Elastomerlarni mexanik xossalarini o'rganish anvarov Abdusattor Akbarjon o’g’li Andijon Mashinasozlik instituti myamt yo’nalishi 3-kurs talabasi


Download 30.91 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1281977
  1   2
Bog'liq
ELASTOMERLARNI MEXANIK XOSSALARINI O\'RGANISH


ELASTOMERLARNI MEXANIK XOSSALARINI O'RGANISH

Anvarov Abdusattor Akbarjon o’g’li Andijon Mashinasozlik instituti MYAMT yo’nalishi 3-kurs talabasi
Ataxonova Sayyoraxon Andijon Mashinasozlik instituti katta o’qituvchisi

Bugungi kunda dunyo miqyosida organik materiallar asosida olinayotgan buyumlar turlari 80 mindan oshib ketdi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning teng yarmini avtomobil shinalari, uchdan bir qismini har xil sharoitda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari tashkil etadi. Undan bir qismini esa rezina poyafzal va xalq xo’jaligida ishlatiluvchi va boshqa buyumlar (meditsinada ishlativchi, o’yinchoqlar, sport anjomlari, uzatish lentalari va remenlari, rukava, rezina surkalgan matolar va ular asosida olingan buyumlar) tashkil qiladi. Rezina-texnika buyumlarini asosiy miqdori avtomobilsozlikda, suv va havo transportlarida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda zamonoviy avtomobillarni 600 dan ortiq buyumlari kompozitsion organik materiallardan tashkil topgan va uning umumiy og’irligi 120 kg tashkil qiladi. Demak yuqori texnologik va texnik xossalarga ega bo’lgan organik kompozitsiya materiallar tarkibi va olish texnologik jarayonlarini yaratishga ilmiy tadqiqotlar yo’naltirilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin kimyo sanoati rivojlanishiga aloxida etibor qaratilib, bu borada maxalliy mineral xomashyolarni fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, qayta ishlash usullarini ishlab chiqish, ularni qo’llab kompozitsion organik materiallar tarkibi va ular asosida har-xil sharoitlarda ishlatiluvchi raqobatbardosh rezinatexnika buyumlari, shina olish texnologiyalarini yaratish borasida keng kamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda jaxon miqyosida kauchuk va ingredientlarni yangi avlodini yaratish va ular asosida kompozitsion elastomer materiallar tarkibi va buyumlarini olish ustida bir qator ilmiy ishlar olib borilmoqda:



  • nanozarrachali organik va noorganik to’ldiruvchilarni yaratish;

  • mineral to’ldirgichlarni organik oligomerlar bilan modifikatsiya qilish texnologiyasini yaratish;

  • organik tezlashtirgichlar sintezi;

  • spetsifik xossaga ega bo’lgan kompozitsion elastomer materiallar tarkibini tuzish;

  • kompozitsion elastomer materiallar uchun dispergator va plastifikatorlar yaratish;

  • elastomer kompozitsiyalar asosida nanomateriallar va ular asosida buyumlar olish tarkibi va texnologiyasini yaratish dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Elastomer kompozitsiyalari tarkibi va olish texnologiyasini yaratishga oid
jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy
natijalar olingan: kompozitsion elastomer materiallar uchun modifikatsiya qilingan
yuqori strukturaga ega mineral to’ldirgichlar olish texnologiyasi yaratilgan (Tokyo
Institute of technology, Yaponiya); sirt faol moddalar bilan modifikatsiya qilingan
to’ldirgichlar qo’llash asosida elastomer kompozitsiyalari tarkibi va olish
texnologik jarayoni yaratilgan (Cflifornia Institute of technology, AQSH);
kauchuklar kombinatsiyasi va tolali to’ldirgichlar qo’llab maxsus xossaga ega
bo’lgan material taklif qilingan (Rezina ishlab chiqarish ilmiy tekshirish instituti,
Rossiya); maxsus xossaga ega bo’lgan organik materiallar olish uchun azot
biriktirgan moddalar bilan modifikatsiya qilingan to’ldirgichlar ishlab chiqarishga
qo’llanilgan (Polimerlar fizika va kimyosi instituti, Ukraina), Mineral
to’ldirgichlarni strukturasini issiqlik bilan ishlov berish usuli bilan o’zgartirish
texnologiyasi taklif etilgan (Toshkent kimyo-texnologiya instituti, O’zbekiston).
Dunyoda maxsus xossalar ega bo’lgan kompozitsion organik materiallar olish va
ularni fizik-kimyoviy, texnologik, texnik va ekspluatatsiya xossalarini o’rganish
bo’yicha qator, jumladan, qo’yidagi ustivor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib
borilmoqda:

  • mineral to’ldirgichlarni issiqlik bilan ishlov berish jarayonida tuzulish
    o’zgarib, nisbiy solishtirma yuzasini, moy shimishini va erkin radikallar miqdori
    oshishi qonuniyatlarini aniqlash;

  • kauchuk makromolekulalari va modifikatsiya qilingan mineral to’ldirgichlar yuzasi, struktura ko’rsatgichlari, o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash;

  • yuqori elektr qarshishga va radiatsiyaga chidamli organik kompozitsion materiallar aralashtirish jarayoniga va vulkanlash strukturasi hosil bo’lishiga, zarrachalar yuzasidagi organik appret katlami axamiyatini aniqlash;

  • kompozitsion elastomer materiallar asosida nanokompozitsiyalar yangi avlodini
    yaratish.

Ishlatish sohasiga ko‘ra rezinalar umumiy ishlarga mo'ljallangan va maxsus
turlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga kiruvchi rezinalar havoda, suvda, kislota va
ishqorlaming kuchsiz eritmalarida ishlay oladi. Ularni tabiiy kauchukdan ham,
sintetik kauchukdan ham olish mumkin. Ulardan shinalar, tasmalar, transportyor
lenta- lari va hokazolar tayyorlanadi. Alohida xossalarga ega bo‘lgan (neft
mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan
va hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi.
Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalaming cho‘zilishga
mustahkamligi va elastikligi yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadi¬gan xom rezina
yelim yordamida yaxshi yopishadi. Ular 60 °C dan 100 °C gacha haroratda ishlay
oladi. Bundan ortiq qizdirilganida kauchuk yumshaydi va ekspluatatsion
xossalarini yo‘qotadi, past haroratda esa mo‘rt bo‘lib qoladi.
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinaning asosiy qismi traktor va
avtomobil shinalarini tayyorlashga sarflanadi. Butadiyenstirol (CKC, CKMC) va
izopren kauchuklar (СКИ) asosida olingan rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular
cho‘zilishga mustahkamli¬gi, yemirilishga chidamliligi bilan farq qiladi. 80-100
°C haroratda ishlay oladi, sovuqqa chidamliligi yuqori (minus 75°C gacha).
Kauchuklaming mexanik xossalari (ayniqsa, elastikligi) tabiiy kauchuklarnikiga
yaqin bo‘lgani uchun kordga mustahkam birikadi. Mexanik mustahkamligi,
yeyilishga va sovuqqa chidamliligi qo‘yiladigan talablarga javob beradigan maxsus
shinalar divenil kauchuklar (СКД) asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi.
Bu kauchuklar yuqorida aytilgan xossalari bo‘yicha tabiiy kau- chuklardan ancha
ustun turadi.
Kameralar, shuningdek, kamerasiz shinalar jipslovchi qatlamini tayyorlash
uchun gaz o‘tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidam¬li rezinalar kerak bo‘ladi.
Butilkauchuklar (СКБ) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi
yaxshi bo‘lishi bilan birga issiqqa chidamliligi yuqori (120°C gacha). Poliuretan
kau¬chuklar ham yuqorida keltirilgan xossalarga ega, bundan tashqari, azon va
neft mahsulotlariga chidamlidir. Ulardan almashtiriladigan protektorli shinalar
tayyorlanadi.
Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalardan erituvchilarga tegib ishlaydigan
tasmalar, shlanglar, zichlash qistirmalari, manjetlar va boshqa detallar
tayyorlanadi. Ular yonilg‘i va moyda ko‘pi bilan 1- 3 foiz shishadi. Nairitdan olingan moy, benzinga chidamli rezinalar (xloropren kauchuk) keng tarqalgan. Bu rezina oltingugurtsiz harorat ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Nairit asosida olingan rezinalar neft mahsulotlari muhitida 120-130°C gacha haroratda ishlay oladi. Ular elastik, tezda eskirmaydi. Butadiyennitril kau¬chuk (CKH)dan tayyorlangan rezinaning ekspluatatsion xossalari yana-da yaxshiroq. Bundan tashqari, ular suyultirilgan kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir.
Ko‘pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash beradi- gan
rezinalar kerak bo‘ladi. Ular, asosan, minus 60°C dan +300°C gacha harorat
doirasida uzoq muddat ishlay oladigan kremniyor- ganik kauchuklardan (CKT)
olinadi. Yuqori dielektrik xossalarga ega. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari
shundan iboratki, sernam sharoitda ham ekspluatatsion xossalari o‘zgarmaydi.
Shuning uchun ulardan tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi.
Ularning neft mahsulotlarida tez erishi katta kamchiligidir. Bu kamchilikni
kauchuk molekulasiga ftor atomini qo‘shib yo‘qotish mumkin. Bunda СКФ
kauchuk olinadi. Bu kauchuk yonmaydi, issiqqa chidamli (300°C gacha),
gidrotizim shlanglar birikmalarini ishonchli, samarali zichlash uchun ishlatiladi.
Pnevmatik shlang- larni ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar
chiqariladi. Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. Ular yurish yo‘li yoki
to‘la profilli protektor hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bu materiallarga qatlamli
jipslovchi kamerabop rezina listlar ham kira¬di. Ular kamerasiz shinalar va
kameralami ta’mirlashda ishlatiladi. Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni
140-150°C harorat¬gacha qizdirish (yaxshisi, bosim ostida) kifoya.
Rezina buyumlarni armirlash. Rezina detallaming mustah-kamligini oshirish
uchun ular boshqa puxtaroq (gazlama, simli karkas, metall tolalari) elementlar
(armaturalar) bilan kuchaytirila- di. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning
mustahkamligi rezina tarkibidagi armaturaning mustahkamligiga asosan
aniqla¬nadi. Armirlangan rezina detallarning cho‘zilishdagi elastikligi sof
rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo‘ladi, ammo ularning egilish va
siqilishdagi talab etilgan chegaradagi deformat- siyalanish xususiyatlarini saqlab
qoladi.
Avtomobillarda ishlatiladigan armirlangan rezina buyumlar jumlasiga
rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va boshqalar kiradi.
Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmatbaho va juda
katta talablar qo‘yiladigan armirlangan buyum bo‘lib, ularni tayyorlashda maxsus
gazlamalar - kord, chefer va boshqalar- dan foydalaniladi.
Karkasning, pokrishkalar bortining shikastlangan joylarini ta’mirlash,
karkasning shikastlangan joylarini kuchaytirish uchun rezina qo‘shilgan kord,
rezina qo‘shilgan chefer va plastirlar kabi materiallardan (rezina qo‘shilgan
korddan tayyorlangan xochsimon yamoqlardan) foydalaniladi. Ta’mirlanadigan
pokrishka karkasi tayyorlangan korddan foydalanish tavsiya etiladi. Ayniqsa,
kapron tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u mustahkam
bo‘lgani uchun yamoqning qalinligi va massasini ka-maytirish mumkin bo‘ladi,
g‘ildiraklarning titrashi kamayadi.

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling