Ekspertizani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar
Download 64.53 Kb.
|
Sud psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilishda ayblanuvchining jinoyatni nechanchi marta sodir etganligiga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, uning oilaviy psixologik muhitini aniqlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ekspertizaga oid adabiyotlar bilan tanishadi.Demak, sudga oid psixologik ekspertizaning jinoiy xatti-harakatlarni aniqlashdagi ahamiyati juda katta ekan. Shuning uchun mutaxassis-psixologlar ayblanuvchining psixologik xususiyatlarini, uning jinoiy xatti - harakatlarni sodir etayotgan vaqtdagi ruhiy holatlarini aniqlashda juda katta mas’uliyat bilan ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Kuzatishlarga qaraganda, kompleks ekspertiza o‘tkazishda psixolog mutaxassis ikkinchi darajalli ekspertga aylanib qoladi. Buning sababi, birinchidan, psixiatr vrachlarning psixolog vazifasiga ham bilib-bilmay aralashuvi bo‘lsa, ikkinchidan, ekspertizaning sud psixitriya bo‘limlarida o‘tkazilishi tabiiy ravishda psixolog ishtiroki samarasining tushishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash lozimki, ekspertiza tayinlanayotganda psixologning vazifasi va uning oldiga qo‘yilayotgan savol alohida ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek, yuqoridagi holatning kelib chiqmasligi uchun kompleks ekspertiza komissiyasi tarkibiga sud-psixiatriya bo‘limi xodimlarini emas, balki, muayyan shifoxonalarning psixiatrlarini taklif qilib ekspertizani o‘tkazish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ekspertiza komissiyasida ekspertiza rahbari bo‘lmaydi, natijada barcha a’zolar teng huquqlilik asosida faoliyat yuritadilar. Bu esa ekspertiza yuzasidan odilona, ilmiy asosli xulosa qilinishiga olib keladi.
Download 64.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling