Ekspert ishlaridan va boshqa auditor ma’lumotlaridan foydalanish mavzu bo’yicha keys masala


Download 8.17 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi8.17 Kb.
#1754431
Bog'liq
Ekspert ishlaridan va boshqa auditor-fayllar.org


Ekspert ishlaridan va boshqa auditor




CASE STUDY





EKSPERT ISHLARIDAN VA BOSHQA AUDITOR 

MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANISH 

MAVZU BO’YICHA KEYS 

Masala. Auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilayotgan tekshiruv vaqtida
ushbu korxonada chet eldan asbob-uskunalar olinganligi ma’lum bo’ldi. Auditor 
chet el asbob uskunalarini qabul qilish, ularning bahosini to’g’ri aniqlash bo’yicha
ma’lum qiyinchiliklarga uchradi. Shu sababli, bojxona xodimini hujjatlarning 
to’g’ri rasmiylashtirilganligini, boj va soliqlarning to’g’ri to’langanligini aniqlab
berish uchun ekspert sifatida taklif qildi.


Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatda qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
2. Bunday holatda auditorlar qanday yul tutishlari lozim?
3. Bojxona xodimi ekpert vazifasini bajarishi mumkinmi? 


NAZORAT SAVOLLARI 
1. Ekspert deganda kimlar nazarda tutiladi? 
2. Auditda ekspert ishlaridan nima maqsadda foydalaniladi?
3. Auditorlik tekshiruvi vaqtida jalb qilinishi mumkin bo’lgan qanday 
mutaxassislar ekspert deb qabul qilinishi mumkin?
4. Ekspertlar oldiga qanday cheklovlar qo’yilgan?
5. Auditorlik tekshiruvida ekspert ishi natijalaridan qanday foydalaniladi?
6. Ekspert tushunchasi nima? 
7. Ekspert xulosasi nimani anglatadi?
8. Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan qay tartibda foydalanish mumkin? 
9. Asosiy auditor qanday ma’noni anglatadi?
10. Boshqa auditor qanday ma’noni anglatadi? 
11. Asosiy va boshqa auditorlarning qanday javobgarliklari bor?
MAVZU BO’YICHA TESTLAR 

1. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to’g’ri? 


A. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan faqat,


auditorlik tashkiloti rahbari roziligi bilan foydalanishi mumkin 
B. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan faqat, audit
o’tkazayotgan shaxs roziligi bilan foydalanish mumkin 
C. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan faqat, korxona
rahbari roziligi bilan foydalanish mumkin 
D. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan faqat, korxona
joylashgan tuman xokimi roziligi bilan foydalanish mumkin 
E. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan faqat, soliq
idorasi rahbari roziligi bilan foydalanish mumkin 
2. Ekspertiza xizmati bo’yicha pudrat shartnomasi . . . . . . 
A. Auditorlik firmasi direktsiyasi bilan korxona o’rtasida tuziladi 
B. Korxona bilan taklif qilinayotgan mutaxassis o’rtasida tuziladi
C. Hech qanday shartnoma tuzilmaydi 
D. Auditorlik firmasi direktsiyasi bilan taklif qilinayotgan mutaxassis o’rtasida
tuziladi 
E. To’g’ri javob berilmagan


3. Ekspertiza xizmati bo’yicha pudrat shartnomasi bo’yicha haq to’lash 


pudrat uchun . . . . . . . . . . 
A. Kartochka naryadini topshirganda amalga oshiriladi 
B. To’lov qaydnomasi tpshirilganda amalga oshiriladi
C. Dalolatnoma topshirilganda amalga oshiriladi 
D. Nakladnoy topshirilganda amalga oshiriladi
E. Buxgalteriya ma’lumotnomasi topshirilganda amalga oshiriladi 


4. Pudratchi aybi bilan shartnomani bajarish imkoni bo’lmaganda 

buyurtmachi haqning necha foizini to’lash shart? 
A. Haqning 50% ini to’lash shart 




B. Haqning 25% ini to’lash shart


C. Haq to’lamasdan buzishga haqli 
D. Haqning 100% ini to’lash shart
E. To’g’ri javob berilmagan 


5. Qaysi hollarda audit o’tkazish vaqtida ekspert ishidan foydalanish mumkin 

emas? 
A. Ekspert-korxona rahbari bo’lsa 
B. Ekspert-korxona kreditori bo’lsa
C. Ekspert bilan yaqin qarindoshlik aloqalari bo’lsa 
D. To’g’ri javob berilmagan
E. Barcha javoblar to’g’ri 


6. Ekspert xulosasida quyidagilarning qaysi biri aks ettiriladi? 
A. Kirish, xotima 
B. Kirish, tekshirish, tushuntirish, xotima
C. Kirish, tushuntirish, dalillar tarkibi, xotima 
D. Tekshirish, tushuntirish, dalillar tarkibi, xotima
E. Kirish, tekshirish, xotima 


7. Izlanish jarayoni va uning natijalari bayoni ekspert xulosasining qaysi 

qismiga tegishli? 
A. Kirish
B. Tekshirish
C. Dalillar tarkibi
D. Tushuntirish
E. Xotima 


8. Taxminlarni o’rganish vaqtida qabul qilingan tushuntirish va asoslashlar 

ekspert xulosasining qaysi qismida ko’rsatiladi? 
A. Kirish


B. Tekshirish


C. Dalillar tarkibi
D. Tushuntirish
E. Xotima 


9. Ekspert xulosasida qanday majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim? 
A. Hujjat nomi
B. Hujjatning sanasi
C. Ekspertning shaxsiy imzosi
D. A, B
E. A, B, C 


10. Ekspert xulosasi kimga taqdim qilinadi? 
A. Auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlariga qo’shiladi 
B. Korxona rahbariga beriladi
C. Ekspertning o’zida qolib, u og’zaki tushuncha beradi 
D. Soliq idorasiga taqdim etiladi
E. To’g’ri javob berilmagan 


http://fayllar.org



Download 8.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling