Eksportni tahlil qilish hamda prognoz qilish Reja


Jahonda iqtisodiy raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi davrda


Download 40.42 Kb.
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi40.42 Kb.
#1318742
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eksportni tahlil qilish hamda prognoz qilish

Jahonda iqtisodiy raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi davrda

barqarorlikning asosiy omili ishlab chiqarishni kengaytirish va tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallashdir. 
Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida o‘tgan yili mamlakatimiz eksporti hajmi 28 foizga o‘sdi. Hududiy sanoat eksporti qariyb 2 barobarga oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarni yanada oshirish maqsadida bu yildan boshlab prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash va monitoring qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.
Avvalambor, eksport prognozi 3 yillik qilib tasdiqlandi. 2020 yil rejasi o‘tgan yilgiga nisbatan 22 foiz ko‘p belgilandi. 
Videoselektor yig‘ilishida eksport, investitsiya va mahalliylashtirish yo‘nalishlariga mas’ul mutasaddilarning vazifalari ko‘rib chiqildi. Har bir dollardan unumli foydalanish bo‘yicha hududlar va tarmoqlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati belgilandi.
Davlatimiz rahbari bundan buyon tarmoq yoki hududning masalasi degan sansolarlik bo‘lmasligi, eksport prognozi ijrosini ta’minlashga har bir vazir, xo‘jalik birlashmasi rahbari hokim bilan birga teppa-teng javob berishini ta’kidladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga joriy yilgi eksport prognozi ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, mahsulotlarni qayerga, qachon eksport qilish va buni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash vazifasi qo‘yildi.
To‘qimachilik, meva-sabzavotchilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari va avtomobil sanoati kabi yetakchi tarmoqlar salohiyatidan samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. 
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga paxta tolasini qayta ishlash quvvatlarini 80 foizga yetkazish, yangi korxonalar hisobiga eksport nomenklaturasini diversifikatsiya qilish hamda geografiyasini kengaytirish topshirildi. 
Mamlakatimiz eksportyorlarining salohiyatli bozorlarga kirishini yengillashtirish uchun imtiyozli savdo rejimini joriy etish, «GSP+» umumiy preferensiyalar tizimiga qo‘shilish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi. 
Yig‘ilishda meva-sabzavotlar eksporti masalasi atroflicha muhokama qilindi. 
Meva-sabzavot ekinlarini eksport talabidan kelib chiqib optimal joylashtirish, salohiyatli tashqi bozorlarda savdo uylari va dilerlik tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ixtisoslashgan 55 ta tumanda meva-sabzavotlar ishlab chiqarishni klaster shakliga o‘tkazish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. 
“O‘zstandart” agentligiga hududiy hokimliklar bilan birgalikda 155 ta fermer xo‘jaligida “Global G.A.P.” xalqaro standartini joriy etish, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlar talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 
Eksport faoliyati jozibadorligini oshirish uchun eksport va eksportoldi moliyalashtirish tizimini tashkil etish, tashish xarajatlarini qoplash mexanizmini kengaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. 
Videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni jalb etish masalalari tahlil qilindi. 
O‘tgan yili barcha manbalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning qariyb 30 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etdi. Sanoati rivojlanmagan, olis tumanlarga ham katta investitsiyalar kirib bordi. Umumiy qiymati 5,4 milliard dollar bo‘lgan 145 ta tarmoq va 167 ta hududiy loyihalar ishga tushirildi.
Joriy yildan boshlab Investitsiya dasturlari yangi tizim asosida ishlab chiqildi. 2020 yil uchun 1569 ta xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan shu yilda 233 trillion 200 milliard so‘m, jumladan 7,1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. 
Yig‘ilishda tarmoqlar va hududlar rahbarlari bu borada amalga oshirishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab berildi. 
Tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga tarmoq loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha javobgarlik yuklandi. Hududlarda amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokidagi har bir loyihaga respublika idoralari rahbarlari mas’ul sifatida biriktirildi.
Mutasaddilarga galdagi loyihalar bo‘yicha loyihaoldi ishlarini yakunlab, xorijiy investorlar bilan shartnomalar imzolash va ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 
Videoselektorda joriy yilda byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalar ijrosi ham muhokama qilindi. 
Prezidentimiz byudjet mablag‘larining samarali sarflanishi, belgilangan 2 ming 190 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.
Joriy yilda 372 ta bolalar bog‘chasi, 343 ta maktab, 228 ta tibbiyot muassasasi, 61 ta oliy o‘quv yurti, 44 ta sport inshooti, 187 ta ichimlik va oqova suv tarmog‘i, 241 ta irrigatsiya va melioratsiya ob’ektida qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan.
O‘tgan yili boshlangan loyihalarni sifatli amalga oshirish, yangi ob’ektlar bo‘yicha tender savdolarini yakunlash va moliyalashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Prezidentimiz investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish, investitsiyalar samaradorligini baholashda muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Mutasaddilarga xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tarmoqlar va hududlar bo‘yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish, bunda jalb qilinayotgan investitsiyalar samaradorligi va iqtisodiy-ijtimoiy ta’sirini baholash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni yo‘naltirish uchun yetakchi sohalarni belgilash vazifasi qo‘yildi.
Investitsiya loyihalarini joylashtirishda birinchi navbatda infratuzilmaga ulanish imkoniyatlari va xarajatlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Bugungi kunning dolzarb masalalaridan yana biri – mahalliylashtirishni chuqurlashtirish orqali ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish.
2019 yil yakuni bo‘yicha lokalizatsiya doirasida 800 dan ortiq loyihalar ishga tushirildi. Xususan, polivinilxlorid, katanka, elektrodvigatel, shisha idishlar, maishiy texnika, har xil dori-darmonlar va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Joriy yildan boshlab mahalliylashtirish dasturini yangicha yondashuvlar asosida shakllantiramiz, dedi davlatimiz rahbari.
Xususan, 830 ta loyiha doirasida 9 trillion so‘mlik yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zagrotexsanoat-xolding” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, “Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish” agentligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, shuningdek, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari aniq loyihalarni amalga oshirishlari lozimligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir vazirlik va idora bilan birgalikda bir oy muddatda 2020 yil mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, loyihalarni amalga oshirishda asosiy e’tibor mahsulotning raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligiga, tannarxini kamaytirishga qaratilishi kerak.
“O‘zstandart” agentligiga tadbirkorlik sub’ektlariga import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy nazorat o‘rnatish topshirig‘i berildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga joylardagi mas’ullar bilan birgalikda Respublika sanoat yarmarkasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
Videoselektor yig‘ilishida mutasaddi rahbarlarning hisoboti eshitildi, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son va “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmonlari hamda “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov o‘n kun muddatda Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati va Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 31-dekabrdagi 822-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-iyul,
437-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-iyuldagi 437-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari to‘g‘risida Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son, “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son va “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmonlari hamda “Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son, “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son, “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son va “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati investitsiya, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, respublikada qulay investitsiya muhitini saqlash, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarining eksport hajmlari hamda geografiyasini kengaytirish, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va logistika bilan bog‘liq masalalarni hal etish, mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar o‘rtasida sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan.
5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir o‘rinbosariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son va “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchilari bo‘ysunadi.
2-bob. Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan tizimli monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining bandligini ta’minlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan, shu jumladan, ilg‘or tajribani o‘rganish asosida, zarurat bo‘lganda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari” ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining monitoringini amalga oshirish;
Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya kotibiyati), Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Mahalliy sanoat kotibiyati), Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasida (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya), shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, rivojlanish davlat dasturlari, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga, shuningdek, eksport prognozlariga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishi hamda natijadorligini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish.
8. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) investitsiya, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida nazarda tutilgan investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi va tashqi savdo yo‘nalishlarida boshqaruv tizimini takomillashtirish;
yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari hamda mamlakat hududlariga investitsiya kiritish hajmlari kengaytirilishini rag‘batlantirish, respublikada investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir tashkiliy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish;
davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirishda, shuningdek, yuqorida qayd etilgan dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasi yuritilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda diversifikatsiyalashga doir takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda oshirish borasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining rahbarlari hamda savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan o‘zining investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish orqali mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish vositalaridan (grantlaridan), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasida va xorijda mamlakatning iqtisodiy va investitsiya salohiyati to‘g‘risida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish uchun xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
eng avvalo, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Investitsiya portalining samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishlarini muvofiqlashtirish, portal kontentini muntazam yangilab borish, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, investorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish yakunlari va boshqalar haqida markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;
har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan boshqa axborot aks ettirilgan O‘zbekiston Respublikasining interfaol investitsiya xaritasini joriy qilish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda investitsiya va tashqi iqtisodiy hamkorlik, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro shartnomalarning loyihalari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini tashkil etish;
tashqi iqtisodiy faoliyat aloqalari sohasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati muvofiqlashtirilishida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlari va yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni tashkil etish hamda uning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
birinchi navbatda, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini ta’minlash, eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, tovarlar va xizmatlar importi hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif siyosatini tartibga solishga doir takliflar tayyorlanishini tashkil qilish borasida yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritilishini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini tashkil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hamkorligi yuzasidan erishilgan kelishuvlar bajarilishining monitoringini amalga oshirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflarni baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘ziga xos tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziyalar berish ishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida buyumlar va mahsulotlar eksporti bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish;
tegishli vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan xulosalarni ekspert jihatidan ishlab chiqish hamda tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etish;
b) investitsiya dasturlari, xususan, hududiy rivojlanish investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida:


  1. Download 40.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling