6-mavzu. Marketing tizimida narx siyosati


Download 342 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi342 Kb.
#1407468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-мавзу



6-MAVZU. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI 
6.1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi 
6.2. Narx shakllanish uslublarini tanlash 
6.3. Narx strategiyalar 
Tayanch iboralar 
Narx, taklif, talab, talab va taklif muvozanati, narx shakllanishi, foyda, tovar narxi
xarajatlar, narx raqobati, narxsiz raqobat, mahsulot tannarxi, narx qayishqoqligi, yalpi xarajatlar, 
narx belgilash, yalpi daromad, narx strategiyasi, rentabellik, narx siyosati. 
6.1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi 
Marketing kompleksida narx ikkinchi element bo’lib, daromadni belgilaydigan asosiy 
ko’rsatgichdir . Narx deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun iste'molchi 
sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt ham pul shaklida 
ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.
Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat narx 
yordamida ta'sir ko’rsatishi mumkin deb uqtirib o’tgan. Bu vaziyatni yuqori baholashnining 
asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom-ashyo
va bir xil iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, iste'molchilar diqatini tovarning markasi, o’rami va 
reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik mavjud bo’lmagan. Ikkinchidan, mahsulot 
narxiga asosiy e'tibor qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o’lchash mumkinligi va narxni 
sifatga nisbatan talab va taklifda oson qo’llash mumkinligi bilan tushuntiriladi. 
Quyidagi 32-chizmada talab va taklifning klassik modeli ko’rsatilgan. Bu 32-chizma 
ma'lumotidan ko’rinib turibdiki, talab narxining o’sishi bilan kamayadi, aksincha taklif ortadi. 
Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalik darajada kerakligi haqida axborotga 
ega bo’ladi. 

Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling