Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari
Download 4.17 Kb.
|
Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik psixologiya
Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 1-KURS 022-50-GURUH TALABASI O’L,MASOVA MASTURANING EKSPREMENTAL PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTIEKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARIReja:
Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari Pedagogik qobiliyatlar. Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2 yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta qissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uzviy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psixologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasida oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakteri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. 30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy tamoyillari: determinizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyili, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili aniq ifodalab berildi. Determinizm tamoyili psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgilanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard natijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega ekanligini tushunish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik tamoyilidan kelib chiqadigan eng muhim xulosadir. Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan tamoyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Оng faoliyatning iсhki rejasini, uning programmasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda Shuning yordamida mo‘ljal oladi. E’tiboringiz uchun rahmat! http://fayllar.org Download 4.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling