Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi oʻrni va


Download 223.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi223.66 Kb.
#1481287
Bog'liq
mmmm



Ekspert tizimlarini 
boshqaruvdagi oʻrni va 
ularni iqtisodiy 
tarmoqlarda qoʻllash
Eshmurodov Navroʻzbek


Sun’iy intellektning amaliy tizimlarining yaratilishida ekspert 
tizimlar birinchi qadamdir. Ekspert tizimlar bu texnika, tibbiyot,
geologiya, fizika, kimyo va shu kabi sohalar haqidagi turli xil 
axborotlarni EHM xotirasida saqlovchi tizimdir. U nafaqat biron –
bir dalil haqidagi axborotni foydalanuvchining so’roviga yetkazib 
berish, balki maslahat berish, keragidan ortiqcha o’xshash 
hodisalarni o’tkazib yuborish, o’z xulosalarini asoslash, kasallikni 
aniqlash yoki texnologik jarayonni eng maqbul yo’lini tanlash 
imkoniyatiga ham ega. Ekspert tizimlar xohlagan soha uchun 
moslab qurilgan bo’lib: interpretasiya, tashxis(diagnostika),
loyihalash, rejalashtirish, boshqarish, kuzatish, to’g’rilash, oldindan 
aytish, qaror qabul qilish kabi ilgari ekspert tizimlar yordamida 
yechilgan masalalar ro’yxatini to’la tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda 
bunday tizimlarni yaratish – bilimlarni yaratish usuli bo’lib 
xizmat qilmoqda. Bu bilimlardan shaxsiy EHMlar yordamida 
minglab kishilar foydalanmoqdalar va kelajakda millionlab kishilar 
foydalanishlari mumkin.



Ta’kidlash kerakki, foydalanuvchi bu muammoli sohada 
mutaxassis bo’lmasligi yoki bo’lish mumkin. Maslaxat rejimida 
foydalanuvchi masalasi haqidagi ma’lumotlar muloqotli 
komponent bilan qayta ishlagandan so’ng ishchi xotiraga kelib 
tushadi. Yechuvchi ishchi xotiradagi boshlang’ich ma’lumotlar,
muammoli sohadagi umumiy ma’lumotlar va bilimlar bazasidagi 
qoidalar asosida masalaning yechimini faqatgina yozilgan amallar
ketma-ketligi bilan bajaribgina qolmay, balki oldindan uni 
shakllantiradi. Agar foydalanuvchiga tizimning reaksiyasi 
tushunarsiz bo’lsa, u tushuntirishni talab qilishi mumkin: «Nima 
uchun tizim bu yoki boshqa savolni beradi?», «Tizimdagi 
olinadigan javob qanday?».



Dasturlovchi ekspert tizimning barcha asosiy komponentlarini 
saqlaydigan texnik vositalarni ishlab chiqadi.
ET ikkita rejimda ishlaydi: bilimlarni hosil qilish rejimi va 
masalani yechish rejimi (shuningdek, u maslaxat rejimi yoki ETdan
foydalanish rejimi deb ham nomlanadi).
Bilimlarni hosil qilish rejimida (bilimlar bo’yicha injener bilan
birgalikda) ET bilan muloqot ekspert orqali amalga oshiriladi. Bu 
rejimda ekspert, bilimlarni hosil qilish komponentidan foydalangan 
holda, muammoli sohadagi masalani ETga (ekspertsiz) mustaqil 
yechish imkonini beruvchi bilimlar bilan tizimni to’ldiradi. Ekspert 
muammoli sohani ma’lumotlar va qoidalar to’plami ko’rinishida 
tasvirlaydi. Ma’lumotlar obyektlarni, ekspertiza sohasida mavjud 
bo’lgan qiymat va harakteristikalarni aniqlaydi. Qoidalar ETda
qaralayotgan sohaga harakterli bo’lgan ma’lumotlarni boshqarish 
(manipulyasiya) uslublarini aniqlaydi. 
Ta’kidlaymizki, dasturni ishlab chiqishda bilimlarni hosil 
qilish rejimi lasturchi tomonidan bajariladigan algoritmlash,
dasturlash, dasturni sozlash va sinash bosqichlariga mos keladi.



Bilimlarni hosil qilish rejimida (bilimlar bo’yicha injener bilan
birgalikda) ET bilan muloqot ekspert orqali amalga oshiriladi. Bu 
rejimda ekspert, bilimlarni hosil qilish komponentidan foydalangan 
holda, muammoli sohadagi masalani Etga (ekspertsiz) mustaqil 
yechish imkonini beruvchi bilimlar bilan tizimni to’ldiradi. Ekspert 
muammoli sohani ma’lumotlar va qoidalar to’plami ko’rinishida 
tasvirlaydi. Ma’lumotlar obyektlarni, ekspertiza sohasida mavjud 
bo’lgan qiymat va harakteristikalarni aniqlaydi. Qoidalar Etda 
qaralayotgan sohaga harakterli bo’lgan ma’lumotlarni boshqarish 
(manipulyasiya) uslublarini aniqlaydi

Document Outline

  • Slide 1: Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi oʻrni va ularni iqtisodiy tarmoqlarda qoʻllash
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8

Download 223.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling