Elastiklik va uning iqtisodiyotga tadbiqi


Vaqt omilining daromad boʻyicha elastiklikka taʼsiri


Download 412.9 Kb.
bet4/5
Sana14.05.2023
Hajmi412.9 Kb.
#1458476
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elastiklik va uning iqtisodiyotga tadbiqi [Восстановленный]

Vaqt omilining daromad boʻyicha elastiklikka taʼsiri

2-guruh. Bu guruhdagi tovarlar qisqa muddatda elastikligi past, uzoq muddatda esa yuqori hisoblanadi. Masalan, inson mehnat faoliyatini boshlaganida kam kapitalga ega boʻladi va koʻchmas mulkdek qimmatbaho tovarga mablagʻi yetmaydi (shu jumladan, ipoteka kreditlari). Lekin vaqt oʻtgani sayin, uni toʻlovga qobiliyatlilik darajasi oshadi va koʻchmas mulk xarid qilishga talab darajasi ortadi. Chet elga turlar bilan ham deyarli shunday, ammo chet elga turlar ancha arzonligi sababli, qisqa muddatda turlarning elastiklari 3,4 barobarga ortiqroq.

3-guruh. Bu guruhdagi tovarlarning qisqa muddatda elastiklari baland, uzoq muddatda esa pastdir. Isteʼmolchi oshirilgan oylikka birinchi navbatda oʻzining 1-oʻrinda muhim boʻlgan va standart tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Shu sababli qisqa muddatda koʻchmas mulk yoki chet elga turlarning oʻrniga mebel, maishiy texnika sotib oladi. Lekin, isteʼmolchi har yili yangi kir yuvish mashinasi, shkaflar toʻplami yoki divan olmaydi. Shu sababli uzoq muddatda bu tovarlarga talab kamayadi, ayniqsa mebelga.

Yuqoridagi vaqt omiliga asoslanib (elastiklikka asoslanib), qaysi tarmoqlar inqirozdan birinchi chiqishini prognozlash mumkin. Bular — qisqa muddatli oraliqda katta daromadga bogʻliq talab elastikligiga ega tarmoqlardir. Yaʼni, iqtisodiy bumlardan soʻng(keskin iqtisodiy oʻsish), pasayish va inqiroz keladi. Ana shu inqirozdan soʻng odamlar koʻchmas mulk sotib oladigan, turistik sayohatlar xizmatidan foydalanadigan darajada xarid qilish qobiliyatiga ega boʻlmaydi. Lekin vaqt oʻtgani sari avval 3-guruh tovarlariga, iqtisodiy oʻsish uzoq davom etsa (jahon iqtisodiyotida 2003—2007 yillar), isteʼmolchilar tomonidan 2-guruh tovarlariga talab keskin ortadi (chunki isteʼmolchilar iqtisodiy oʻsish uzoq davom etadi degan fikrga kelishadi)


1-guruh. Mol goʻshti deyarli barcha qatlamlar orasida keng isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda mol goʻshti talab yuqori boʻlgan qoʻy goʻshtidek oʻrinbosarga ega boʻlsa-da, jahonda mol goʻshtidan voz kechish koʻrsatkichi kamroq. Kiyim-kechaklar elastikligi esa barcha vaqt oraligʻida deyarli 1 ga teng (statistik xatolik chegarasida). Bu degani iqtisodiy oʻsish paytida ham, iqtisodiy inqiroz paytida ham isteʼmolchilar birdek xarajat qilishadi

Download 412.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling