6-mavzu. Marketing tizimida narx siyosati


-chizma. Narx belgilash uslublari


Download 342 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana30.04.2023
Hajmi342 Kb.
#1407468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-мавзу

35-chizma. Narx belgilash uslublari 
 
Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy 
hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib 
berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini 
qo’shishga asoslanadi.
Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni aniqlashga 
bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari
sotiladigan mahsulotning hajmini aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish 
xarajatlarining hajmini aniqlashda ham qiyinchilik tug’iladi. Shunga qaramasdan, bahoni 
aniqlashning bu usuli tez-tez qo’llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx 
belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli 
foydani ta'minlashning tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi. 
Zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli
Ma'lumki, har bir korxona ma'lum bir foydani ko’zlab narx qo’yishga intiladi. Narxlashtirishning 
bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik grafigi 36-chizmada 
ko’rsatilgan. 
Bu grafikda yalpi daromad, foyda va jami xarajatlarning sotiladigan mahsulot hajmiga 
bog’liqligi ko’rsatilgan. Keltirilgan 36-chizma ma'lumoti shundan dalolat beradiki, doimiy 
xarajatlar 300000 so’mga teng bo’lib, sotiladigan mahsulot hajmiga bog’liq emas. O’zgaruvchan 
xarajatlar doimiy xarajatlarga qo’shilib jami xarajatlarni tashkil qiladi va uning miqdori 
sotiladigan mahsulot hajmiga qarab o’zgarib turadi. Yalpi daromad egri chizig’ining tikkaligi 
tovar narxiga bog’liq bo’ladi. Bizning misolimizda tovar birligining narxi 20 so’mga teng. 
Yalpi daromad 
 
 1000 
 
 
Talabga 
asoslangan 
usul 
Xarajatlarni 
hisoblashga 
asoslangan usul 
Raqobatchilar 
narxiga 
asoslangan usul

Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling