El-yurt umidi
Download 68.44 Kb. Pdf ko'rish
|
PF-5545-сон 25.09.2018. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMIDI” JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI MUTAXASSISLARNI XORIJDA TAYYORLASH VA VATANDOSHLAR BILAN MULOQOT QILISH BO‘YICHA “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA Xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida hamda O‘zbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadigan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El- yurt umidi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) etib qayta tashkil etilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma Xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va o‘qishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 3. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi materiallar va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‘llash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar o‘rnatish; davlat organlarining kadrlar bo‘yicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jahon mamlakatlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish; xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar orasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha ularning g‘oya va fikrlarini to‘plash, umumlashtirish va tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, to‘plangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish; xorijda O‘zbekistonning ijobiy imidjini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish; Oldingi tahrirga qarang. jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish; (3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF- Download 68.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling