El yurt umidi jamg'armasi


Download 0.93 Mb.
Sana14.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1357462
Bog'liq
El yurt umidi jamg\'armasi


El yurt umidi jamg'armasi
“El-yurt umidi” jamg'armasi joriy yilda 300 o'ringa mo'ljallangan (magistratura, doktorantura, stajirovka va malaka oshirish dasturlari bo'yicha) ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qiladi!
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtidorli va istiqbolli yoshlar uchun benihoya ulkan imkoniyat, ya'ni 2021 yildan boshlab “El-yurt umidi” jamg'armasi orqali magistratura va doktorantura dasturlari asosida eng nufuzli xorijiy davlatlarda tahsil olish uchun stipendiyalar miqdorini 5 barobarga oshirish taklifi ilgari surildi. 
Shu bilan birga, joriy yildan boshlab kamida 100 nafar yoshlarimiz uchun nufuzli xorijiy universitetlarning bakalavriatida ham ta'lim olish imkoniyati yaratiladi.
Shu bois, “El-yurt umidi” jamg'armasi mamlakat ilmiy-innovasion salohiyatining eng muhim va tayanch bilimlarini yaratuvchi fanlar — matematika, kimyo, biologiya va geologiya yo'nalishlarida ta'lim berayotgan, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan va amaliy faoliyat bilan shug'ullanayotgan iqtidorli va istiqbolli professor-o'qituvchi va pedagoglar, yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi mutaxassislar uchun joriy yilda 300 o'ringa mo'ljallangan (magistratura, doktorantura, stajirovka va malaka oshirish dasturlari bo'yicha) ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qiladi!
“El-yurt umidi” jamg'armasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan tanlov O'zbekistonni innovasion rivojlantirishda o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan fanlar yo'nalishida dunyoning eng ilg'or davlatlarida to'plangan boy ilmiy va amaliy tajribani o'rganish, ulardan O'zbekistonning ta'lim va tadqiqot tizimi hamda amaliy faoliyatida keng foydalanishga ko'maklashish maqsadini o'zida mujassam etgan.
Agar siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat ilm-faniga innovatsion g'oyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni o'z oldingizga maqsad qilib qo'ygan mutaxassis bo'lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Unda quyidagi sohalar bo‘yicha nomzodlar ishtirok etishi mumkin:
  • kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun’iy intellekt;
  • atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovatsion yo‘nalishlari;
  • sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya;
  • elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
  • mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlari;
  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar tarmoq.

Bakalavriatura uchun nomzodlar quyidagilarni taqdim etishi kerak:
  • Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
  • pasport nusxasi;
  • ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki dastur tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari uchun);
  • xorijiy OTMga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
  • Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
  • xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse.

Magistratura uchun nomzodlar quyidagilarni taqdim etishi kerak:
  • Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
  • pasport nusxasi;
  • ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli ta’lim dasturi tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari uchun);
  • xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
  • Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
  • nomzodning O‘zbekistonda va xorijda (agar mavjud bo‘lsa) e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
  • xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse.

Doktorantura uchun nomzodlar quyidagilarni taqdim etishi kerak:
  • ta’lim dasturi, o‘qiydigan mutaxassisligi, tanlangan mamlakat, ta’lim,ilmiy yoki boshqa muassasa ko‘rsatilgan holda belgilangan shaklda Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
  • pasport nusxasi;
  • ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli ta’lim dasturi tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari uchun);
  • xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
  • Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
  • tanlangan sohani rivojlantirish hamda uning natijalarini O‘zbekistonda qo‘llash uchun nomzod tadqiqotining dolzarbligi to‘g‘risida tegishli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa rahbarining tavsiya xati;
  • nomzodning O‘zbekistonda va xorijdagi ilmiy jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
  • rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadlari, uslublari va natijalari, ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqidagi esse.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling