Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari


Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar


Download 37.03 Kb.
bet2/5
Sana14.03.2023
Hajmi37.03 Kb.
#1268446
1   2   3   4   5
Bog'liq
EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI

Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar:
1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni o`z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta`sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
2. Tadqiqot o`tkaziladigan joy tashqi ta`sirlardan holi bo`lishi (xech bo`lmaganda ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga javob berishi zarur.
3. Tadqiqotning texnikaviy ta`minoti hal etilishi, lozim bo`lgan vazifalarning talablariga mos bo`lishi kerak.
4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor berish lozim.
5. Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga kadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi.
6. Tekshiriluvchi uchun ko`rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qiska, lo`nda va tushunarli bo`lishi kerak.
7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi zarur.
8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri natijalarni sifat jihatdan tahlil etilishidir. Bunda tekshiriluvchi tomonidan vazifani necha marta bajarganligi emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi.
Har qanday metoddan foydalanish jarayonida quyidagi metodologik tamoyillarga rioya qilish zarur:
metod fanning predmetiga mos kelishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi kerak;
  • psixologiyaning umumiy metodi ob`ektiv bo`lishi shart.


  • genetik (evolyutsion) tamoyilni saqlash kerak.


  • individual farqlar e`tiborga olingan holda ilmiy umumlashtirishdan foydalanish zarur.



Download 37.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling