6-mavzu. Marketing tizimida narx siyosati


Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli


Download 342 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana30.04.2023
Hajmi342 Kb.
#1407468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-мавзу

Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning narx 
siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o’zgarishiga raqobatchilarning munosabati 
katta ta'sir ko’rsatadi. Demak, raqobatchilar narxini o’rganish - narx shakllanishi sohasida 
Sotish hajmi, ming dona 


muhim elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bog’liq 
ekanligini qayd etishi lozim. 
Agar bozor sof raqobatchilar bozori bo’lsa, unda sotuvchi bozordagidan yuqori narxni 
talab qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar ushbu bozor narxi bo’yicha tovarning xohlagan 
miqdorini ochiq sotib olishlari mumkin. Demak, bu erda narxlar talab va taklif asosida 
belgilanadi. Bunda narxlar qat'iy va ularga alohida korxona tomonidan ta'sir ko’rsatish deyarlik 
mumkin emas. 
Bozor tiplaridan yana biri monopolistik raqobat bozori hisoblanadi. Bunday bozor ko’p 
sonli xaridorlar va sotuvchilardan iborat. Ular o’zlarining bitimlarini yagona narx bo’yicha emas, 
narxlarning keng diapazoni bo’yicha amalga oshiradilar. Bunday sharoitda korxona narxni 
o’zgartirishi uchun keng imkoniyatlarga ega. 
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga korxonaning bozorda 
mustahkam o’rin egallab turgan etakchi korxona belgilangan narxiga qarab narx belgilashini ham 
kiritish mumkin. Bunday holda korxona o’z tovariga bozor etakchisi belgilagan narxdan ko’ra 
pastroq narx belgilaydi. 
6.3. Narx strategiyalari 
Narx strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi 
tushuniladi. Ma'lumki, bozor sharoitida ishlaydigan har bir korxona, dastavval, narxlarni 
aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish talab etiladi. Ana shularga amal 
qilsagina korxona o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin bo’ladi. 
quyidagi narx belgilash sohasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan strategiyalarning ba'zi birlari 
bilan tanishamiz. 

Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling