Elastiklik va uning iqtisodiyotga tadbiqi


Elastiklikni hisoblash usullari


Download 412.9 Kb.
bet5/5
Sana14.05.2023
Hajmi412.9 Kb.
#1458476
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elastiklik va uning iqtisodiyotga tadbiqi [Восстановленный]

Elastiklikni hisoblash usullari

Nuqtaviy elastiklik

Elastiklikni hisoblashning eng oddiy usuli hisoblanib, koʻpincha sodda 2 ta oʻzgaruvchilar (narx va talab/taklif, daromad va talab) yordamida aniqlanadi. Masalan, aholi daromadining 40 foizga oshishi, mashina sotib olishni 10 foizga oshirdi. Bu yerda mashina noelastik tovar hisoblanadi, chunki: 10/40=1/4.


Hosila orqali
Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi uchun, quyidagi hosila olish formulasi orqali funksiyaning umumiy elastikligini (uning qiyaligini) aniqlash mumkin
Amaliy misol
Tailandga boʻlgan turistik turlarning daromad boʻyicha elastikligi 1,5 ga teng. Turga talab hajmi 30 foizga oshishi uchun daromadlar qanchaga oshishi lozim?
Yechish. Birinchi navbatda nomaʼlumga ega tenglama tuziladi: n×1,5=30
Soʻngra 30 ni 1,5 ga boʻlish orqali kerakli miqdor topiladi: 30×2/3=20
Javob: Daromad 20 foizga oshishi kerak.
Yoysimon elastiklik (Allan elastikligi)
Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida (100 foizga), talab hajmi 1000 tadan 500 taga tushsa (50 foizga), elastiklik 50/100=0,5 ni tashkil etadi. Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa (50 foizga kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa (yaʼni 100 foizga oshsa) bu holatda elastiklik 100/50=2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffitsiyentlari orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi.
Talabning yoysimon oʻzgarishi — talab funksiyasining narx, daromad va boshqa omillar oʻzgarishiga taʼsirchanlik darajasidir. Bu turdagi funksiya quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda D — bu talab, Q1 — tovarning avvalgi sotilgan hajmi Q2 — yangi talab hajmi,  P1 — dastlabki tovar narxi, P2 — yangi tovar narxi, Q=Q2-Q1 , P=P2-P1 — talab va taklifning oʻzgarishi
Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darajasi. Taklif elastikligi koʻrsatkichi , quyidagicha ham aniqlanadi:
bu yerda S — bu taklifQ1 — dastlabki taklif etilgan tovar hajmi, Q2 — taklifning yangi hajmi P1 — dastlabki tovar narxi, P2— yangi tovar narxi, Q=Q2-Q1, P=P2-P1— talab va taklifning oʻzgarishi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 412.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling