Eksperimental o'zgaruvchilar va ularni nazorat qilish Reja: Eksperiment haqida asosiy tushunchalar, Eksperiment bosqichlari
Download 184.36 Kb.
|
Eksperimental o\'zgaruvchilar va ularni nazorat qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperiment
Eksperimental o'zgaruvchilar va ularni nazorat qilish Reja: 1. Eksperiment haqida asosiy tushunchalar, 2. Eksperiment bosqichlari. 3. Eksperiment vazifalarini qo‘yish. 1. Eksperiment haqida asosiy tushunchalar. Xar bir ilmiy tadqiqotlar, agar uning natijalari eksperimental tekshiruvdan o‘tmasa, tugallangan deb xisoblanmaydi. Buning asosiy sabablari quyidagilardir: - qabul qilingan ob’ekt modelining adekvatligi to‘g‘risidagi ishonchning yo‘qligi; - vazifani qo‘yish va uni yechish bosqichidagi yo‘l qo‘yishlarga ishonchning yo‘qligi; - yechish bosqichida xatoliklarni paydo bo‘lishi mumkinligi. Eksperimental tekshirishlarning ma’suliyati va murakkabligi, xozirda aloxida ilmiy yo‘nalishni yaratilishiga olib keldi, bu yo‘nalish eksperimentlar nazariyasi deb ataladi. Eksperimental tekshirishlar ikkita o‘zaro farqlanuvchi natijalarga olib kelishi mumkin. Birinchi xolatda, eksperimental tekshirish amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan nazariyani isbotlab beradi. Bunda tadqiqot tugallangan xisoblanib, uning natijalari foydalanish uchun beriladi. Birinchi xolatda, eksperimental tekshirish amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan nazariyani isbotlab beradi. Bunda tadqiqot tugallangan xisoblanib, uning natijalari foydalanish uchun beriladi.
Eksperiment - ilmiy ishning ko‘rinishi bo‘lib, u ob`ektiv qonuniyatlarni o‘rganish uchun o‘tkaziladi va o‘rganilayotgan ob`ektga maqsadga muvofiqlashtirilgan ta`sirlardan iborat bo‘ladi. Eksperiment, bu maxsus o‘tkaziladigan ilmiy tajriba yoki aniq xisobga olinadigan sharoitlarda xodisalarni kuzatishdir. Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini beradi, uni “sof holda” o‘rganish mumkin bo‘ladi. Download 184.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling