Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi oʻrni va
Download 223.66 Kb. Pdf ko'rish
|
mmmm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi oʻrni va ularni iqtisodiy tarmoqlarda qoʻllash Eshmurodov Navroʻzbek Sun’iy intellektning amaliy tizimlarining yaratilishida ekspert tizimlar birinchi qadamdir. Ekspert tizimlar bu texnika, tibbiyot, geologiya, fizika, kimyo va shu kabi sohalar haqidagi turli xil axborotlarni EHM xotirasida saqlovchi tizimdir. U nafaqat biron – bir dalil haqidagi axborotni foydalanuvchining so’roviga yetkazib berish, balki maslahat berish, keragidan ortiqcha o’xshash hodisalarni o’tkazib yuborish, o’z xulosalarini asoslash, kasallikni aniqlash yoki texnologik jarayonni eng maqbul yo’lini tanlash imkoniyatiga ham ega. Ekspert tizimlar xohlagan soha uchun moslab qurilgan bo’lib: interpretasiya, tashxis(diagnostika), loyihalash, rejalashtirish, boshqarish, kuzatish, to’g’rilash, oldindan aytish, qaror qabul qilish kabi ilgari ekspert tizimlar yordamida yechilgan masalalar ro’yxatini to’la tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni yaratish – bilimlarni yaratish usuli bo’lib xizmat qilmoqda. Bu bilimlardan shaxsiy EHMlar yordamida minglab kishilar foydalanmoqdalar va kelajakda millionlab kishilar foydalanishlari mumkin. Ta’kidlash kerakki, foydalanuvchi bu muammoli sohada mutaxassis bo’lmasligi yoki bo’lish mumkin. Maslaxat rejimida foydalanuvchi masalasi haqidagi ma’lumotlar muloqotli komponent bilan qayta ishlagandan so’ng ishchi xotiraga kelib tushadi. Yechuvchi ishchi xotiradagi boshlang’ich ma’lumotlar, muammoli sohadagi umumiy ma’lumotlar va bilimlar bazasidagi qoidalar asosida masalaning yechimini faqatgina yozilgan amallar ketma-ketligi bilan bajaribgina qolmay, balki oldindan uni shakllantiradi. Agar foydalanuvchiga tizimning reaksiyasi tushunarsiz bo’lsa, u tushuntirishni talab qilishi mumkin: «Nima uchun tizim bu yoki boshqa savolni beradi?», «Tizimdagi olinadigan javob qanday?». Dasturlovchi ekspert tizimning barcha asosiy komponentlarini saqlaydigan texnik vositalarni ishlab chiqadi. ET ikkita rejimda ishlaydi: bilimlarni hosil qilish rejimi va masalani yechish rejimi (shuningdek, u maslaxat rejimi yoki ETdan foydalanish rejimi deb ham nomlanadi). Bilimlarni hosil qilish rejimida (bilimlar bo’yicha injener bilan birgalikda) ET bilan muloqot ekspert orqali amalga oshiriladi. Bu rejimda ekspert, bilimlarni hosil qilish komponentidan foydalangan holda, muammoli sohadagi masalani ETga (ekspertsiz) mustaqil yechish imkonini beruvchi bilimlar bilan tizimni to’ldiradi. Ekspert muammoli sohani ma’lumotlar va qoidalar to’plami ko’rinishida tasvirlaydi. Ma’lumotlar obyektlarni, ekspertiza sohasida mavjud bo’lgan qiymat va harakteristikalarni aniqlaydi. Qoidalar ETda qaralayotgan sohaga harakterli bo’lgan ma’lumotlarni boshqarish (manipulyasiya) uslublarini aniqlaydi. Ta’kidlaymizki, dasturni ishlab chiqishda bilimlarni hosil qilish rejimi lasturchi tomonidan bajariladigan algoritmlash, dasturlash, dasturni sozlash va sinash bosqichlariga mos keladi. Bilimlarni hosil qilish rejimida (bilimlar bo’yicha injener bilan birgalikda) ET bilan muloqot ekspert orqali amalga oshiriladi. Bu rejimda ekspert, bilimlarni hosil qilish komponentidan foydalangan holda, muammoli sohadagi masalani Etga (ekspertsiz) mustaqil yechish imkonini beruvchi bilimlar bilan tizimni to’ldiradi. Ekspert muammoli sohani ma’lumotlar va qoidalar to’plami ko’rinishida tasvirlaydi. Ma’lumotlar obyektlarni, ekspertiza sohasida mavjud bo’lgan qiymat va harakteristikalarni aniqlaydi. Qoidalar Etda qaralayotgan sohaga harakterli bo’lgan ma’lumotlarni boshqarish (manipulyasiya) uslublarini aniqlaydi Document Outline
Download 223.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling