Elastik toʻqnashuv nima?


Download 28.48 Kb.
bet1/7
Sana10.01.2022
Hajmi28.48 Kb.
#268963
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elastik toʻqnashuv nima


Elastik toʻqnashuv nima?

Jismlar toʻqnashganda hech qanday kinetik energiya yoʻqotilmasa, bunday toʻqnashuv elastik boʻladi. Elastik toʻqnashuvda energiya va impulsning saqlanish qonuni oʻrinli boʻladi.

Tasavvur qiling, ikkita bir xil aravacha bir-biriga tomon teng tezlikda harakatlanmoqda. Ular oʻzaro uriladi, biroq tezlik yoʻqotilmaydi. Bu mutlaq elastik toʻqnashuvga ajoyib misol, chunki hech qanday energiya yoʻqotilmaydi.

Haqiqatda esa elastik toʻqnashuvlar kundalik hayotimizning bir qismi emas. Gaz atomlari orasidagi baʼzi toʻqnashuvlar mutlaq elastik boʻladi. Ammo mexanikadagi ayrim toʻqnashuvlarda energiyaning yoʻqotilishi hisobga olinmaydi. Bu toʻqnashuvlarni ular mutlaq elastik boʻlmasa-da, elastik deyishimiz mumkin. Nyuton mayatniklari va qattiq bilyard sharlari orasidagi toʻqnashuv bunga misol boʻlishi mumkin.




Download 28.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling