Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


O‘lchash o‘zgartgichlar - turlari va xarakteristikalari


Download 0.82 Mb.
bet29/37
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1624636
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Eksperiment natijalariga 0000000000

O‘lchash o‘zgartgichlar - turlari va xarakteristikalari
O‘lchov qurilmasining asosiy qismi bu o‘lchash o‘zgartgich(O‘O‘) bo‘lib, u o‘lchanayotgan kattalikni ikkinchi bir kattalikka o‘zgartirib beruvchi qurilmadir. O‘lchash o‘zgartgichlar turli fizik kattaliklarni o‘lchash va keyinchalik o‘lchash axborotini kayta ishlash, saklash va uzatish uchun qulay shaklga o‘zgartirib berish vazifasini bajaradi. Bevosita o‘lchash ob’ektiga o‘rnatilgan o‘lchash o‘zgartgichlari majmuasi datchik deb xam ataladi.
Mashinalarni sinash IO‘Tda qo‘llaniladigan O‘O‘lar ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Mexanik.
2.Optikomexanik.
3.Pnevmatik.
4.Gidravlik
5.Elektr..
Elektr o‘lchash o‘zgartirgichlari o‘z navbatida:
1. Parametrik (passiv) va
2. Generator (faol) turlarga bo‘linadi.
Passiv o‘zgartgichlarda o‘lchanayotgan kattalik ta’siri ostida kandaydir elektr parametri (karshilik, sig‘im, induktivlik va b.) o‘zgaradi. Misol uchun, termorezistor, tenzodatchik va b. Faol o‘zgartirgichlarda esa kiruvchi kattalik ta’siri ostida o‘zgartgichning o‘zida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.)- tok xosil bo‘ladi. Masalan, taxogenerator, termopara va xokazolar. Mashina yoki uning ishchi organining mexanik yuklanganligini o‘lchash uchun tenzometrik O‘O‘ lar qo‘llaniladi.

26. QHM va traktorlarni eksperimental tadqiqotlar(sinovlari) davomida turli fizik kattaliklarni haqiqiy ish jarayonida o‘lchash va qayd qilib olish zaruriyati tug‘iladi.
O‘lchanadigan asosiy fizik kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari quyidagilar:
-Kuchlar, N.
-Momentlar, N m.
-Bosib o‘tilgan yo‘l. m
-Tezliklar, m/s, ayl/min, rad/sek.
-Deformatsiyalar, mm.
-Mexanik kuchlanishlar, MPa.
-Bosim, MPa.
-Temperatura, S 0.
-Tezlanishlar, m/s2 va boshkalar.
Bu kattaliklar muayyan sinovlarning tegishli baholash turlarida o‘lchov qurilmasi va vositalari yordamida aniqlanadi. Bu vositalar odatda 3 asosiy tashkil qiluvchilardan iborat: 1.O‘lchov qurilmasi.
2.O‘lchash o‘zgartgichi(datchik).
3. Ko‘rsatuvchi yoki qayd qilish qurilmasi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling