Mundarija kirish I bob. Muammoli ta’limning nazariy asoslari


Download 280.5 Kb.
bet1/8
Sana28.02.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1236273
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 6 sinf o’quvchilarinng og’zaki va yozma nutqini o’stirishda muommoli..


MUNDARIJA

Kirish …………………………………………………… 3


I bob. Muammoli ta’limning nazariy asoslari
1.1. Muammoli ta’limning ilmiy-pedagogik asoslari ………………..…………5
1.2.Yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy xususiyatlari …….……. ……11
I bob bo‘yicha xulosalar …………………………………………………….. 22
II bob. Muammoli ta’limni boshlang‘ich sinflarda qo‘llash amaliyoti tahlili.
2.1. Muammoli ta’limni ona tili mashg‘ulotlorida qo‘llash usullari tahlili…… 23
2.2. Muammoli ta’lim natijasida o‘quvchilar bilimining
shakllanish darajasi tahlili……………………………………………………. 25
III bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………………28
III bob. Ona tili darslarida muammoli ta’limni qo‘llash tajribalari.
3.1. So‘z turkumlari ustida ishlashda muammoli ta’limni qo‘llash tajribalari .29
Xulosa……………...………………………………………………………… 40
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ...............................................................41


К I R I SH
Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasida ta’kidlanganidek, "bugungi kunda o‘zida ta’lim va tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir"1
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida ona tili ta’limining ahamiyati beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartida uqtirilishicha, "ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bermasa, boshqa fanlar ta’limiga ham putur yetishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa – o‘quv jarayonini mukammal isloh qilish, o‘quvchi imkoniyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, so‘zsiz, ta’limning yangi, zamonaviy texnologiyasiga suyanish kutilgan natijani berishi muqarrardir ".
Ma’lumki, ona tili maktabda o‘quvchining kamol topishida, fikrlash darajasining o‘sishida, bilim va mehnatga xavasini uyg‘otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashg‘ulotlar tizimi shunday qurilishi lozimki, bu tizim o‘quvchilarda ona tiliga muhabbat, o‘z yurtiga, xalqiga mehr, Vataniga cheksiz hurmat va sadoqatni o‘stirishi zarur.
Maktabda o‘qitiladigan ona tili fani shunchaki fonetik va grammatik tushunchalarni bir yoqlama shakllantirish vazifasini bajarmaydi, balki o‘quvchilarni badiiy til vositalari bilan ta’minlashi, ularda go‘zal nutq madaniyatini tarbiyalashi, fikr mulohazalarini ifodali bayon etishga o‘rgatib borishi lozim. O‘quvchilar har bir ilmiy-nazariy tushunchani amalda qo‘llay olishlari uchun ona tili mashg‘ulotlarida optimal mashqlar tizimi qo‘llanib borilishi shart. Bunda, albatta, an’anaviy usullardan yangicha zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiya shakllariga o‘tib ishlash davri keldi. Jumladan, muammoli ta’lim usulining elementar shakllarini qo‘llashga e’tibor berish ham zamonaviy texnologiya tarkibiga kiradi. Biz ilmiy tadqiqotimizda ana shu masala bo‘yicha fikrlar bildiramiz.

Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling