Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


Sinovlarni o‘tkazish uslubiyati (metodikasi)


Download 0.82 Mb.
bet28/37
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1624636
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Eksperiment natijalariga 0000000000

Sinovlarni o‘tkazish uslubiyati (metodikasi). Sinovlar uslubiyati cinovlar dasturiga kirgan xar bir sinov tadbirining qay yo‘sinda, kanday tartibda va qanday texnik vositalar – o‘lchov, qayd qiluvchi va boshqa asbob uskunalar yordamida bajarilishini belgilab beruvchi meyoriy xujjatdir. Metodikani “tadqiqotlar texnologiyasi” deb atash mumkin, unda eksperimentlar dasturining aloxida bandlari qanday bajariladi?" degan savolga javob beriladi.
Metodika quyidagilarni o‘z ichiga oladi: asosiy omillar va nazorat qilinadigan parametrlarni aniqlash; o‘lchov aniqligini asoslash; parametrlarni o‘lchash, aniqlash, neytrallash va o‘zgartirish usullarini tanlash; ularning o‘zgarish chegaralarini va oraliqlarini asoslash; eksperiment o‘tkazish tartibini aniqlash va rejalashtirish; tajribalarni o‘tkazish uchun mashinalarni, asbob-uskunalar va ish joyini tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish; tajribalar o‘tkazishni nazorat usullarini tanlash.
Metodikani ishlab chiqish uchun asosiy boshlanich ma’lumotlar: eksperimentlar dasturi; o‘lchov natijalarining aniqligi; jarayonning matematik modeli(agar mavjud bo‘lsa); o‘lchov usuli va asboblari bo‘yicha adabiyotlardan ma’lumotlar; tajriba natijalarini ishlash va taxlil usullari bo‘yicha; moddiy bazasi (masalan, asbob-uskunalar, ularni sotib olish uchun mablag‘lar, mashinalar va b. texnik vositalar mavjudligini aniqlaydi); tadqiqot (sinov) muddatlari (qaror qabul qilish uchun natija shoshilinch zarur bo‘lganida), ularning mohiyatini oshkor qilmasdan miqdoriy nisbatlarni belgilash kerak – bu esa "ma’lumotlarni olish va qayta ishlash tezligi" uchun ma’lum talablar qo‘yadi.
Sinovlar uslubiyati davlat va tarmoq standartlariga kiritilgan, shuningdek, maxsus uslublarga bo‘linadi.
Sinash uslublari bo‘yicha ko‘pchilik uslubiy masalalar mashinalarni sinash muassasa(markaz)larida qo‘llanilib kelinayotgan davlat va tarmoq standartlarida o‘z aksini topgan, shu sababli dastur va metodikani ishlab chiqishda ularda keng foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu hujjatlarda mashinalarning sinov sharoitlarini va ishlov beriladigan materiallarni (masalan, tuproq qattiqligi va namligi, donning massa namligi, havo harorati va atmosfera bosimi), mashina sifati (ishlov berish chuqurligi, qamrov kengligi, mashinalarning energiya xususiyatlari (dvigatelni rostlash xarakteristikasini olish, traktorni tortish tavsifi, mashinalarni dinamometrlash va x.k.), mashinalar va agregatlarning iqtisodiy samaradorligi (ish unumi, yonilg‘i sarfi va b.), mashinalar ergonomika ko‘rsatkichlari(mashina kabinasidagi harorat, chang,shovqin va h. k.), ishonchliligi (birinchi buzilishgacha ishlashi, gamma-resurs va b.).
Zamonaviy yuqori quvvatli g‘ildirakli traktorlar shudgorlash ishlaridugi samaradorligi g‘ildiraklarining shataksirashi kattaligi sababli past darajada qolmoqda. Ushbu traktorlarni energetik salohiyatidan foydalanishni yaxshilash yo‘llaridan biri ular bilan birgalikda faol ishlaydigan ishchi organlarni, xususan, harakatlantiruvchi kuchning shakllanishida ishtirok etadigan yuritmali diskli pichoqlarini ishlatish. Bunda traktorning etakchi g‘ildiraklari va diskli yuritkichlagar energiyani oqilona taqsimlanishi, ularning ishlash parametrlari va rejimi asoslash masalalari tug‘iladi. Bunday ishchi organlarni tadqiq qilishning ushbu bosqichida umumiy echimini (ya’ni, barcha traktorlar uchun) topish ancha murakkab bo‘lganligi sababli, muayyan bir traktor,masalan, MTZ-80 traktorli agregatni tadqiq qilish bilan chegaralanadi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari taxlili "MTZ-80 + PN-3-35 diskli yuritkichli shudgorlash agregati kuch va energetik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish" mavzusini va ushbu tadqiqotning quyidagi vazifalarini shakllantirishga imkon berdi:.
1-vazifa: yassi disk-yuritkichni tuproq bilan o‘zaro ta’sir mexanizmini ochiqlash va uning kuch parametrlarini hisoblash usulini ishlab chiqish.
2-vazifa: Disk-yuritkichni kuch va energetik parametrlari optimal rejimini aniqlash.
3-vazifa: MTZ-80 rusumli traktor va lemexli-otvalli plugdan iborat shudgorlash agregatida disk-yuritkichlarni qo‘llashning texnik- iqtisodiy samaradorligini aniqlash.


25. QHM va traktorlarni eksperimental tadqiqotlar(sinovlari) davomida turli fizik kattaliklarni haqiqiy ish jarayonida o‘lchash va qayd qilib olish zaruriyati tug‘iladi.
O‘lchanadigan asosiy fizik kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari quyidagilar:
-Kuchlar, N.
-Momentlar, N m.
-Bosib o‘tilgan yo‘l. m
-Tezliklar, m/s, ayl/min, rad/sek.
-Deformatsiyalar, mm.
-Mexanik kuchlanishlar, MPa.
-Bosim, MPa.
-Temperatura, S 0.
-Tezlanishlar, m/s2 va boshkalar.
Bu kattaliklar muayyan sinovlarning tegishli baholash turlarida o‘lchov qurilmasi va vositalari yordamida aniqlanadi. Bu vositalar odatda 3 asosiy tashkil qiluvchilardan iborat: 1.O‘lchov qurilmasi.
2.O‘lchash o‘zgartgichi(datchik).
3. Ko‘rsatuvchi yoki qayd qilish qurilmasi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling