Ekspressivlik


Download 9.66 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi9.66 Kb.
#1426132
Bog'liq
Ekspressivlik


Ekspressivlik
Ekspressivlik – tilshunoslikda til birligining semantik stilistik belgilari majmui; til birligining aloqa soʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subʼyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini taʼminlaydi. Tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining choʻziq talaffuz etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoʻshimchalari (subʼyektiv baho ifodalovchi qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyi-oyijon, uka-ukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (mas, "qiltiriq" soʻzi ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa odatdagi soʻz tartibini oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi. Aloqa soʻzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga koʻmak beruvchi koʻplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imoishora) ham qoʻllanadi. Bevosita inson his tuygʻularini ifodalash bilan bogʻliq boʻlganligi uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʻzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi.
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. –Т., 2002. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T., 2009. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Синтаксис. – T., 1995. Нурмонов А. Танланган асарлар. III жилдлик. I жилд. – Т., 2012. Нурмонов А. Гап ҳақидаги синтактик назариялар. – Т., 1988.
Download 9.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling