Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDIGA KIRITILIShI KERAK BO‘LGAN HUJJATLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh


Download 438.03 Kb.
bet17/21
Sana19.06.2023
Hajmi438.03 Kb.
#1607047
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ma`lumotnoma IIB

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDIGA KIRITILIShI KERAK BO‘LGAN HUJJATLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ekspert-tekshirish komissiyasining hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangandan so‘ng “O‘zarxiv” agentligining ko‘rsatib o‘tilgan qarorni tasdiqlagan organi yoki muassasasi ushbu hujjatlarga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini rasmiylashtiradi. Guvohnoma hujjat egasiga yoki uning qonuniy vakiliga doimiy saqlanadigan tasdiqlangan hujjatlar ro‘yxatining nusxasi bilan birga beriladi.
O‘zarxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlaydigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ro‘yxatiga kiritilgan davlat boshqaruv organlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini bir vaqtning o‘zida fond kartochkalarini “O‘zarxiv” agentligining Milliy arxiv fondi Davlat katalogi va hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazish yilining 1-yanvariga idoraviy saqlanishini tashkil etish to‘g‘risidagi statistika hisoboti uchun taqdim etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazadilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
12. Ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan hujjatlarni saqlayotgan davlat arxiviga, muzeyga, kutubxonaga saqlash uchun tushayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlariga takroriy guvohnoma berilmaydi. Bunday hollarda ularga hujjatlar davlat hisobiga qabul qilingan paytdan boshlab ilgari berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilishi tatbiq etiladi.
RO‘YXATDAN O‘TKAZISh GUVOHNOMASIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh
13. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiruvchi hujjatlarning egasi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini ushbu guvohnomani rasmiylashtirgan arxiv muassasasiga:
— hujjatlarga egalik huquqining boshqa shaxslarga o‘tkazilishida yoki egalik huquqidan mahrum qilinganda;
— hujjatlarni saqlash joyi va sharoitlari o‘zgarganda;
— hujjatlar noyob hujjat yodgorliklariga o‘tkazilganda;
— foydalanish fondi nusxalari tayyorlanganda, hujjatlardan foydalanishga cheklashlar belgilanganda va hujjatlardan foydalanish shartlariga boshqacha o‘zgartirishlar bo‘lganda;
— takomillashtirilgan va ularga ilmiy-ma’lumotnoma apparati yaratilganda;
— ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning nusxalari xorijga olib chiqilganda;
— o‘z mulkidagi hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidan chiqarib tashlanganda;
— guvohnomalarni rasmiylashtirishda xatolar aniqlanganda yoki ular foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan hollarda taqdim etishi kerak.
14. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnomalar:
— yo‘qotib qo‘yilganda;
— unga qo‘shimcha yozuvlar, tuzatishlar kiritilganda yoki yaroqsiz bo‘lib qolganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.
15. Arxiv muassasasi egasi murojaat qilganda murojaat qilingan kunda, ma’lumotlarni tekshirish yoki aniqlash zarur bo‘lganda esa — uch kun muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga o‘zgartirish kiritilishi, qayta rasmiylashtirilishi yoki u bekor qilinishi kerak.
Zarurat bo‘lganda arxiv muassasasi hujjat egasidan uning shaxsini yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqlidir.
16. Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yo‘qotib qo‘yilgan yoki u tuzatib bo‘lmaydigan darajada yaroqsiz bo‘lib qolgan hollarda tegishli arxiv muassasasi uning egasi arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan mazkur qoidaga muvofiq takroriy guvohnoma (dublikat) beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalariga doir arxiv muassasalari va hujjatlar egalari orasidagi nizolar “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. “O‘zarxiv” agentligining ushbu masalalar bo‘yicha qarori ustidan sudga arz qilinishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-martdagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 129-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy
arxiv fondi hujjatlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish Tartibiga
1-ILOVA

Download 438.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling