Ekstragenital kasalliklari bor homiladorlarni parvarish qilish xususiyatlari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayumova Dilnoza (1)
3.Kamqonlik. Kamqonlik deganda gemoglabin umumiy hajmining kamayishi
tushuniladi. 80% homilador ayollarda kamqonlik uchraydi. 1-darajali kamqonlikda qon tarkibidagi gemoglabin 100-91 gl; 2-darajali kamqonlikda 90-71 gl; 3- darajali kamqonlikda 70 gl dan past bo„ladi. Homilador ayollar qon zardobida temir tarkibining buzilishi, gipoxrom kamqonlik rivojlanishi va to„qimalar oziqlanishining buzilishiga olib keladi. Homilador ayollarda kamqonlikning rivojlanishi noto„g„ri ovqatlanish, ovqat hazm bo„lishining buzilishi, tug„ruqda qon ketishi, ust-ustiga homilador bo„lishi kabi omillarga bog„liq. Kamqonlik homiladorlik rivojlanishiga va tug„ruqqa salbiy ta'sir qiladi. Jumladan 20-40% kamqon homiladorlarda OPG-gestozlar rivojlanadi, 15-30% homiladorlarda chala tug„ish, erta suv ketish hollari yoki qon yo„qotishning ortishi kuzatiladi. Tug„ruq vaqtida quyidagi asoratlar sodir bo„lishi mumkin: homila gipoksiyasi, tug„ruq kuchlarining susayishi. Anameya profilaktikasi homiladorlikning 12-14-haftasidan boshlanadi. Yengil shak ldagi kamqonlikni ayollar maslahatxonasida ambulatoriya, o„rta va og„ir shaklda esa statsionar sharoitida davolash mumkin. 29 Homiladorlarda temir tanqisligi kamqonligini davolashda temir preparatlari hamda vitaminlar va bundan tashqari tug„ruq arafasida bir kecha-kunduz teri ostiga 2500-3000 birlik miqdoridagi geparin va 14-15 kun davomida 1,0 ml dan 10% tokoferol asetat eritmasidan yuborish lozim. Bular homiladorlik dinamikasida gemoglobinni barqarorlashtirish yoki oshirish va tug„ruq davrida hamda undan keyin trombogemorragik asoratlar xavfini kamaytirishga yordam beradi. 4.Gipertoniya (xafaqon) kasalligi. Gipertoniya kasalligi tug„ish yoshidagi ayollar orasida keng tarqalgan bo„lib, davo choralari ko„rilmagan taqdirda tug„ish jarayonida turli og„ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Bularga homilaning vaqtidan oldin tug„ilishi, perinatal o„lim, og„ir gestozlar va boshqalar kiradi. Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko„ra arterial gipertoniya qator hollarda onalar o„limining asosiy sabablaridan biridir. Qon bosimining ko„tarilishi kasallikning asosiy klinik belgisi hisoblanadi va uning simob ustuni hisobida 140/90 mm va undan yuqori bo„lishi arterial gipertenziya deb qaralmog„i lozim. Qon bosimining o„ta yuqori bo„lishi, ko„z tubidagi og„ir o„zgarishlar (retinopatiya, qon quyilishlar), buyrak yetishmovchiligi paydo bo„lishi kasallikning og„ir kechayotganligidan darak beradi. Kasallikning bu ko„rinishiga chalingan ayollar homiladorlikdan saqlanishlari shart. Mabodo bo„ylarida bo„lib qolgan taqdirda uni erta muddatlarda olib tashlash maqsadga muvofiqdir. Bu kasallik xuruji to„satdan boshlanib, kuchli bosh og„rig„i va bosh aylanishi, yurakning tez-tez urishi hamda ko„krak qafasidagi sanchiqlar bilan namoyon bo„ladi. Bemor ayol asabiylashib ta'sirchan bo„lib qoladi, yuzida qizil dog„lar paydo bo„ladi. Gipertoniya kasalligiga chalingan homiladorlarning dam olishi, mehnat faoliyatini tartibga solishi va ovqatda osh tuzini chegaralash alohida ahamiyatga ega. Gipertenziv dorilarni tavsiya etganda ularning k o„pchiligi teratogen ta'sirga ega ekanligini unutmaslik kerak. Qon bosimining darajasi va kasallikning kechishi hamda homiladorlikning qaysi davrda ekanligidan kelib chiqib, turli guruhdagi gipertenziv dorilardan foydalaniladi. Jumladan, dibazol, papaverin, no-shpa, eufillin, magniy sulfat eritmalari tomir ichiga yoki muskul orasiga yuboriladi va ular homilaga deyarli salbiy ta'sir etmaydi. Siydik haydovchi dorilar (furasemid, etakrin buyrakchasi) dan foydalanish mumkin. Lekin homilador hayoti xavf ostida b o„lsa, ayolni saqlab qolish uchun barcha zarur boigan tibbiy vositalardan (shu jumladan teratogen ta'sirga ega bo„lganlardan ham) foydalanish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling