Eksperimental usullar yordamida kuzatish


Tafakkurni nutq bilan bog`liqligi


Download 18.38 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi18.38 Kb.
#1003004
1   2   3   4
Bog'liq
Tafakkurning eksperimental usullar yordamida tadqiq etilishi

Tafakkurni nutq bilan bog`liqligi.
Tafakkur va nutq bir-biri bilan mustahkam aloqaga ega. So`z tushunchani ifodalaydi, uni umumlashtiradi va fikrning mavjudligining shakli hisoblanadi. SHu bilan birga nutq va tafakkur o`rtasida farq mavjudki, ularni aralashtirib, aynan bir narsa deb qarash aslo mumkin emas. Tafakkur bevosita bilishdan, amaliy faoliyat jarayonida vujudga kelib uning chegarasidan tashqariga chiqib ketadi. Sezgi va idrok orqali tafakkur tashqi olam bilan bog`langan. Nutq esa barcha psixik jarayonlar bilan bog`liq bo`lib, ularga nisbatan integrativ (birlashtiruvchi) vazifani bajaradi. Tafakkur ancha kech eksperimental psixologiyaning predmetiga aylanadi. Dastlabki tajribalar Vyurtsburg psixologiya maktabi namoyondalari tomonidan ? 40 o`tkazilgan. Hozirda eksperimental tadqiqotlar ta`sirida tafakkur bir qancha fikrlash jarayonlari (rejalashtirish, loyihalashtirish, oldindan aytish, baholash, tushunish, xulosa chiqarish) va operatsiyalari (analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash) dan iborat aqliy harakat deb qaralmoqda. Tafakkurni kuzatish yo`li bilan o`rganish mumkinmi? Tafakkurning boshlang`ich holati muammoli vaziyatdir. Bunday muammoli vaziyatlar tafakkurning bosqichli tabiatga ega ekanligini ifodalaydi. Ko`pgina tadqiqotchilar tomonidan fikrlash jarayonining quyidagi bosqichlari ajratilgan: 1) muammoning vujudga kelishi, (sub`ekt maqsadga erishish uchun o`zining bilimlari ko`lami etarli emasligini anglaydi). 2) muammoli vaziyatning tahlili, sub`ekt muammoli vaziyatdagi axborotlarni tahlil qiladi. 3) maqsadga erishish usullari haqidagi farazni shakllantiradi (bu nisbatan maxsuldor boskich bo`lib, sub`ekt yangi axborotlarni faraz va metod shaklida yaratadi). 4) farazni tekshirish, ilgari surilgan faraz va echim usullari nazorat qilinadi, baholanadi, tekshirib ko`riladi. Tafakkur va nutqning o`zaro bog`liqligi avvalo fikrlash jarayonining til orqali ifodalanishida namoyon bo`ladi. Hozirgi kunda so`z va uning mazmuniy tomonini o`rganish maqsadida assotsiativ eksperimentdan foydala-niladi. Assotsiativ eksperimentning barcha turlari uchun xos bo`lgan xususiyat, ularda natijaning asosiy ko`rsatkichi sifatida reaktsiya vaqti hisoblanadi. Bu mezonlar nutq-fikrlash jarayonining dinamikasini o`rganish imkonini beradi. Assotsiativ reaktsiya vaqti nerv jarayonlarining o`tish tezligini ifodalaydi. Eksperimental psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha o`tgan tajriba fikrlash jarayoniga faqat ijobiy emas, balki salbiy ham ta`sir etishi mumkin. M.Vertgeymerning fikricha, bolalarda o`tgan tajriba ijodiy tafakkurga salbiy ta`sir qiladi. Ta`lim va amaliy faoliyat jarayonida inson muammolarni echishning cheklangan usullarini o`zlashtirsa, tuzilishi har xil bo`lgan vazifalarni echishda tafakkurning rigidligi (qotib qolgan) namoyon bo`ladi. Rigidlik deganda, sub`ektning muammoni hal qilishga qiynalishi yoki shakllangan dasturni qayta o`zgartirish uchun qobiliyatning etishmasligi tushuniladi. Rigidlikning kognitiv (bilish), affektiv (hissiy) va motivatsion turlar mavjud tafakkurni o`rganishda ko`proq kognitiv rigidlik muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Biror muammoni doimo bir xil usulda echish, keyinchalik shu muammoni boshqacha usulda echishni qiyinlashtiradi.

Download 18.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling