Eksportni tahlil qilish hamda prognoz qilish Reja


O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini


Download 40.42 Kb.
bet3/6
Sana01.04.2023
Hajmi40.42 Kb.
#1318742
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eksportni tahlil qilish hamda prognoz qilish

O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini,

qisqa va o‘rta muddatli tarmoq hamda hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
investitsiyalardan samarali hamda oqilona foydalanish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish;
moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani iqtisodiy yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan investitsiya, moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning ijrosi yuzasidan monitoring yuritish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqish;
investitsiya loyihalari va boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining aniq investitsiya loyihalari bo‘yicha hujjatlarning ko‘rib chiqilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali hamda eng maqbul sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlanishini ta’minlash;
davlat, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, investitsiya dasturlari doirasida mablag‘lar jalb etilishi hamda o‘zlashtirilishi bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlar bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlash;
davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi, investitsiya dasturlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini, jumladan, joylarga borgan holda o‘rganish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlash;
investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslari hamda hisob-kitoblari ishlab chiqilishi va moslashtirilishi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishini, shuningdek, loyiha hujjatlari tayyorlanishi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishni va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
v) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar va imtiyozlar berish bo‘yicha vazirliklar, idoralarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini ta’minlash;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish, ularning iqtisodiyotga keng kiritilishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning qisqa hamda o‘rta muddatli dasturlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini muvofiqlashtirish, ularning vazirliklar va idoralar tomonidan o‘z vaqtida va samarali bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini ta’minlash;
texnik ko‘maklashish grantlari va mablag‘larini respublikaga jalb etish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etish, xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari bilan hamkorlik dasturiga kiritilgan investitsiya, grant va texnik ko‘maklashish loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari ishlarini muvofiqlashtirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda o‘zlashtirish borasida davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etilishini ta’minlash;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga muvofiq chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda, so‘yish texnologiyalarini joriy qilish, tayyor charm-poyabzal, charm-galantereya, mo‘yna, qorako‘l mahsulotlari hamda jun buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
d) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish sohasida:
“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son va “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son qarorlariga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab qilingan va importning o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish;
sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etishni ta’minlash;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini, respublika hududlarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va dasturlarni shakllantirish;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
e) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida:
yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, eng avvalo, eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish, tashqi savdo bozorlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari so‘zsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;
mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tashqi bozorlarga chiqarish uchun qulay sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlariga eksport faoliyatini amalga oshirish hamda xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli barqaror savdo aloqalari o‘rnatishga ko‘maklashish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, eksportning asosiy nomenklaturasi, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlari tashkil etilishi hamda ularning faoliyat ko‘rsatishiga uslubiy va amaliy ko‘maklashish bo‘yicha marketing va tahliliy sharhlar tayyorlash;
iqtisodiyotning real sektorida eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishi hamda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, qayd etilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
j) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobiga hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalar natijalari va ularning tahlilidan kelib chiqqan holda, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishning zamonaviy quvvatlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish hamda eksport qiluvchi tashkilotlarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil qilish;
hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari so‘zsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etgan holda, hududlarda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish;
hududlarda eksportbop mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirishni tashkil qilishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy bo‘ysunuvdagi tashkilotlar va boshqa turdosh tarmoqlar, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va istiqbolli rejalarni har tomonlama tahlil qilish hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazish, ustuvor loyihalar va dasturlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning tasdiqlangan parametrlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha takliflar hamda tadbirlar ishlab chiqish;
hududiy bo‘sunuvdagi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuklab jo‘natish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishining nazoratini tashkil etish, ularga moliyaviy va boshqa resurslarni jalb qilish masalalarini, shuningdek, eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda ko‘maklashish;
jahon va mintaqaviy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining konyunkturasi chuqur o‘rganilishini muvofiqlashtirish, shu asosda respublika hududlarida yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari, uzumni eksport qilish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
yangi uzilgan va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishni ta’minlash, yangi savdo bozorlarini topish hamda o‘zlashtirish, respublikada xalqaro meva-sabzavot yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tuziladigan shartnomalar doirasida ularni yetkazib berish hajmlari va geografiyasini monitoring qilish;
eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini yetishtirish va yuklab jo‘natish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini ta’minlash, ularning faoliyatida yuzaga keladigan, shu jumladan, zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga ko‘maklashish;
mamlakatda yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan yangi infratuzilma obyektlarini tashkil qilish, sabzavot omborlari va sovitish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy idish-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
z) oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan, eksport kelishuvlarining to‘laqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish;
“yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash, to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini sun’iy ravishda cho‘zish va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
i) eksport faoliyatini moliyaviy va sug‘urta jihatidan qo‘llab-quvvatlash sohasida:
eksport qiluvchi tashkilotlarning moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlash ishlarini tashkil etish, noxomashyo eksport hajmlari, milliy eksportchilar va ularning mahsulotlarini xarid qiluvchi mamlakatlar sonini ko‘paytirishga ko‘maklashish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son va “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarorlariga muvofiq respublikada va xorijda xalqaro standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish uchun eksport qiluvchi tashkilotlarga maqsadli moliyaviy ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
mahalliy eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va sug‘urtalash mexanizmlarini muvaffaqiyatli joriy qilgan xorijiy davlatlar tajribasi inobatga olingan holda, eksportoldi va eksportni moliyalashtirishni, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlari, jumladan, xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda joriy etilishini ta’minlash;
savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
k) O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda — JST) qo‘shilishi sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasining “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-maydagi 339-son qaroriga muvofiq Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining JSTga qo‘shilishi bo‘yicha muzokara jarayonida O‘zbekiston Respublikasi vakillarining ishtirok etishini muvofiqlashtirish, uning kotibiyati bilan o‘zaro hamkorlik qilish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo sohasida ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama bitimlar (shartnomalar) tuzish;
O‘zbekiston Respublikasining JSTdagi maslahatchisi-vakili va JST tuzilmalari bilan ishlash bo‘yicha birinchi kotibi, O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi (Shveysariya Konfederatsiyasi) BMT Bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili faoliyatini muvofiqlashtirish;
l) transport-logistikani rivojlantirish sohasida:
investitsiyalarni jalb qilish hamda o‘zlashtirish va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish;
xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;
transport sohasida investitsiya, eksport va xalqaro yo‘nalishlarda logistika tizimida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;
m) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida:
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni (siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar) rivojlantirish, ushbu masalalarda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalaridagi munosabatlarni qisqa va o‘rta muddatli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflariga axborot-tahliliy materiallar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan xalqaro shartnomalar, investitsion kelishuvlar va eksport kontraktlar loyihalarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga oliy va yuqori darajadagi tashriflari, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
hukumatlararo komissiyalarning (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan bayonnoma qarorlar vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishini nazorat hamda monitoring qilish;
n) mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan “sanoat klaster”larini tashkil etish;
mahalliy xomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish;
“qo‘shimcha qiymat zanjirlari”ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;
tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korxonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ko‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq texnik reglament loyihalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlarda texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qo‘llash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korxona va tarmoq rahbarlariga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rib borish;
xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, notarif mexanizm va usullarni joriy qilish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
o) mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari sohasida:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatda texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, mahalliy sanoatni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash;
mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanish darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash.
9. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tegishli vazirliklar, qo‘mitalar va boshqa davlat organlari rahbarlari, hokimlar o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
tegishli yil uchun qabul qilingan davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarning amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalari hamda dasturlari, iqtisodiy islohotlar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi;


  1. Download 40.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling