Ekstraksion apparatlar


Download 0.78 Mb.
bet14/21
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1746397
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
ATJQ 11-mavzu

Rotatsion ekstraktorlar. Bunday uskunalarda fazalarning kontakti va
ularni ajratish markazdan qochma kuch ta’sirida amalga oshiriladi. 13-rasmda moylarni tozalashga mo‘ljallangan rotatsion-diskli ekstraktorning sxemasi ko‘rsatilgan. Halqasimon to‘siqlar (2) yordamida uskuna bir necha seksiyalarga ajratilgan. Ekstraktorning o‘rtasidagi aylanuvchi val (4) ga yapaloq disklar (3) birlashtirilgan. Val katta tezlik bilan harakat qilganda, yengil faza markazdan qochma kuch ta’sirida diskning chekkasiga tomon harakat qiladi, og‘ir faza esa rotorning markaziga yaqin joyni egallaydi. Natijada fazalarning jadallashtirilgan harakati yuz beradi va seksiyalarda uzlyuksiz ravishda fazalarning ajralishi ham davom etadi. Fazalar kontaktini yanada jadallashtirish uchun yapaloq disklarga kurakchalar biriktiriladi (13-rasm, b). Bunday holatda kurakchalar yordamida uloqtirilgan suyuqlik to‘r qatlami (8) orqali o‘tadi. Umuman olganda, ekstraktorning ichida fazalarning qarama-qarshi yo‘nalgan harakati paydo bo‘ladi.
Sanoatda markazdan qochma kuchlar ta’sirida ishlaydigan rotatsion ekstraktorlarning boshqa turlari ham ishlatiladi. Markazdan qochma kuch maydonida ishlaydigan ekstraktorlarda jarayon maksimal tezlik bilan boradi. Aralashma va erituvchi zichliklarining ayirmasi juda kichik bo‘lgan holatda ham, emulsiya hosil bo‘lishga moyil bo‘lgan suyuqliklarni ajratishda ham bunday ekstraktorlarni ishlatish mumkin. Bu turdagi ekstraktorlarning tuzilishi juda ixcham, ish unumi katta.
13 - rasm. Rotatsion-diskli ekstraktor:
a–rotatsion-diskli ekstraktorning sxemasi; b–rotatsion-diskli ekstraktor kontakt zonasining sxemasi; 1,5–taqsimlovchi panjaralar; 2–stator halqasi; 3–rotor diski; 4–rotor vali; 6– kurakchalar; 7–gorizontal halqasimon qaytargichlar; 8–to‘r. Oqimlar: I–yengil faza; II– erituvchi; III–yengil faza (ekstrakt); IV–og‘ir faza (rafinat).

NAZORAT SAVOLLARI





  1. Suyuq aralashmalarni ekstraksiyalash uchun mo‘ljallangan uskunalarning asosiy turlari. Aralashtirish-tindirish rusumidagi ekstraktorlar qanday tuzilgan?

  2. Nasadkali ekstraktorlar. Ishlash prinsipi. Bunday uskunalarning samarali ishlashi uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?

  3. Elaksimon tarelkali ekstraktorlar. Bunday uskunalarda tomchi hosil qilishning necha xil rejimidan foydalaniladi?

  4. Elaksimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning teshiklardan o‘tish tezligi qanday bo‘lishi kerak?

  5. Rotorli-diskli ekstraktorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Bunday uskunalarning qanday kamchiliklari bor?

  6. Pulsatsion va vibratsion ekstraktorlar. Ushbu kolonnali uskunalarning umumiy tomonlari nimalardan iborat?

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling