklari soni to‘plami, avtohalokatda ushbu modeldagi avtomobillar to‘plami, shu nomdagi detallarning to‘plami va x.k.) Ushbu to‘plamlarning faqat bir qismi o‘rganiladi. Boshqacha aytganda, bosh to‘plamdan namunalar to‘plami- tanlama to‘plam olinadi.
Tanlama to‘plamni tadqiqot natijalariga ko‘ra, bosh to‘plamning xarakteristikalari va sonli nisbati haqida xulosalar chiqariladi. Misol uchun, 35 ta yonilg‘i sarfini o‘lchash natijalari asosida, ushbu ATK ning bir xil modelidagi barcha transport vositalarining yonilg‘i iste’moli haqida xulosa chiqariladi.
19. Tajriba - sinovlarda o‘lchanadigan asosiy kattaliklar
QHM va traktorlarni eksperimental tadqiqotlar(sinovlari) davomida turli fizik kattaliklarni haqiqiy ish jarayonida o‘lchash va qayd qilib olish zaruriyati tug‘iladi.
O‘lchanadigan asosiy fizik kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari quyidagilar:
-Kuchlar, N.
-Momentlar, N m.
-Bosib o‘tilgan yo‘l. m
-Tezliklar, m/s, ayl/min, rad/sek.
-Deformatsiyalar, mm.
-Mexanik kuchlanishlar, MPa.
-Bosim, MPa.
-Temperatura, S 0.
-Tezlanishlar, m/s2 va boshkalar.
Bu kattaliklar muayyan sinovlarning tegishli baholash turlarida o‘lchov qurilmasi va vositalari yordamida aniqlanadi. Bu vositalar odatda 3 asosiy tashkil qiluvchilardan iborat: 1.O‘lchov qurilmasi.
2.O‘lchash o‘zgartgichi(datchik).
3. Ko‘rsatuvchi yoki qayd qilish qurilmasi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling