Eksperimental psixologiya Tayyorladi : 532-22 guruh talabasi Erkinova Dilnoza


Download 70.82 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi70.82 Kb.
#1546448
1   2   3   4
Bog'liq
Eksperimental psixologiya.pptx empirik mmetodlar

Birinchidan, o‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanilganda har bir odam o‘z manfaati yuzasidan subyektiv xulosa chiqaradi. Ikkinchidan, subyektiv kuzatish metodidan foydalanilganda odam o‘z shaxsiga xos bo‘lgan ayrim salbiy (ya’ni irodasizlik, nomustaqillik, qo‘rqoqlik, qobiliyatsizl ik kabi) xususiyatlarni boshqa odamlarda ham xuddi shunday bo‘ladi, deb o‘ylashi mumkin. Buning natijasida odam o‘z subyektiv kuzatishlaridan noto‘g‘ri xulosa chiqaradi. Bu metoddan ayrim hollarda ehtiyotkorlik bilan tanqidiy tarzda foydalanish mumkin. Bolalar psixologi- yasida subyektiv, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi. Psixologiya fanida obyektiv kuzatish, ya’ni tashqi kuzatish metodidan ham keng foydalaniladi. Obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari (sezgilari, idroklari, xotira va tafakkurlari) hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari (qobili- yatlari, layoqatlari, temperamenti, xarakteri) o‘rganiladi. Tashqi kuzatish hamma vaqt ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lib aniq bir reja bilan kuzatishni taqozo etadi..

Reja bilan kuzatilganda u yoki bu psixik jarayon atroflicha chuqur o‘rganiladi. Lekin shunga qaramay tashqi, ya’ni obyektiv kuzatish metodining salbiy tomonlari ham bordir. Obyektiv kuzatish metodi bi­lan tekshirishning asos iy xususiyati shundan iboratki, bunda biron-bir psixik jarayon tabiiy sharoitda qanday yuz bersa, xud-di shundayligicha olib tekshiriladi. Bu ma’lum noqulayliklar tug‘diradi, chunki ayni shu psixik jarayonning biron tomonida chuqurroq tabiiy sharoit yuzaga kelishini poylashga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda ko‘p vaqt talab qiladi. Obyektiv kuzatish metodi orqali to‘plangan ma’lumotlar maxsus kundaliklarda qayd qilib boriladi va yarim yoki bir yil o‘tgach, to‘plangan ma’lumotlar atroflicha analiz qilinib, ma’lum xulosalarga kelinadi. Bolalar psixologiyasida obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunda tarbiyachi va tek- shiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti-harakatlarini ularning turli-tuman faoliyatlaridatabiiy sharoitda, mavzuli tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak:


Download 70.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling