Eksperimental psixologiya


Mavzu yuzasidan test savollari


Download 1.01 Mb.
bet114/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Bosh miya yarim sharlari assimmetriyasi nima?
A) Bir yarim sharning ikkinchisidan ustunligi
V) O`ng va chap yarim shar faolligi
S) Har ikki yarim sharning paralelligi
D) O`ng va chap yarim shardagi markazlarning aynan mos kelmasligi
E) Markazlarning bir xilda faoliyat ko`rsatmasligi

2. Lateralizatsiya nima?


A) Har bir vazifaning muayyan markazga ega bo`lishi
V) Ichki va tashqi signallarni qabul qilish
S) Bir xilda joylashish
D) YArim sharlarning vaqtinchalik ustunligi
E) CHap va o`ng yarim sharda markazlarning bir xilda taqsimlanganligi

3. Bosh miya yarim sharlaridagi funktsional bloklar haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan?


A) A.R.Luriya
V) B.G.Anan’ev
S) Traugott
D) N.A.Bernshteyn
E) I.P.Pavlov
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Bosh miya yarim sharlari asimmetriyasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Lateralizatsiya va lokalizatsiya nima?

  3. O`ng va chap yarim sharlarning psixik faoliyatdagi roli qanday?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Granovskaya A.A.Elemento` prakticheskoy psixologii. M-1995.

  2. Bioelektricheskaya aktivnost’ mozga i individual’no`e razlichiya. M-1991.

  3. Kado`rov B.R.Izuchenie sklonnostey podrostkov. M-1996

EKSPREMENTAL PSIXOLOGIYA FANI BO’YICHA
GLOSSARIY
Abstraksiya- inson aqliy faoliyatining asosiy jarayonlaridan biri. U predmetning alohida sifat, tomonlarini fikran ajratib o’rganish,tushunishni ta’minlaydi

Adaptatsiya-muhit sharoitiga organizmning tuzilishi, funksiyalari hamda hujayralarining moslashuvi. Turlari:ko’rish, sensor, eshitish moslashuvlar


Akseleratsiya- bolalarning fiziologik, ijtimoiy va psixik rivojining tezlashuvi


Altruizm- boshqa odamlar istaklarini ro’yobga chiqarishga ma’lum shaxsning harakat faoliyati


Analiz-fikran yoki predmetli biron bir narsani qismlarga bo’lib o’rganish


Anketa- ijtimoiy va ekspremental psixologiyada axborot jamlash metodi


Analitik psixologiya-K.Yung tomonidan yaratilgan neofreydizm yo’nalishi. Ongsizlikni asos etib o’rganadi.


Assotsiatsiya- ikki va ko’proq psixik jarayonlarning bir-biri bilan bog’lanib yangi fikrlar, sezgilar, tasavvurlar paydo bo’lishi


Affekt- kuchli va qisqa muddatli emotsional holatlar


Bixeviorizm- hatti- harakat. Amerika psixologiyasida hatti-harakatni boshqarish haqidagi psixologik yo’nalishi. E.Tarndayk, Skinner asoschilari


Validlik – testning haqiqatga va ishlatishga qodirligi. Korreliyatsiya qonuniyatlariga asoslanadi.


Xayol – fantaziya. Avvalgi tajribadan olingan axborot asosida yangi obrazlar yaratish jarayoni


Geniallik-shaxsning qobiliyatlarini oliy darajada rivojlanishi


Geshtalt- Obraz, sezgilar yordamida butun tasvvurni vujudga kelishi


Gipoteza- tafakkur jaratonida vazifani bajarishda hal etishni yangi yo’llarini topishga harakat

Deduksiya- bir necha filrlardan umumiy fikr, xulosaga kelish metodi


Diterminizm- tabiiy, ijtimoiy va ruhiy holatlarning ma’lum sabablar bilan bog’likligi va oqibatliligi


Faoliyat- o’z talablarini qondirish uchun jonli mavjudot sub’yekt sifatida o’ragan muhitga faol ta’sir o’tkazishi


Dominanta- markaziy asab tizimida vaqtincha asosiy nuqtadagi qo’zg’alish


Vazifa-
Faoliyat markaziga erishish uchun shart –sharoitning bo’lib ta’sir etish vositalarini aniqlash


Rolli o’yinlar- maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o’yin orqali bilish, anglash harakati formasi


Insayt- tafakkurdagi birdan muammoni yechish yo’lini topish jarayoni


Intellekt- Individning bilish jarayoni davomida ongning rivojlanganlik darajasi. U sezgi va idrokdan boshlanib tafakkur va xayolga taqaladi


Ekspremental psixologiya- laboratoriya eksprementi qo’llanadigan psixologiya fani bo’limlarini asosiy turi. Birinchi tajriba astronomlar tomonidan o’tkazilgan. 1823 yil Bissel, E.Vebber sezgi pog’onalarini ekspremental o’rgandi (1834) V.Vundt 1879 Leypsigda ekspremental psixologiya bilan shug’ullandi


Empatiya- hamdardlik, o’zini boshqa kishi o’rniga qo’ya bilish malakasi


Entropiya- biron-bir tizimni tavsiyalashda noaniqlikning miqdor belgisi


Muammo- hayot uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni vujudga keltirishdagi qarama-qarshilik. Uni bartaraf etish uchun vujudga kelgan holat, vaziyat


Metod- maqsadga yetish uchun qo’llanadigan vosita va vositalar tizimi


Eksprement- laborator va tabiiy holatda o’tkaziladigan, psixik holat, jarayon, sifatni diagnostikalash yoki rivoj toptirishga yo’naltirilgan maqsadli fikrlar tizimi


Motivatsiya- Inson hatti- harakatini vujudga keltiruvchi ichki psixik kuch. U maqsad, qiziqish, intilish,imkoniyatlar bilan bog’liq


Qadriyatlar- normal hayot uchun kerak bo’lgan g’oyalar, odatlar, bilimlar, malakalar, fizik, ximik va biologik qonuniyatlar tizimi


Diqqat-ongning bir ob`ektga to`plab, yo`naltirilishi.


Diqqatning ko`lami- bir vaqtda qamrab olingan ob`ektlar soni.


Barqarorligi-diqqatning bir ob`ekt ustida uzoq vaqt to`planishi.


Ko`chishi- diqqatning bir ob`ektdan ikkinchisiga o`tishi.

Kontsentratsiyasi- diqqatni uzoq vaqt davomida boshqa narsaga cholg`imay bir ob`ekt ustida to`planib turishi.


Korrektur sinovii -diqqat xossalarini o`rganish metodi.


Xotira-individning hayotiy tajribasini esda qoldirish, esda saqlash, qayta esga tushirishi


Esda qoldirish- mustahkamlash yo`li bilan o`z bilimlarini yangi ma`lumotlar bilan boyitish.


Esda saqlash- esda qoldirilgan materialni qayta esga tushirishga tayyor turishi.


Unutish-esda qoldirilgan materialni qayta esga tushira olmaslik.


Esga tushirish-avval idrok qilingan materialni ongimizda qaytadan tiklanishi.

Antitsipatsiya-biror faoliyatning natijasi, voqealar davomini u yoki bu shaklda oldindan ko`rish.


Operativ xotira-juda kichik vaqt oralig`ida materialni esda qoldirish, esda saqlash, qayta esga tushirish.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling